I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov



Yüklə 3,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/96
tarix19.10.2023
ölçüsü3,78 Mb.
#157331
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.

3.1. Neft va gaz tarmog‘i
Neft va gaz sanoati neft va gaz konlarini qidirish, burg‘ulash, 
qazib chiqarish, uglevodorodlarni qayta ishlash, neft mahsulotlarini 
ishlab chiqarish, neftkimyo va kimyo uskunalarini ishlab chiqarish 
va iste’molchilami neft mahsulotlari bilan ta ’minlashgacha bo‘lgan 
barcha neft va gaz operatsiyalarini qamrab oladi.
Neft va gaz sanoatida 30 ga yaqin ishlab chiqarish korxonalari 
faoliyat ko‘rsatmoqda, ular avtobenzin, dizel yoqilg‘isi, aviakerosin, 
har xil turdagi moylar, mazut, bitum, har-xil turdagi polietilen, tovar 
holdagi tabiiy va suyultirilgan gaz, neftkimyo va kimyo uskunalari, 
suyultiriligan gaz uchun balonlar va boshqa m ahsulotlar ishlab 
chiqaradi.
Ilozirgi vaqtda neft va gaz sanoatining investitsiya siyosati, 
avvalo, sohani diversifikatsiya qilish, neft va gaz resurslarini chuqur 
qayta ishlashni ta ’minlash uchun yuqori texnologiyalar bilan xorijiy 
investitsiyalami jalb qilishga qaratilgan.
So‘nggi 5 yil ichida U styurt gaz-kim yo majmuasi, Qandim 
gazni qayta ishlash majmuasi va boshqa bir qator sanoat obyektlari 
stratcgik obyektlar foydalanishga topshirildi.
Ayni vaqtda uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 
yirik strategik loyihalami amalga oshirish davom etmoqda.
Xususan:
Sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi 2020-yilda ishga 
tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 3,6 mlrd. kub 
metr tabiiy gazni qayta ishlash va Yevro-5 talablariga javob beradigan 
1,5 mln. tonna yuqori sifatli sintetik yoqilg‘ilar ishlab chiqariladi.
Shu bilan birgalikda, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab 
chiqarish quvvatini kengaytirish b o ‘yicha investitsiya loyihasini 
am alga oshirishning yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Loyihani 
amalga oshirish bilan zavodning hozirda ishlab turgan quvvati 125,0 
ming tonnadan 500,0 ming tonnagacha, y a’ni 4 baravar ko‘payadi.
17


Natijada neft-kimyo sanoatini yanada rivojlantirish uchun keng 
imkoniyatlar yaratadi.
Undan tashqari, Yevro-5 Yevropa standartlariga javob beradigan 
yuqori sifatli neft mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta ’minlaydigan 
«Buxoro neftni qayta ishlash zavodini m odernizatsiya qilish» 
investitsiya loyihasini amalga oshirish ham rejalashtirilgan.

Yüklə 3,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin