shulardan 16 tasi Markaziy Osiyoning turli ekologik
sharoitlarida o'sishga moslashgan. Efedra turkumining
tipik vakili sifatida E. distachya bilan tanishamiz.
Efedra (Qizilcha)
Bu o'simlik (9-rasm) Markaziy Osiyo sharoitida
qumli, sho'rlangan va har xil rangli tuproqlarda o'sadi.
Uning boyi 120 sm, sershoxlangan. Shoxlarning bo‘-
g'imlaridan qarama-qarshi
joylashgan kichik bargcha-
lar chiqadi.
Efedra ikki uyli o'simlik. Otalik qubbalari ingichka
shoxlarning bo'g'imlarida 3-4 tadan bo'lib joylashadi.
Otalik qubbasi asosiy o'qdan iborat bo'lib, uning yuqori
qismi 2 dan 8 tagacha bo'lgan ikki-to'rt o'qli chang-
donlarga (mikrosporangiylarga) ega. O'qdagi
har qaysi
otalik asosini bir-biri bilan qo'shilib ketgan ikkita
qarama-qarshi joylashgan bargcha o'rab turadi. Ular
mikro sporafillar deb ataladi.
“Onalik” qubbasi 2-4 tagacha bo'lib, ular yosh shox
larning yuqori barg qo'ltiqlarida hosil bo'ladi. Onalik
qubbasining asosini bir nechta juft mevasiz tangacha-
simon barglar o'rab turadi. Qubba o'qi bitta urug'kur-
takdan (megasporangiy) tashkil topgan. Urug'-kurtak
tashqi tomonidan integument bilan o'ralgan, integu
ment o'z navbatida tashqi
qalin va ichki yupqa qop-
lag'ichdan iborat. Yupqa qoplag'ich mikropila yo'lini
hosil qiladi. Urug'kurtakning o'rtasini nutsellus egal-
laydi va uning yuqori qismi bo'shliqqa aylangan. Nut-
sellusda onalik gametofiti hosil bo'lishi bilan, unda
ikkita arxegoniy paydo boladi va ularning har biri
bittadan tuxum hujayraga ega. Changdonlarda yetilgan
changlar urug'kurtakning
mikropila yoliga kelib tu-
shishi natijasida urug'kurtakdan mevaga o'xshay-digan
urug' paydo boladi. Urug'kurtakning tashqi qoplag'ichi
urug'ning sersuv qismga, ichki qoplag'ichi qattiq
po'stiga aylanadi.
38