I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/71
tarix08.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#142054
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar amaliy mashg\'ulot

7-rasm. O'rmon qirqqulog'i. 1-umumiy ko‘rinishi; 2-barg ostidagi 
soruslaming 
ko ‘rinishi; 
3-sporangiyda 
yetilgan 
sporalarning 
tarqalishi; 
4-ikki jinsli gametofit
5-anteridiy; 6-ko‘p xivchinli 
spermatazoid; 7-arxegoniy; 8-zigota; 9-yosh sporofit.
Yoz faslining o'rtalariga kelib, erkalc paporotnik 
bargining ostki yuzasida jinssiz (sporofit) y o l bilan 
ko'payish organi -sporangiylar hosil boladi. Sporan- 
giylar to'p-to'p bolib joy olib, ular “soruslar” deb ata- 
ladi. Har bir sorus ustki tomonidan yupqa parda. 
(indizium) bilan o'ralgan. Sorusning tuzilishini o'rga- 
nish uchun, uni ko'ndalang kesib qaralsa, bargning 
ostki tomonida qalin bo'rtma (platsenta) borligi ko'ri- 
nadi. Platsentadan indizium oyoqchasi hosil boladi. 
Bundan tashqari, sporangiyda yetilgan sporalar halqa
30


yordamida tashqariga tarqali-shiga moslashgan. Haiqa 
Ini'ilishi jihatidan tutash bolmasdan sporangiy ayla- 
nnsini 2/3 qismini o'rab turadi. Haiqa uchlarini bir- 
biriga ulab turuvchi yupqa devor bo'lib, uning yorilishi 
bilan halqaning bir uchi birdan teskari tomonga 
buraladi. Shu harakat tufayli sporangiydagi sporalar 
tashqariga sochiladi. Qulay sharoitga tushgan spora- 
Ini dan yangi jinsiy nasi (gametofit) o'sib chiqadi. Game- 
tofit yurakka o'xshash kichkina yashil yaproqchadan 
Iborat bo'lib, uning eni 1 sm.gacha yetib boradi. Game- 
lofit yaproqchaning ostld yuzasida, uning uchliroq 
tomonida esa bir nechta rizoidlar vujudga keladi. Shu 
yuza tomonda jinsiy organlar - arxegoniy va anteri- 
diylar rivojlanadi. 
Arxegoniylar yaproqchaning o'yiq 
qismiga yaqin joyida, anteriydiylar esa undan uzoqroa 
yoki o'rtaroq qismida hosil bo'ladi. Anteridiy tashqi 
tomonidan yupqa parda bilan o'ralgan dumaloq tana- 
cha, uning ichida sperma-tozoidlar yetkazib beradigan 
spermatogen hujayralar bor. Anteridiy yomg'ir yoq- 
qanda yoki shudring tushgan vaqtda uchidan yoriladi. 
Yorilgan joydan yetilgan sper-matozoidlar suvga chi- 
qadi. Arxegoniy qorin qismi bilan gametofit to'qimasiga 
botib turadi. Uning faqat kalta bo'yin qismigina 
tashqariga chiqib turadi. Qorin qismida tuxum hujayra 
va undan yuqoriroqda kanal hujayrasi boshlanadi. 
Tuxum hujayra tayyor holga kelishi bilan arxegoniy 
uchi yoriladi, ayni shu vaqtda kanal hujayralari 
shilimshiq suyuqlik ajratadi. Ajra-tilgan suyuqlik orqali 
spermatozoidlar tuxum hujayra-siga yetib kelib, uni 
otalantiradi. Otalangan tuxum hujayradan zigota hosil 
bo'ladi va u bo limb o'sishi natijasida murtakka ayla- 
nadi. Murtak boshlang'ich ildiz, poya va bargga ega. 
Hosil bo'lgan ildiz asta-sekin tuproqqa kirib boradi, 
ayni shu vaqtda poya va barg yer yuzasiga chiqadi. 
Shunday qilib, murtak mustaqil holda hayot kechira 
boshlaydi. Gametofit yaproqchasi keyinchalik asta- 
sekin qurib yo'qolib ketadi.
31



Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin