9.2. Korxonaning energetika baiansi
Sanoat korxonasining energetika baiansi korxona energetik
x o ‘jaligining eng muhim tavsifidir. U energoresurslarni iqtisod
qilishning barcha zaxiralarini aniqlash maqsadida tuziladi.
Energiya baiansi
- energiyani va energiya resurslarining barcha
turlarini qazib olish, qayta ishlash, uzatish, o ‘zgartirish, taqsimlash
va iste’mol qilish balansidir.
Energetik balans kelib tushish va sarflash qismlaridan iborat.
E nergetik balan sn in g kelib tu shish qism i tu rli en ergiya
tashuvchilar (qazib olinadigan yoqilg‘i vayadro yonilg‘isi, gaz, bug‘,
suv, havo, elektr energiya) yordamida kelib tushadigan energiyaning
miqdorini o ‘z ichiga oladi.
Energetik balansning sarflash qism i energiyaning barcha
turlarini ularning turli k o ‘rinishidagi sarfini, bir turdagi energiyani
boshqa turdagisiga aylantirilgandagi y o ‘qotishlarni hamda maxsus
qurilm alarda (m asalan, gidro akkum ulyalovchi qurilm alarda)
yiqiladigan (akkumulyatsiya qilinadigan) energiya aniqlanadi.
Boshqa balanslarda b o ‘lgani, kabi m asalan, buxgalteriyada
energiya balansining kelib tushish va sarflash qismlari teng b o ‘lishi
kerak.
Energetika baiansi bir tomondan kelayotgan jam i energiyaning,
boshqa tom ondan ja m i foydali energiyani uning y o ‘qotishlari
bilan mosligini k o ‘rsatadi. Balansni tuzishda, korxonada iste’mol
qilinadigan barcha energiya turlari: elektr energiya, gaz, mazut, suv,
bug‘ va h.k. ko‘ rib chiqiladi. Korxonaning har bir uchastkasida barcha
m aqsadlarda iste’mol qilinadigan energiya m iqdori o ‘lchanadi,
bundan tashqari energiya yo ‘qotishlari ham baholanadi.
141
Balansni tuzish mazkur korxonaning konkret uchastkalarida
haqiqiy energiya iste’moli to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar asosida amalga
oshiriladi (dvigatellar, elektr jihozlar, yoritish va h.k.) bunday
axborotni olish uchun maxsus asboblar - elektr energiya, gaz, bug‘,
suv va h.k. hisoblagichlaridan foydalaniladi.
Energetik balanslarni o ‘rganish korxonaning ayrim uchast
kalarida va butun korxonada energiyadan foydalanishning haqiqiy
holatini ganish imkonini beradi. Energetika balansi korxona ishlash
sam aradorligi to ‘g ‘risida fikr yuritish im konini beradi. Balans
korxonani energiya iqtisod qilinishi mumkin bo‘lgan nuqta va
uchastkalari aniqlanishi kerak.
Energiya tashuvchilarning turi va miqdoriga bo g iiq holda balans
xususiy, y a’ni faqat bitta energiya tashuvchi uchun yoki umumiy,
ya’ni korxonadagi barcha energiya resurslaridan foydalaniladigan
jam i iste’mol bo‘yicha tuzilgan bo‘lishi mumkin.
Xususiy energiya balanslarini tuzishda energiya tashuvchilarini
m iqdoriy o ic h a sh jo ullarida (Dj, mDj, GDj), kilovatt-soatlarda
(kVt.s), tonna shartli yoqilg‘i (t.sh.yo.) amalga oshiriladi. Umumiy
energiya balansini tuzishda turli energiya resurslari va energiya
tashuvchilami o ‘lchash tonna shartli yoqilg‘ida amalga oshiriladi.
Sanoatda, shahar va qishloq x o ‘jaligida energiyaning asosiy
turi issiqlik va elektr energiyadir. Shuning uchun qisman energiya
balanslari - issiqlik va elektr balanslari tuziladi. Elektr balanslarini
tuzish xususiyatlarini k o ‘rib chiqamiz.
Harakatdagi korxonalar sharoitlarida energiya balanslari ayrim
agregatlar yoki ularning guruhiga, sexlar va butun korxona uchun
tuzib chiqiladi. Elektr balanslar asosida mazkur korxonada, ishlab
chiqarish bo‘linmalarida yoki energo sig‘imli agregatlarda elektr
energiyani ishlatish sifati to ‘g ‘risida obyektiv fikr yuritiladi, ishlab
chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan elektr energiya sarflarini qisqartirish
imkoniyatlari aniqlanadi, natijada elektrdan foydalanishni yaxshilash
bo'yicha tadbirlar rejalashtiriladi.
142
Elektr balansini uchta asosiy turlarga ajratishadi:
Dostları ilə paylaş: |