I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov


 Elektr energiyasi uchun hisob-kitob



Yüklə 3,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/96
tarix19.10.2023
ölçüsü3,78 Mb.
#157331
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   96
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.

4.2.2. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob
qilishning umumiy qoidalari
Bevosita Energetika vazirligi korxonalarining elektr tarmoq- 
laridan hamda iste’molchilaryoki subiste’molchilar elektr tarmoqlari 
orqali uzatiladigan elektr energiyasi uchun iste’molchilar bilan hisob- 
kiloblar belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli tariflar bo‘yicha 
elektr ta ’minoti shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Barcha 
elektr energiyasi iste’molchilari (maishiy iste’molchilardan tashqari) 
hududiy elektr tarm oqlari korxonalari bilan birgalikda hisob- 
kitob davri tamom b o ig an d an keyin har oy besh kun mobaynida 
foydalanilgan elektr energiyasi uchun o ‘zaro hisob-kitoblarning 
taqqoslash dalolatnomasini tuzishlari shart.
E lek tr en erg iy asi uchun h iso b -k ito b q ilish m aq sad id a 
iste’m olchilam ing ta rif guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi Vazirlar 
M ahkam asining 2018-yil 12-yanvarda qabul qilingan «E lektr 
energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga 
doir q o ‘shimcha chora-tadbirlar to ‘g ‘risida»gi qaroriga muvofiq 
belgilanadi.
H ududiy elektr tarm oqlari korxonasi bilan elektr ta ’m inoti 
sh artn om asi tu zilg an d a n keyin is te ’m o lch in in g aybi b ilan
iste ’m olchini tegishli boMmagan ta rif guruhiga kiritish holati 
aniqlanganda, hududiy elektr ta ’m inoti korxonasi tom onidan 
shartnomatuzilgan paytdan, biroq da’vo muddatidan ortiq boMmagan 
davr uchun qayta hisob-kitob qilinadi.
Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun I ta rif guruhi 
iste’molchilari uchun tabaqalashtirilgan ta rif qo‘llaniladi.
39


Tabaqalashtirilgan tarif sutkaning vaqt zonasi bo‘yicha iste’mol 
qilingan har 1 kVt/s elektr energiyasi uchun to ‘lovdan iborat. Bunda: 
yarim tig ‘iz davr - sutkaning yorug‘ vaqti (soat 900 dan 1700 
gacha);
tig ‘iz davr - ertalabki va kechki maksimum (yagona elektr 
energetika tizimining maksimal yuklamalar soatlari soat 600 dan 900 
gacha va soat 1700 dan 2200 gacha);
tungi davr - sutkaning qorong‘i davri (yagona elektr energetika 
tizimining minimal yuklamalar soatlari soat 2200 dan 2400 gacha va 
soat 0000 dan 0600 gacha).
Bunda yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali 
soatlari (tig ‘iz davr)da foydalanilgan elektr energiyasi uchun 
to'lovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda o ‘suvchi 
koeffitsiyentni q o ‘llash orqali, eng kam yuklamali soatlar (tungi 
davr)da esa belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar m iqdorda 
kamayuvchi koeffitsiyentni qoMlash orqali va yarim tig ‘iz paytda 
o ‘matilgan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar II, III, IV tarif guruhlari 
iste’molchilari bilan bir stavkali tarif b o ‘yicha amalga oshiriladi. 
Bir stavkali tarif hisob-kitob davrida iste’mol qilingan har bir kVt/s 
elektr energiyasi uchun to‘lovdan iborat.
Elektr energiyasinirealizatsiyaqilishda narxni shakllantirishning 
alohida tartibi belgilanadigan tashkilotlarro‘yxatida nazardatutilgan, 
750 kVAgacha quvvatga ulangan, m ahsulot ishlab chiqaruvchi 
va ayrim xizm atlar k o ‘rsatuvchi iste’m olchilar elektr energiyasi 
uchun toiovlarni hukumat qarori bilan belgilangan o ‘sib boruvchi 
koeffitsiyentlar va tariflarga muvofiq to ‘laydi.
Bir necha tarif guruhlariga mansub iste’molchilar bilan hisob- 
kitoblar, har bir ta rif guruhiga alohida o ‘rnatilgan hisobga olish 
asboblari ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Elektr energiyasi uchun haq to ‘lash hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasi yoki iste’molchi tomonidan yoziladigan to‘lov hujjatlari 
bo‘yicha elektr ta ’minoti shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
40


EHNATga ulangan yoki oldindan haq to ‘lash qurilm asi va 
hisobga olish priboriga ega bo‘ Igan iste’molchilarga elektr energiyasi 
yetkazib berish oldindan to ‘ langan to io v doirasida amalga oshiriladi.
E lektr ta ’m inoti sh artn om asid a hisob-kitob davri uchun 
ko‘rsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda elektr energiyasi iste’mol 
qilinganda, iste’molchilardan (maishiy iste’molchilardan tashqari) 
elektr ta ’m inoti shartnom asida k o ‘rsatilgandan ortiq iste’mol 
qilingan elektr energiyasi jam i hajmi uchun belgilangan tarifning bir 
yarim baravari miqdorida to ‘lov undiriladi.
Iste’molchi yuridik shaxs sifatida tugatilgan taqdirda, uning 
elektr qurilmasiga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 
elektr energiyasi yetkazib berish taqiqlanadi. Agar elektr energiyasi 
yetkazib berish to‘xtatihnagan bo‘lsa, u holda buning oqibati uchun 
luidudiy elektr tarmoqlari korxonasi qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda javob beradi.
Hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari yozib olinmagan yoki 
elektr energiyasi sarfi to ‘g ‘risidagi hisobot iste’molchi tomonidan 
taqdim etilmagan taqdirda, hududiy elektr tarm oqlari korxonasi 
tom onidan elektr energiyasi (shu ju m ladan, aktiv va reaktiv 
energiya) iste’molining shartnomaviy miqdori bo‘yicha yoki o ‘tgan 
hisob-kitob davri uchun elektr energiyasi iste’molining o ‘rtacha 
sutkalik amaldagi miqdori to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar asosida hisob- 
kitob qilinadi. Bunda hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlari nazorat 
tartibida hududiy elektr tarm oqlari korxonasi xodimi tom onidan 
yozib olingandan keyin amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi 
uchun qayta hisob-kitob qilinadi. Qayta hisob-kitob iste’molchi yoki 
uning vakili ishtirokida yoxud uning ishtirokisiz belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi.
Elektr energiyasi uchun to ‘lov quyidagi tartib d a am alga 
oshiriladi:
m aishiy iste’m olchilar har oyning 10-sanasiga qadar o ‘tgan 
oyda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to ‘liq hisob-kitob 
qilishlari shart, k o ‘rsatilgan m uddat o ‘tgandan keyin qarzdorlik
41


mavjud bo‘lganda, maishiy iste’molchilar belgilangan tartibda elektr 
tarmoqlaridan majburiy uziladi;
T o‘lov h u jja tid a x a to la r yoki h iso b g a olish asb o b lari 
ko‘rsatkichida noaniqliklar aniqlangan taqdirda, iste’molchi hududiy 
elektr tarmoqlari korxonasiga darhol murojaat qilishi kerak.
Hududiy elektr tarm oqlari korxonasi iste’molchi bilan birga 
murojaat qilgan kundan boshlab o ‘n sutkadan kechiktirmay, hisob- 
kitobni tekshirishi, zarurat b o ig an d a esa hisobga olish priborini ham 
ko'rikdan o'tkazishi kerak.
H isobga olish p riborini k o ‘rikdan o ‘tkazish yoki to ‘lov 
hujjatidagi xatolar to ‘g ‘risida m urojaat qilingan taqdirda ham 
iste’molchi toMovni belgilangan tartibda to ‘lash m ajburiyatidan 
ozod etilmaydi.
Agar hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlaridagi chetga chiqish 
ushbu hisobga olish pribori uchun belgilangan aniqlik doirasidan 
oshmasa, bunday chetga chiqishlar y o ‘l q o ‘yilishi mumkin deb 
hisoblanadi.
A gar to ‘lov hujjatini tekshirish yoki hisobga olish priborini 
ko‘rikdan o ‘tkazishdan keyin (shu jum ladan, iste’molchi murojaat 
qilmasa ham) qayta hisob-kitob qilish zarurligi aniqlansa, bunday 
qayta hisob-kitob hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 
elektr energiyasi uchun navbatdagi to‘lov hujjatini yozishda amalga 
oshiriladi.
Hududiy elektr tarm oqlari korxonasi va iste’molchi o ‘rtasida 
hisob-kitob qilish uchun aktiv va reaktiv energiyani hisobga olish 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi tarmoqlarining 
balans bo‘yicha mansublik chegarasida amalga oshiriladi.
Hisob-kitob davrida iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr 
energiyasi miqdori va xuddi shu davrda hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasi tom onidan qabul qilingan elektr energiyasi m iqdori 
o ‘rtasidagi tafovut (shu jum ladan, elektr energiyasining amaldagi 
te x n o lo g ik sarfi norm ativ sarfdan oshishi hisobidan paydo 
bo‘layotgani), m e’yorlar doirasida ushbu elektr tarm oqlar orqali
42


elektr energiyasini uzatishdagi uning texnologik sarfining o ‘matilgan 
tartibda tasdiqlangan normativi hajmi chiqarib tashlangan holda
hududiy elektr tarm oqlarining davr xarajatlariga o ‘tkaziladi va 
yuridik shaxslaming foyda solig‘ini hisoblashda chegirilmaydi.
Elektr energiyasini hisobga olish pribori elektr tarm og‘ining 
balans bo‘yicha m ansublik chegarasida o ‘rnatilm aganda, elektr 
tarm o g ‘ining chegarasidan hisobga olish pribori o ‘rnatilgan 
joyigacha bo‘lgan uchastkadagi aktiv va reaktiv energiya texnologik 
sarfining hajm i is te ’m olchi bilan birgalikda hisoblash orqali 
aniqlanadi va elektr tarm og‘ining balans bo‘yicha m ansubligiga 
qarab hududiy elektr tarmoqlari korxonasining va iste’molchining 
hisobiga o'tkaziladi.
Elektr energiyasi yagona elektr energetika tizim idan tranzit 
b o ‘yicha iste’m olchining elektr tarm og ‘i orqali hududiy elektr 
tarmoqlari korxonasining elektr tarm og‘iga uzatilganda, iste’molchi 
tarm oqlaridagi elektr energiyasi texnologik sarfining bir qismi, 
iste’molchining elektr tarmog‘igakelibtushgan elektr energiyasining 
umumiy miqdoriga nisbatan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining 
elektr tarmog'iga iste’molchi tomonidan uzatilgan elektr energiyasi 
miqdoriga mutanosib ravishda, yagona elektr energetika tizimining 
elektr tarmoqlaridagi texnologik sarflarga o ‘tkaziladi.
Iste’m olchining aybi bilan elektr t a ’m inoti shartnom asida 
k o ‘rsatilgan elektr energiyasi hajm i to ‘liq iste’mol qilinm agan 
taqdirda, avans tariqasida to ‘langan m ablag‘lar qaytarib berilmaydi 
va elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
Is te ’m olchining elektr energiyasi haqini to ‘lash, reaktiv 
energiya kom pensatsiyasi uchun tarifga ustam alar, shuningdek, 
noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qayta hisob-kitobi va 
jarim a bo‘yicha qarzi b o ig a n taqdirda, uning avans to ‘lovi hisobiga 
o ‘tkazilgan m ablag‘lari qarzni qoplashga y o ‘naltiriladi va avans 
to ‘lovi (oldindan haq to ‘lash) sifatida hisobga olinmaydi.
Iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi (quvvati) 
uchun hisob-kitob b o ‘yicha o ‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish
43


dalolatnom asini im zolash rad etilgan taqdirda, qarzni undirish 
tuzilgan elektr ta ’m inoti shartnom asiga muvofiq shartnom aviy 
hajm dan kelib chiqqan holda, iste ’m olchining bankdagi hisob 
raqamiga to ‘lov talabnomasi qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Iste’molchi (maishiy iste’molchilardan tashqari) egallab turgan 
binodan uning topshirilishi, sotilishi yoki boshqa sabablarga ko‘ra 
ko ‘chib ketgan taqdirda, u bu haqida hududiy elektr tarm oqlari 
korxonasini yozma shaklda xabardor qilishi hamda elektr energiyasi 
uchun k o ‘chib ketish kunigacha to ‘liq hisob-kitob qilishi shart, 
shundan so ‘ng hududiy elektr tarm oqlari korxonasi obyektga 
elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatadi. Yangi istemolchini 
rasm iylashtirish va elektr qurilm alarini elektr tarm og‘iga ulash 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tomonlar ularning xohish va harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan 
tabiiy ofatlar yoki ijtim oiy-iqtisodiy vaziyatlar sababli ushbu 
sharoitlarda qaytarib bo‘lmaydigan va oldindan bilib bo‘lmaydigan 
favqulodda holatlarni o ‘z ichiga olgan yengib bo‘lmas kuch (fors- 
major) oqibatida o ‘z zim m asiga olingan m ajburiyatlarni bajara 
olmasa, tom onlardan hech biri o ‘z m ajburiyatlarini to ‘liq yoki 
qisman bajarmagani uchun javob bermaydi.
A gar k o ‘rsatilgan fors-m ajor holatlari m ajbu riyatlarn in g
shartnom ada belgilangan muddatlarda bajarilishiga ta ’sir qilsa, u 
holda ushbu muddatlar fors-major holatlarining amal qilish vaqtiga, 
ammo elektr ta’minoti shartnomasining amal qilish muddatidan ko‘p 
boim ag an vaqtga uzaytiriladi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tuman, shahar, iqtisodiy 
zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasi uchun to ‘lovni 
y ig ‘ish funksiyalarini belgilangan tartibda xususiy operatorga 
o ‘tkazishi mumkin.
Elektr energiyasi uchun to ‘lovni yig‘ish funksiyalarini baja- 
ruvchi xususiy operatorlar o ‘z faoliyatini belgilangan tartibda 
amalga oshiradilar.
44


Elektr energiyasi uchun amaldagi tariflar o ‘zgargan taqdirda, 
hududiy elektr tarm oqlari korxonasi ularning kuchga kirishidan 
kamida o ‘n besh kun oldin qarorni ommaviy axborot vositalarida 
e ’lon qiladi.
Bunda elektr energiyasi uchun tariflar o ‘zgargan sanadan qat’iy 
nazar, elektr ta’minoti shartnomasi o ‘z kuchida qoladi va iste’molchi 
foydalanilgan elektr energiyasi uchun yangi ta rif kuchga kirgan 
kundan boshlab haq to'lashga majburdir.
Tarif o ‘zgargan taqdirda esa, iste’molchi elektr energiyasining 
(aktiv, reaktiv energiya ham shujum lagakiradi) avans bilan to'langan 
hajmi uchun, biroq to ‘lov kunidan boshlab keyingi 12 oydan ortiq 
bo‘lmagan vaqtda qo‘shimcha to ‘lovlar toTashdan ozod etiladi.

Yüklə 3,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin