MAVZU: Aspleniyadoshlar oilasi
• O'rganilayotgan vakilning sistematik o‘rni.
• Qirqquloqtoifa yoki paporotniktoifa bolimi -
Polypodiohyta
• Qirqquloqsimonlar ajdodi - Polypodiopsida
• Qirqquloqkabilar ajdodchasi - Polypodiidae
• Qirqquloqnamolar qabilasi - Cyatheales
• Aspleniyadoshlar oilasi - Aspleniaceae
Vakillari:
1. O'rmon qirqqulogl-Dryopteris filix-mas
2. Botqoq qirqqulog‘i-D. thelypteris
3. Yashil asplenium-Asplenium viride
Mavzuning maqsadi: Oila vakillarini morfologik
tuzilishini, jinsiy va jinssiz ko'payishini, ekologiya va
tarqalishini o'rganish.
Kerakli jihozlar: Gerbariylar, o'simliklar aniqlagichi,
rasmlar, jadvallar,
preparatlar,
mikroskop,
lupa,
pintset, preporoval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Bu bo'lim 300 ta turkum va
10000 turdan iborat. Ularning barglari yirik (mega-
filliya), ko'pincha murakkab tuzilganligi va sporangiy-
larning spora hosil qiluvchi boshoqchalarda emas, balki
barglarning ostki yuza tomonida yoki chetki qirralarida
o'ralgan
holda
bo'lishligi
bilan
Plauntoifa
va
Qirqbo'g'imtoifa bo'limlaridan farq qiladi.
Qirqquloqkabilar ajdodchasi bir nechta qabilalardan
lashkil topgan. Ulardan biri Qirqquloqnomolar qabilasi.
Bu qabila Aspleniyadoshlar oilasini o'z ichiga oladi.
Uning tipik vakili sifatida o'rmon qirqqulog'i o'simligini
u'rganib chiqishga tavsiya etiladi.
O'rmon qirqqulog'i
Bu o'simlik (7-rasm) ko'p yillik o't o'simligi bo'lib,
asosan mayin tuproqli nam yerlarda, qoya va daraxtlar
soyasida o'sadi. Bu o'simlik murakkab tuzilgan serbar
barg dastalarini hosil qiladi. Bular ildizpoyaning uchi-
dan o'sib chiqadi. Ildizpoya yer yuzasiga yaqin joylash
gan va u qora-qo'ng'ir rangda bo'ladi.
Bu o'simlikning barglari har yili kuzga kelib tushib
ketadi va barg bandlarining yer ostki qismigina
saqlanib qoladi. Tuproqdan o'sib chiqqan yosh barglar
uchi dastlab gajjakga o'xshab turadi va jigarrang
t angachasimon po'stlar bilan qalin qoplangan. Bular
juda sekin rivojlanib uchinchi yili tuproq yuzasiga
chiqadi. Keyinchalik voyaga yetgan barglarga aylanadi.
Barglar murakkab,
qo'shpatsimon tuzilishga ega,
uzunligi 1 metrgacha yetib boradi. Barg bandlari
ildizpoyaga to'g'ridan-to'g'ri tutashgan. Ildizpoyadan bir
29
talay qo'shimcha ingichka ipsimon ildizchalar ham
hosil boladi.
Dostları ilə paylaş: |