I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar


Qovoqnamolar qabilasi - Cururbitales



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/71
tarix08.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#142054
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar amaliy mashg\'ulot

Qovoqnamolar qabilasi - Cururbitales 
Qovoqdoshlar oilasi - Curcurbitaceae
Vakillari:
1. Oddiy qovoq - Cucurbita pepo
2. Qovun- Melo orientalis
S.Tarvuz - Citrullus vilgaris
4.Qozon yuvgich - Luffa cylyndrica
5. Bodring- Cucmis sativus (20-rasm)
M avzu n in g m aqsadi: Oilalarga mansub o'simlik­
larning anatomo-morfologik tuzilishini, ko'payishini, 
turlar sonini, tarqalishi va elcologiyasini, tizimda tutgan 
o'rnini, muhim vakillarining ilmiy (lotincha) nomlarini 
va ahamiyatini o'rganish.
72


Kerakli jihozlar: Gerbariylar, o'simliklar aniqla- 
gichi, rasmlar, jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, 
lupa, pintset, preproval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Bu oilaning 120 ta turkumi va 
1000 ga yaqin turi m a'lum bolib, ular Yer sharining 
subtropik mintaqalarida tarqalgan. Oila vakillari bir 
yillik va ko'p yillik o'rmalab o'suvchi o't o'simliklar, 
ba'zan (tropik va subtropik mintaqalarida) liana, buta 
va kichik daraxtlardir. Poyasi (palaklari) dag‘al tuklar 
bilan qoplangan, ko'pincha ichi kovak boladi. Barg 
qo‘ltig‘idagi gajaklar oddiy yoki murakkab tuzilishiga 
ega. Barglari oddiy, butun, o‘yilgan yoki patsimon 
qirqilgan, yon bargchasiz, poyaga ketma-ket joylashgan. 
Gullari to'g'ri, bir yoki ikki uyli o'simliklar, barg 
qo'ltig'idagi guli yakka yoki to'pgul hosil qiladi. 
Gulqo‘rg‘oni murakkab 5 a'zoli. Kosacha barglari o'zaro 
qo'shilgan 5 tishchali. Gultojibarglari ham o'zaro birik- 
kan 
qo‘ng‘iroqsimon, 
kamdan 
kam 
erkin 
holda 
joylashgan. Changchilari 5 (3)ta, shulardan 4 tasi ko'p 
turkumlarida ikkitadan ju ft bo‘lib, qo'shilib o'sadi, 
bittasi erkin qoladi. Urug'chisi ko‘pincha uchta meva 
bargchaning 
qo'shilib 
o'sishidan 
hosil 
bolgan. 
Tugunchasi ostki, uch uyali va ko‘p urug'kurtakli. 
Mevasi yirik, soxta, rezavorsimon qovoq meva, yoki 
ko'sakcha.
Aham iyati: 
Qovoqdoshlar 
oilasining 
ko'pchilik 
vakillari oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor va manzarali 
o'simliklar sifatida foydalaniladi. Oziq-ovqat sifatida 
qadimdan ekib o'stirib kelinayotgan qovun, tarvuz, 
bodring, qovoq kabi o'simliklar inson hayotida katta 
ahamiyatga ega. Ayrimlarining (qozon yuvgich) mevasi 
tolali 
bo'lganligidan 
mochalqalar 
tayyorlanadi 
va 
xonadonlarda qozon yuvgich sifatida ishlatiladi. Uning 
urug'i tarkibida 25-42% yog' boladi. Uni ovqatga 
ishlatish mumkin. Suvqovoqning mevasini ichi bo'sh 
bo'lganligidan suv tashish va donlar solib qo'yishdn
73


foydalaniladi. Suvqovoqning mayda mevalaridan esa 
nosdonlar tayyorlanadi.
20-rasm. 
Ekiladigan bodring. l-poyada(palakdci), gul, bcirg, va
gajjaklarning joylanishi; 2-changchi gul; 3-untg‘chi gul; 4-mevasi; 
5,6-changchi va urug'chi gullarining diagrammasi

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin