LCHXlar asosida korrektlovchi qurilmani qurish
Sistemaning dinamik ko‘rsatkichlarini ta’minlash uchun ketma-ket, parallel va aralash korreksiyalar qo‘llaniladi. Bu korreksiyalarning har biri o‘z kamchilik va ijobiy tomonlariga ega.
Parallel korreksiyani hisoblash tartibi:
Berilgan sistema LACHXsi LBN(ω) quriladi;
Sistemaga qo‘yilgan talablar asosida zaruriy sistema LACHXsi quriladi;
Qurilgan LACHXlarga binoan ularga mos keluvchi LFCHXlar quriladi;
Korrektlovchi qurilmaning ulanish joyi belgilanadi va qurilma parallel ulangan qismi LACHXsi chiziladi;
Parallel ulangan korrektlovchi qurilma LACHXsi topiladi
; (10)
Topilgan ga asosan eng soda korrektlovchi qurilma sxemasi tanladi.
Korrektlovchi qurilma ketma-ket ulanganda uning LACHXsi (4 va 5 punktlar o‘rniga)quyidagi formula bo‘yicha topiladi.
. (11)
Qaysi xil korreksiyani tanlash berilgan sistema xususiyatlari va unga qo‘yilgan talablarga bog‘liqdir. Ba’zan aralash korreksiya ham qo‘llaniladi.
Ko‘rsatilayotgan misol uchun korrektlovchi elementni uzatish funksiyasi bo‘lgan zvenoga parallel ulaymiz.
1-6 punktlarni bajarib va o‘zgarmas tok korrektlovchi zvenolari jadvalaridan korrektlovchi element LACHXsi va sxemasini topamiz.
. (12)
Wn(p)=
Bu korrektlovchi qurilmani ikkita korrektlovchi tipik zvenolarni, ya’ni differensiallovchi va integrallovchi zvenolarni ketma-ket ulab hosil qilish mumkin (5-rasm). Rezistorlar va kondensatorlar qiymati jadvallarda berilgan formulalar va LACHXdan topilgan quyidagi kattaliklar orqali topiladi: T1z=2,88s;T2=0,35s;T3z=0,03s;T2z=0,32s.
5-rasm. Korrektlovchi qurilmaning sxemasi.
Noma’lum tenglamalar soni tenglamalar sonidan ko‘p bo‘lgan taqdirda bazi elementlar (rezistor va kondensatorlar) parametrlari ixtiyoriy berilishi mumkin. Korrektlovchi zvenolarni o‘zaro ketma-ket ulanganda ularning kirish va chiqish qarshiliklarini moslashtirishga ahamiyat berish zarur. Buning uchun ular oralig‘iga moslovchi qurilma qo‘yiladi yoki Z1chiq« Z2kir(10-50 marta) shart bajarilishiga erishish lozim.
Agar tanlangan korrektlovchi qurilma hisoblanganidan farqqilsa, unda sxemaga ulangan korrektlovchi qurilmani hisobga olingan holda korrektlangan sxema uzatish funksiyasi topiladi. Ko‘rilayotgan misolda , shuning uchun keyingi hisoblarda ni ishlatish mumkin. Korrektlangan sistemaning struktur sxemasi (6-rasm) da berilgan.
6-rasm. Korrektlangan sistemaning struktur sxemasi
3.1.6.0’tkinchi jarayonni EHMda hisoblash
¡tkinchi jarayonni xar xil usullar yordamida hisoblash mumkin. Kurs ishida korrektlangan sistema o‘tkinchi jarayonini EHMda hisoblash uchun sistemani MatLAB amaliy dasturi orqali ifodalaymiz (6). Strukturada qiymatlarni kiritib, o‘tkinchi jaryon h(t) xarakteristikasini olamiz. O‘tkinchi jarayon grafigi 7-rasmda ko‘rsatilgan.
Grafikdan o‘tarostlash qiymati
=
ni va o‘tkinchi jarayon vaqti to‘=0.55 c ni topamiz. Korrektlangan sistemaning bu qiymatlai loyihalanayotgan sistemaga qo‘yilgan talablarni qanoatlantiradi. Aks holda zaruriy sistema LACHXsi boshqatdan qurilib, yangi korrektlovchi qurilma topilishi lozim.
7-rasm. Korrektlangan sistemaning birlik pog‘onali kirish ta’siridagi o‘tkinchi jarayoni grafigi.
Dostları ilə paylaş: |