Umumiy pedagogika fanidan 1-kurs sirtqi ta’lim talabalari uchun 2-mustaqil ish topshirig’i Topshiriq: Jeyms Klirning “Atom odatlar” asarini o’qing va quyida berilgan savollarga javob yozing. I.Siz yoritishingiz kerak bo’lgan masalalar taxminan quyidagilar: Yaxshi odatlarni shakllantirishning to’rt oddiy bosqichi haqida kitobda qanday mulohazalar mavjud?
Xulq-atvor o’zgarishining bosh qoidasi deyilganda asarda nimalar ko’zda tutilgan?
Yaxshidan chinakam buyukka aylanish uchun qanday me’yorlarga rioya qilish zarur?
Asardan olgan taassurotlaringiz va fikr- mulohazalaringizni yozib qoldiring.
Siz Jeyms Klirning “Atom odatlar” asarini o’qib chiqdingiz. Asarni o’qiganligingizdan kelib chiqib, tasavvuringizda vujudga kelgan tasvirni topshiriqda aks ettiring. (tasvirni qog’ozga chizib, fotosuratini joylashingiz mumkin.)
Mustaqil ishni Times New Roman shriftida 14 kattalikda Wordda yozing.
II. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 15. a)Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida to’liq, yoritib bersa, 10-15 ball bilan baholanadi.
b) Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta kamchiliklarga yo’l qo’ygan bo’lsa, 6-10 ball qo’yiladi.
c)Agar mustaqil ishni to’liq yoritishga harakat qilsa va unda 5-8 ta kamchiliklar bo’lsa - 4, 5, 6 ball qo’yiladi.
d) Agar talaba mustaqil ishda asarni oxirigacha o’qimasdan tayyorlasa, bir necha kamchiliklarga yo’l qo’ysa, yetarlicha savollarga javob yozolmagan bo’lsa- 3, 4 ball qo’yiladi.
f)Agar mustaqi ish mavzusi belgilangan tartibda yoritilmagan bo’lsa yoki ushbu asarni o’qimay tahlil etsa - 0 ball qo’yiladi.
Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo’natishingizni so’rayman.
III. Topshirish muddati: 29.04.2023. Soat: 23:59. Barchaga omad yor bo’lsin!
Fan o’qituvchisi: Maxmudova Darmon