Ikki bo'lak bargli ginkgo
Bu o'simlik (10-rasm) har yili barglarini to lab
turadigan, bo'yi 40m. ga yetib boradigan daraxt.
Tanasi
to'q kulrang, silliq po'stloq bilan qoplangan, uchki
tomonidan shoxlanadi. Barglari o'rta qismidan bir oz
o'yiq bo'lgan uchburchalc shakldagi plastinkadan iborat
bo'lib, uzun bandga aylanadi. Barg plastinlcasi ba'zan
yaxlit boladi.
10-rasm. Ginkgo biloba. 1-qisqargan novdadagi kuchalasimon
otaliq
qubbalar;
2-mikrosporangiyli
mikrosporofil;
3-qisqargan
novdadagi onalik qubbalar; 4-alohida olingan qubba; 5-urug‘-
kurtakning bo'yiga kesimi; 6,7-urug' va uning bo'yiga kesimi;
Ginkgo ikki uyli o'simlikdir: uning mikro va mega-
sporangiylari har xil tuplarda hosil boladi. Mikrospo-
rangiylar kalta novdalarda rivojlanadi. Ular barg
qoltiqlaridan o‘sib chiqqan maxsus o'qlarda kuchalalar
tarzida joylashgan. O'qlardagi
mikrosporangiylar uzun
oyoqchalarda turadi va har bir oyoqchada odatda
ikkitadan boladi. Sporangiy bilan oyoqchasi mikrospo-
rofilni tashkil etadi. Bu o'rinda mikrosporo-filni otalik
qubbachasi deb atash mumkin. Megosporangiylar yoki
uruglcurtaklar ham kalta
novda-chalarda hosil bolib,
barg qoltiqlaridan joy oladi. Uruglcurtaklar uzun oyoq-
chadan iborat. Bu oyoqcha-ning yo'g'onlashgan yuqori
qismida ikkitadan yoki juft holda urug‘ kurtak boladi.
Har bir urug‘kurtak asosini halqasimon aylana bo'rtiq
(valik) o'ragan. Mana shu tuzulmalarning hammasi
(urug'kurtak, oyoqcha, bo'rtiq (valik)) makrosporofil
yoki onalik qubbasi deb qaraladi. Urug'kurtak
bitta
qalin qoplag'ichga, ya'ni integu-mentga ega. Bu qop-
laglchning uchi cho'zilib ikki pallali mikropila yoliga
aylanadi. Qoplaglch uchini nutsellus egallaydi va unda
endosperm yoki arxegoniyli gametofit hosil boladi.
Nutsellusning uchida chang kamerasi rivojlanadi.
Mikrosporalar (changlar) mikrosporangiy ichida ta-
raqqiy etib, ularning
har biri uchtadan - protallial,
anteridial va vegetativ hujayralarga ega boladi. Bu
hujayralar mikrospora qobiqchasiga o'ralgan holda,
mikrosporangiy devorini yorilishi bilan tashqariga
tarqaladi va shamol yordamida urug'kurtakka kelib
tushadi, uning mikropila yo li orqali chang kamerasiga
o‘tadi. Bu yerda mikrospora qobiqchasi yorilib,
undagi
3 ta hujayralardan bittasi, ya'ni vegetativ hujayra o‘sib,
chang naychasiga aylanadi. Bu naycha ingichka o‘sim-
talar bilan nutsellusga kelib birikadi. Shu vaqtning
o‘zida anteridial hujayradan bir tutam xivchini bor
ikkita yirik spermatozoid paydo boladi. Chang naycha-
sining uchi yorilishi bilan
spermatozoidlar chang kame-
rasidagi suyuqlikka chiqadi va bir oz vaqtdan so‘ng
ulardan biri arxegoniydagi tuxum hujayra tomon y o l
oladi, u bilan qo'shilish natijasida otalanish sodir
boladi. Otalangan tuxum hujayradan murtak (embrion)
rivojlanadi. Urug'kurtak to'laligicha urug'ga aylanadi.
IJrug' tashqi tomonidan sersuv qalin po‘st, ichki tomo
nidan qattiq toshsimon po'st bilan o'ralgan. Yupqa par
da endosperm va uning yuqori qismidan joy olgan
ikkita urug'pallali murtakni o'rab turadi. Urug' qulay
sharoitga tushgandan so'ng, ginkgo o'simligiga ayla
nadi.
Dostları ilə paylaş: