bilan qoplangan. Suvga botgan barglar uzun-uzun ipsi-
mon tishchalarga bo'lingan
va mayda tukchalar bilan
qalin qoplangan. Bu barglar ildiz vazifasini bajaradi.
Poya va barglar to'qimasida bir nechta havo bo'shliqlari
bor. Bu bo'shliqlar tufayli salviniya o'simligi suv betida
qalqib turishga moslashgan. Suzuvchi salviniyaning
suvga botib turadigan barglarining kalta tortgan asos
qismlarida to'p-to'p bo'lib joy olgan sharsimon soruslar
yoki sporakarpiylar hosil bo'ladi. Bular qisqa oyoqchada
turadi. Har bir sporakarpiy
tashqi tomonidan parda
bilan o'ralgan. Bu parda 2 qavat devordan iborat bo'lib,
indiziumga to'g'ri keladi. Sporakarpiylar bir xil katta-
likda bolsa ham, lekin ular ichida hosil bo'lgan sporan-
giylar har xil. Sporakarpiyning birida ko'p sondagi
mayda yumaloq mikrosporangiylar, boshqasida esa son
jihatdan kam bo'lgan yirik tuxumsimon megaspo-
rangiylar rivojlanadi. Sporangiylar oyoqcha orqali spo
rakarpiy bo'shlig'ida hosil bo'lgan platsentaga birikkan.
Mikro va megasporangiylar devori bir qavat bo'lib, haiqa
hosil qilmaydi. Mikrosporangiyda mayda 64
ta mikro-
spora vujudga keladi. Bular maxsus ko'piksimon
modda ichida turadi.
Megasporangiy tipida hosil
bo'lgan yirik sporalar dastlab 32 ta bo'ladi. Keyinchalik
yetilish davriga kelganda ulardan faqat bittasi tashqi
tomonidan parda bilan o'ralib, megasporaga aylanadi.
Qolgan sporalar yo'qolib ketadi. Tayyor holga kelgan
sporakarpiylar kuzga kelib bandidan uziladi va suvni
ostki qismiga cho'kadi. Bu
yerda sporakarpiy pardasi
chirib, undan ajralgan mikro va makrosporangiylar ba-
horga kelganda suv betiga ko'tariladi. Mikrosporalar
mikro sporangiy ichida unib otalik gametofitlariga ayla
nadi, ayni shu vaqtda mikrosporangiy devorini yorib
tashqariga chiqadi, lekin undan butunlay ajralib ket-
maydi. Otalik gametofiti juda reduktsiyalangan. Unda
hosil bo'lgan ikkita anteridiyning har birida 4 tadan 8
ta xivchinli spermatozoid bo'ladi. Bular suvga chiq-
qandan so'ng, onalik gametofiti tomon harakatlanadi.
34
Megasporadan onalik gametofit hosil boladi. Bu
f'ametofit uchburchak yaproqcha ko'rinishida bo'lib,
megasporangiy po'stini bir oz yorib chiqadi.
Uning yuza
lomonida arxegoniylar hosil boladi. Otalangan tuxum
hujayradan zigota va undan murtak rivojlanib, yangi
Hnlviniya o'simligiga aylanadi.
N ra s m
Dostları ilə paylaş: