Nazariy tushuncha: Bu bo'lim vakillari poyasining
bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga bolinganligi bilan spora
linml qilib ko'payuvchi o'simliklardan farq qiladi.
Hn'g'imliirdan chiqqan barglar mayda, poyada to‘p-to‘p
yolo luilqttsimon joylanishga ega bolib, ko'pincha
ii (tuUl•tivnlnngHn holda boladi.
24
Bu bolimning asosiy ajdodlari: Gieniyasimonlar -
(Hyeniopsida), Ponabargsimonlar - (Sphenopnyllopsida),
Qirqbo‘g‘imsimonlar - (Eqvisetopsida).
Birinchi va ikkinchi ajdod vakillari yo'qolib ketgan,
bizning davrimizgacha yetib kelgan emas. Ulardan faqat
Qirqbo'g'imsimonlar ajdodiga oid, qirqbo‘g'lmnamolar
qabilasining vakillarigina yetib kelgan.
Bu qabilaga kiruvchi o'simliklar poyasining ichki
tuzilishi bo'shliqlardan iborat. Mayda barg shoxchalar
bo‘g‘imlarda halqasimon bolib joylashgan. Qabilaning
faqat bitta Qirqbo‘g‘imdoshlar oilasi (Eqvisetaceae) va
bitta qirqbo'g'im turkumi (Eqvicetum) bor. Bu turkum
hozirgi davrda 30 dan ortiq turga ega. Markaziy Osiyo
sharoitida 6 ta turi malum. Shulardan eng keng
tarqalgan turlardan biri dala qirqbo‘g'imidir.
Dala qirqbo‘g‘imi
Dala qirqbo'g'imi (6-rasm) ko‘p yillik, ildizpoyali o‘t
o'simlik bolib, u asosan botqoq, o'tloq, daryo va ariq
!)o‘ylarida uchraydi. Poyasining balandligi 10-50 sm.
I’ovaning yer ostki qismi ildizpoyaga aylangan. Ildizpoya
ham o‘z navbatida yer ustki qismi kabi bo'g'imlarga
bolingan. Ildizpoya bo‘g‘imlarida tuganak va mayda
ildiz tutamlari hosil boladi. Tuganaklar zahira ozuqa
moddalar saqlashga moslashgan. Ildizpoyadan o‘sib
rhiqqan yer ustki novdalar ikki xil: erta bahorgi va
yozgi. Bu novdalar tashqi morfologik tuzilishi jihatidan
bir-biridan alohida ajralib turadi.
Erta bahorgi novdalar qoramtir yoki qo‘ng‘ir rangda
boladi. Bu novdalarning bo‘g‘imlarida shaklan o'zgar-
gnn bir-biri bilan qo'shilib, naysimon qin hosil qilgan
o'lkir uchli mayda barglar bor. Novdalarning uchki
qismlarida bir nechta sporofillardan (sporangiofor)
lushkil topgan, shakli duksimon tuzilishga ega bolgan
Mporali boshoqchalar vujudga keladi. Har bir sporofil 3
cjismdan - olti qirrali lappak, qisqa oyoqcha va uning
25
atrofida joylashgan 8-10 ta sporangiydan iborat.
Sporangiylar ichida shakl jihatdan teng bo'lgan elaterali
sporalar hosil bo'ladi. Sporalar elateralar yordamida
tashqariga tarqaladi. Shuning bilan bahorgi novdalar
quriydi. Bundan so'ng, ildizpoyadan hosil bo'lgan yozgi
(vegetativ) novdalar ham o'z navbatida bo'g'im va
bo'g'im oraliqlariga bo'lingan. Har bir bo'g'imda halqa-
simon tarzda joy olgan yon novdachalar bor. Bular ham
o'z navbatida bo'g'imlardan tashkil topgan. Bo'g'imlarda
hosil bo'lgan barglar mayda bo'lib, ular deyarli xlorofil
donachalarga ega emas. Shu tufayli assimilyatsiya
jarayoni novda va yon novdachalarda amalga oshadi.
Yozgi novdalar to kech kuzgacha saqlanib qoladi va kel-
gusi yilni yer ustki qismi uchun ozuqa moddalar
to'playdi.
Dala qirqbo'g'imi vegetativ va sporalar yordamida
ko'payadi. Vegetativ yo'l bilan ko'payganda ildizpoya va
tuganaklar ishtirok etadi. Sporalar yordami bilan ko'pa-
yishi otalik va onalik gametofitlari hosil bo'lishi bilan
boradi. Sporalar sirtdan bir-biridan farq qilmasa ham,
lekin ular ichki tuzilishi - fiziologik jihatidan farq qiladi.
Shuning uchun sporalar nam yerga tushgandan so'ng,
ba'zi birlari o'sib otalik gametofit, boshqalari esa onalik
gametofitlarini hosil qiladi. Lekin bu doimo saqlanib
qoladigan farq bolmay, tashqi muhit ta'sirida otalik
gametofitlarida arxegoniylar, onalik gametofitlarida esa
anteridiylar hosil bo'lishi ham mumkin. Har ikkala
gametofit tasmasimon uzun yoki qisqa bo'laklarga
bo'lingan yashil ko'rinishda bo'ladi. Otalik gametofitlari
onalik gametofitlariga nisbatan kichik. Ularda anteri
diylar yuzaga kelib, ko'p xivchinli spermatozoidlar
yetiladi. Onalik gametofitida arxegoniylar rivojlanadi.
Arxegoniy tuxum hujayrasini otalanishi natijasida
zigota hosil bo'lib, undan yangi qirqbo'g'im o'simligi,
ya'ni sporofit nasi o'sib chiqadi.
Otalanish suv
yordamida rivojlanadi.
26
|