I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov



Yüklə 3,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/96
tarix19.10.2023
ölçüsü3,78 Mb.
#157331
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.

Uchinchi y o ‘nalish 
- bu energiya tejovchi texnologiyalarni 
tatbiq etish, shu jum ladan, tiklanuvchi resurslar (quyosh, suv 
va sham ol energiyasi) [6], jarayon, asboblar va jihozlarni eng 
energiya sig‘imli sohalarda q o ‘llashdan iborat. Bundan tashqari 
energiya tejovchi texnologiyalar ekologik jihatdan toza va ijtimoiy 
muammolarni yechishda qo‘shimcha sarf-xarajatlami talab etmaydi.
Energiya tejashga olib keladigan dunyo elektr energetikasining 
yana bir muhim y o ‘nalishi, ham m a joyda bug‘ - gaz qurilm asi 
(BGQ) tatbiq etish va isitishdir, bu tushuncha ostida issiqlik elektr 
stansiyalarda (issiqlik elektr markazlarida — IEM) issiqlik va elektr 
energiyasini birgalikda ishlab chiqarish yotadi. Isitish y o q ilg ‘i 
resurslaridan foydalanishning eng ratsional usulidir.
Oxirgi paytda dunyoda elektr energiya, issiqlik va sovuqlikni 
birgalikda generatsiya (uch generatsiya) qilish tarqalmoqdaki, bu 
yoqilg‘idan samarali foydalanishni oshiradi.
76


B ug‘-gaz texnologiyalarini q o ‘llash quyidagi sabablar bilan 
tushuntiriladi: bug‘ turbina qurilm alariga nisbatan issiqlik elektr 
slansiyalar iqtisodliligi sezilarli ortadi: y a’ni FIK taxminan 33-^55% 
gacha va undan ham ortadi, karbonat angidrid gazi va boshqa zaharli 
moddalar chiqishi pasayadi. Hozirda birlik quvvati 500 M Vt gacha 
boMgan BGQ agregatlari ishlatilmoqda.
Masalan, Germaniya va Daniyada hozirda 50% elektr energiya 
yoqilg‘i iste’mol qilish natijasida ishlab chiqarilm oqda. Yevropa 
ittifoqi m am lakatlari issiq lash tirish yordam ida IEM da elektr 
energiya ishlab chiqarish ulushini 2000-yildan 
9%
dan 2010-yilda 
18% ga ko‘tarishni rejalashtirgan edilar.
Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, energetikada 
gaz turbinalarini q o ‘llashni orttirish bilan ishlaydigan 50 va 
undan k o ‘proq G kal/soat issiqlik quvvati qozonxonalarni GTQ 
qurilmalaridan chiqayotgan gazlarning issiqligidan to ‘la foydalanish 
qilinadigan k ich ik GTQ - IEM ish lash rejim iga o ‘tkazishni 
loyihalash m aqsadga muvofiqdir. Bu rejim da yoqilg‘idan (tabiiy 
gaz) foydalanish koeffisiyenti 80^90% ga yetadi, bu esa oddiy 
lEMlarnikidan ancha yuqoridir.
Rivojlangan m am lakatlardagi yuqorida keltirilgan energiya 
tejash tadbirlarining tahlili ikki vaqt bosqichiga ega ekanligini 
ko‘rsatadi. BoshIang‘ich bosqichda (3-5 yilga m o‘ljallangan), katta 
sarf-xarajat talab etadigan, energiya resurslami vaqtinchalik iqtisod 
qilish, ratsional foydalanish bo‘yicha tadbirlar am alga oshiriladi. 
Bu hisobga olish va nazorat vositalarini takomillashtirish b o ‘yicha 
tashkiliy choralar (rejali va qonuniy), energiyadan foydalanishda 
iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarning m a’suliyatini oshirishdan 
iborat.
Ikkinchi bosqichda, energiya tejash siyosatining bosh choralari, 
bu yangi energiya tejovchi texnologiyalami ommaviy tatbiq etish, 
shu bilan birga, eskirgan jihozlarni almashtirish, harakatdagi ishlab 
chiqarishni rekonstruksiya qilish, mahsulot material sig‘imliligini
77


pasaytirish va nisbatan past bo‘lgan energiya sig‘imli materiallami 
q o ‘llash, transport sxem alarini ratsionalizatsiyalash, am aldagi 
b in o lar fon dining issiq lik izo lyatsiyasi darajasini osh irish , 
solishtirma energiya sig‘imni pasaytirish maqsadida soha iqtisodi 
tuzilm asini o ‘zg artirish lardan iborat. Ushbu bosqichda suyuq 
yoqilg‘ini alm ashtirish va qattiq yoqilg‘idan ham da tiklanuvchi 
energiya resurslaridan foydalanish hisobiga gazsimon yoqilg‘ini 
iqtisod qilish choralari qabul qilinadi. Xalq x o ‘jaligi uchun energiya 
tejash siyosatini am alga oshirishning birinchi bosqichi muhimligi 
bilan bir qatorda, uning ikkinchi bosqichi energiya samaradorligini 
oshirishning asosiy y o ‘nalishi ekanligini alohida qayd etish kerak.
R ivojlangan m am lakatlarda energiya tejam korlik siyosatini 
am alga oshirish katta iqtisodiy va qonuniy choralarni qabul 
qilish y o ‘li bilan am alga oshirilgan. Shuni hisobga olib energiya 
tejash siyosati sam aradorligini ta ’minlash uchun barcha energiya 
resurs iste’m olchilari va yetkazuvchilarni qonuniy va iqtisodiy 
rag‘batlantirish mexanizmini ko‘zda tutish kerak. Asosiy diqqatni 
material resurslami qidirib topishga qaratish kerak.
Energiya tejash tadbirlarini o ‘tkazishda ta ’r if hosil qilish va 
moliyalashtirish masalalari o ‘ta muhim hisoblanadi. Iste’molchilarda 
energiya tejashni rag‘batlantirish uchun energiya tejovchi ta’riflash 
siyosatini bosqichm a-bosqich tatbiq etish zarur. Asosan bunday 
differensiallash, ta’riflarni vaqt bo‘yicha (kecha-kunduz, hafta, yil 
elektr va issiqlik yuklamasini rostlash uchun), energiya iste’molini 
hajm i b o ‘yicha (standart iste’molidan ortib ketm asligini ushlab 
turish uchun) energiyani iqtisod qilish hajmi b o ‘yicha (energiya 
tejash b o ‘yicha choralarni amalga oshirishni mukofotlash uchun) 
kerak.
Bundan tashqari, bu ta ’rif kreditlari, ya’ni energiya tejamkorlikni 
am alga oshirayotgan iste’molchilar uchun vaqtinchalik ta ’riflarni 
pasaytirish kerak boMadi. Ta’rif krediti quyidagi k o ‘rinishlardan 
birida namoyon b o ‘ladi: qaytarilmaydigan (ТЕК korxonalarining
78


xurujutlarni qoplay olmasligi, ayniqsa byudjet tashkilotlari uchun), 
ioizsiz (qarz m ablag‘larini kelishilgan vaqtdan so ‘ng qaytarish 
bilan) yoki foizli (xuddi shunday, lekin foizi bilan) kredit.
E nergiya tejashn in g a n ’anaviy m oliyaviy m anbai b o ‘lib, 
korxonalarning o ‘z mablagMari xizmat qiladi. Energiya tejashning 
muhim manbai, investorlam ing kreditlari b o ‘lishi kerak. Yana bir 
investitsiya manbai, energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarning, 
elektrostansiyalarning foydasidan va abonent to ‘lovlaridan hamda 
boshqa m anbalardan tushgan m a b lag ‘dan yaratilgan energiya 
tejash fondlaridir. Energiya tejash fondlari qator hollarda muhim 
loyihalarga mablag‘ni jalb etish uchun kafolat bo‘lib xizmat qiladi. 
Bunday fondlarning samaradorligi juda yuqori, shuning uchun chet 
el mamlakatlarining tajribasidan foydalanish zarur.
Energiya tejash dasturini m uvaffaqiyatli bajarish, energiya 
tejovchi tadbirlarga sarf etilgan m ablag‘lardan katta foyda olish 
ishlarini tash k illash tirish va rejalashtirish dasturiga b o g ‘liq. 
Avvalam bor bu, korxonalarda energiya resurslarini tejashning 
ustuvor yo‘nalishlarini tanlashga taalluqli.
Shuni bilish zarurki, energiya tejashni investitsiyaiash bilan 
bog‘liq bo‘lgan y o ‘nalish, b a’zi bir sarflarga ega, xususan, yangi 
jihozlar va texnologiyalarni o ‘zlashtirish ham da tatbiq etishning 
uzoq muddatlari, yangi jihozlarni sotib olish va o ‘rnatish uchun 
texnologik jarayonlarni qayta qurish uchun katta m ablag1 ajratish 
zarurligi bilan bog‘liq bo ‘lgan sarflar.
Qator hollarda investitsiyalarga ketgan xarajatlarni chiqarish 
m uddatlari ju d a katta b o ‘lib ketadi, shuning uchun energetika 
jihatidan samarali tadbirlar rad etiladi.
Tashkiliy - iqtisodiy va rejim - ishlatish tadbirlarning o ‘ziga 
jalb etadigan joyi shundaki, ulardan k o ‘plari kapital xarajatsiz yoki 
ju d a kichik xarajatlar sa rf qilib zudlik bilan sam ara olish bilan 
amalga oshiriladi. Korxonada sarf-xarajatlar bir necha oy ichida
79


o‘zini oqlaydigan, energiya yoqilg‘ini iqtisod qilish bo'yicha kichik 
tadbirlarni qo‘llash mumkin.
Chet el firmalari (AQSh, Angliya, Skandinaviya mamlakatlari), 
energiya tejovchi tadbirlarni ularning samaradorligi bo‘yicha tanlab 
olib, birinchi navbatda sarf-xarajatlami oqlash muddati bir yildan 
kam b o ‘lgan muddatda rejim ishlatish va tashkillashtirish rejalariga 
kiritadilar. Shundan keyin sarf-xarajatlami oqlash muddati bir yildan 
uch yilgacha bo‘Igan texnik xarakterga ega b o ig a n tadbirlar va 
oxirida katta kapital xarajatlami talab qiladigan yangi texnologiyalar 
va yangi jihozlam i tatbiq etish bilan bog‘liq tadbirlar kiritiladi.
Shunday qilib, kapital sig‘imli energiya tejovchi tadbirlarni tatbiq 
etishni rejalashtirishdan oldin ishlab chiqarishni tashkillashtirishni 
takom illashtirish y o ‘li bilan y o q ilg ‘i va energiya sarflarining 
zaxiralaridan foydalanish: y a ’ni, jih o zlarn in g texnik holatini, 
ularning energetik rejim larini yaxshilash, energiya resurslarning 
jihozlam i yuklash koeffisiyenti pastligi bilan bog‘liq yo‘qotishlarini 
bartaraf qilish va hokazolar. Boshqachasiga, yangi texnologiya 
va jihozlam i q o ilash d an olinadigan potensial samara to ialig ich a 
olinmasligi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonlari, texnologiya va energetikani o ‘zaro 
b o g ‘liqligini chuqur tahlil etm asdan, ishlayotgan korxonalarda 
energiya resurslari iqtisodi zaxiralaridan foydalanish mumkin emas 
[8.9]. Bu masalani odatda energetik ko‘zdan kechirishni o ‘tkazish 
y o ‘li bilan, au d it-jiho zlarn i, tex no lo g ik ja ray o n larn i davriy, 
sinchkovlik bilan k o ‘zdan kechirish va bu tekshirish natijasida 
ayrim jarayonlar va ayrim qurilmalarda energiya iste’moli qiymati, 
noratsional sarflar va energiyani to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri yo ‘qotishlarini 
aniqlash y o ii bilan amalga oshiriladi. Energiya tejamkorligi b o ‘yicha 
chet elda qo‘llaniladigan choralarning xususiyati shundan iboratki, 
u yerda ishlar m ajm uasini bajarish doim iy xarakterga ega. Bu 
bilan energiyadan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha bajariladigan 
ishlaming uzluksizligi ta’minlanadi.
80


K orxonalarda energiya tejashni boshqarishning sam arador 
tizimini yaratish uchun energiya auditni tashqi (bog‘liq bo‘lmagan) 
va ichkiga ajratish kerak.
Tashqi auditning bosh masalasi - korxonalarda energiya tejash 
bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish darajasini baholash: energiya 
va yoqilg‘i iqtisodi bo‘yicha davriy ravishda ishlab chiqilayotgan 
rejalarning m avjudligi bu rejalarning sam aradorligi, energiya 
resurslarini sarflashni hisobga olish va nazorat qilishning holati, 
energiya resurslaming sarfini normalashdan iboratdir.
Ichki energetik audit korxonalarda energiya resurslarni iqtisod 
qilish zaxiralarini aniqlash quroli bo‘lib xizmat qiladi. Ichki energetik 
auditni o ‘tkazish muddatlarini va obyektni ko‘rikdan o ‘tkazishni 
korxonalar, energiya iste’molini ratsionalizatsiyasi bo‘yicha rejalami 
ishlab-chiqishni amaldagi amaliyotdan kelib chiqqan holda, mustaqil 
o ‘matadilar.
E nergiya auditning yana bir porloq y o ‘nalishi, bu optim al 
energetik balans va tadqiq etilayotgan obyektning elektr ta’minot 
sxemasini kelajakda rivojlanishini hisobga olgan holda majmuaviy 
o ‘tkazishdir. Bunda energetik resurslarga bo ‘lgan sarf-xarajatlarni 
optimallashtirish amalga oshiriladi, mazkur subyektning yoqilg‘i va 
energetik ta’minoti uchun ketgan sarf-xarajatlar qiymati aniqlanadi.
Shunday qilib, chet elda energiya tejash m ajm uaviy holda, 
elektr energiya ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga huquqiy 
bosim o ‘tkazish richaglarini q o ‘llab, uni yaratib va iqtisodiy jihatdan 
rag‘batlantirish choralaridan foydalanib hal etiladi.

Yüklə 3,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin