I zubdatu-t-tavorix muhim manba sifatida


Zubdat ut-tavorix asarining yozilish tarixi va o’rganilishi, manbaviy ahamiyati



Yüklə 51,73 Kb.
səhifə4/6
tarix28.12.2023
ölçüsü51,73 Kb.
#200964
1   2   3   4   5   6
Tarix fakulteti-www.hozir.org

2.1 Zubdat ut-tavorix asarining yozilish tarixi va o’rganilishi, manbaviy ahamiyati
Asarning adabiy manba sifatidagi qimmati. Asarda ko‘plab nazm namunalari keltirilgan. “Zubdatu-t-tavorix”dagi she’riy janrlarni quyidagicha tasnif etish mumkin: qasidalar (6ta), masnaviylar (70ta), g‘azallar (4ta), ruboiylar (7ta), qit’alar (10ta), ta’rixlar (4ta), fardlar (6ta). Bundan tashqari, “nazm” sarlavhasida 16ta she’r berilgan. Fardlar esa “bayt” sarlavhasi bilan kitobat etilgan. “Zubdatu-t-tavorix”dagi she’rlar jami 1176 bayt (2352 misra)ni tashkil etadi. Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy “Fununu-l-balog‘a” asarida yozishicha, she’r o‘n qismga bo‘linadi. “Bilgilkim, — deb yozadi olim, — majmuyi shuaro istilohinda she’rning aqsomi, ulkim mo‘tabardur, o‘n nav’ kelibtur: qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy, masnaviy, tarji’, musammat, mustazod, mutavval, fard” [Taroziy 1996, Xonning mazkur to‘rt fazilatini tavsiflash barobarida, Ogahiy mamduhning ilm-u fazilat bobida kamolga erishganini, “har fan ichra davron aro mumtoz-u mustasno” darajasiga erishganini quyidagicha ta’riflaydi:
Kamoli borcha ilm-u fazl aro ul yerga yetmishdur,
Ki har fan ichradur davron aro mumtoz-u mustasno 1 Rahimqulixonning Xiva taxtiga kelishi tasodifiy emasligi, uning ajdodlari “xorazmshohlik niginin angushti iqtidorlarida tutub kelgan”i ham qasidada alohida zikr etilgan: “Na tanho dahr favqida hasab birla nasabda ham, Sarosar xon-u xoqondur anga ajdod ila obo”.
Zubdatu-t-tavorix”da ta’rix janriga oid to‘rtta she’r berilgan bo‘lib, an’anaga ko‘ra barchasi fors-tojik tilida. Ta’rixga doir nazariy adabiyotlarda ta’kidlanganidek, bu janr namunalari ikki usulda yoziladi: sarih va ta’miya. “Sarih” — ochiq, ravshan mazmunini bildirib, bu usulda bitilgan ta’rixlarda ko‘zda tutilgan sana ochiq ifoda qilinadi. “Ta’miya” istilohi esa arabcha “a’mo” so‘zidan olingan bo‘lib, “berkitilgan, yashirilgan” demakdir. Asarda turli munosabat bilan keltirilgan to‘rtala ta’rix ta’miya usulida ijod etilgan.
Ta’rixlardan dastlabkisi Xiva hukmdori Ollohqulixon farmoniga ko‘ra shahzoda Rahimqulixonning harbiy yurishga otlanishi munosabati bilan yozilgan. Ushbu janrning betakror namunasi bo‘lgan bu ta’rix Ogahiyning she’riyatdagi martabasi nechog‘lik baland bo‘lganiga yana bir dalildir. Ta’rixning ko‘zda tutilgan sana berkitilgan so‘nggi misralari quyidagicha:
Soli ta’rixi in azimatro,
Ogahiy just on xo‘jastashiyam.
Vey chu bigzashta az sari ihmol,
Azmi nusrat nishon namud raqam.
Asarda muallif ta’rix matnidan so‘ng keltirgan “Chun bu ta’rix adadi bir ziyoda erdi, ta’miya ilmi bilan isqot qilildi, ondoqkim, “Zi sari adab guzashta” iboratidin ma’lum bo‘lur” izohiga ko‘ra hamda “adab”ning “sari” — bosh harfi “alif” 1ga teng ekanligi hisobga olinsa, ishoraga binoan 1259 dan 1ni ayirish kerak bo‘ladi. Natijada Ollohqulixonning vafoti va Rahimqulixonning xorazmshohlik taxtiga o‘tirgan sana kelib chiqadi. Bu hijriy 1258, milodiy 1842/1843 yillardir. Ilmi bade’ ustozi Atoulloh Husayniy “Ta’rixning husni lafzning muvofiqligi bila bo‘lur”, degani e’tiborga olinsa, aynan dunyodan ketish ma’nosidagi “rafta” so‘zining qo‘llanishi Ogahiy ta’rixining janr talabiga har jihatdan muvofiq ekanini ko‘rsatadi.
“Zubdatu-t-tavorix”, ta’kidlanganidek, yuksak badiiy mahorat bilan yozilgan. Asardagi voqea-hodisalar tasviri xoh nasrda, xoh nazmda bo‘lsin, muallifning nuktadonligi, yuksak fasohat sohibi ekanligi yaqqol seziladi. Asarda sifatlash, istiora, tashbih, mubolag‘a, perifraza, takror singari badiiy tasvir vositalaridan mahorat bilan foydalanilgani, sajning deyarli barcha mashhur turlaridan (saj’i mutarraf, saj’i mutavozin, saj’i mutavoziy) istifoda etilgani ham buning isbotidir. Ogahiyning nasrda saj’ qo‘llash mahoratini quyidagi birgina misol tahlilida yaqqol ko‘rish mymkin: “Ziyofat lavozimining intihosi va aklu shurb marosimining inqizosidin so‘ng hazrat xon mag‘fur va hazrat zillullohiy savlati tamom va umaroyi sohib ehtirom bila otlanib, otchopar tamoshosig‘a chiqtilar va qir ustida devnajod va sarsarnihod otlarni yorishturub, rustamquvvat va filhaybat pahlavonlarni kurash tutdurub, oti o‘tgan sayislarni va harifin yiqitgan pahlavonlarni bayroq va jaldu uchun xazinayi ehsondin nuqudi farovon in’om qilub, dunyodin mustag‘niy etdilar”. Ushbu iqtibosda yetti saj’lanuvchi qism majud: lavozim — marosim, intiho — inqizo, tamom — sohibehtirom, devnajod — sarsarnihod, rustamquvvat — filhaybat, ehson — farovon, chiqdilar — etdilar. Ularning birinchi va ikkinchi saj’lanuvchilari mutavoziy (ham vazn, ham qofiyada moslashuvchi); uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchisi mutarraf (vaznda moslashmagan), yettinchisi esa mutavozindir (vaznda mos, qofiyada moslashmagan).
Saj’ hosil qiluvchi so‘zlar “fosila” deb ataladi. Har bir fosila o‘zidan oldingi so‘zlar birikmasi bilan saj’ning bir bo‘lagini tashkil qiladi va “qarina” deb yuritiladi. Ogahiy nasrida saj’ning yuqorida bayon etilgan barcha shakliy sifatlarini ko‘rish bilan birga, saj’lanuvchilarning o‘ziga xos joylashuv o‘rnini ham kuzatish mumkin. Yuqoridagi jumlada lavozimi fosilasidan oldingi qarina bir so‘zdan iborat bo‘lsa, unga saj’lanuvchi marosimi fosilasidan oldin to‘rt so‘z qo‘llangan. Ba’zi saj’doshlar orasida esa qarina majud emas. Umuman, Ogahiy nasrida qo‘llangan saj’ ko‘p jihati bilan mumtoz she’riyatga xos tarse’ san’atini eslatadi.
“Zubdatu-t-tavorix”da tabiat tasviri bilan jamiyatdagi voqyelik o‘zaro uyg‘un va mutanosib tasvirlanadi. Jumladan, Ogahiy birgina quyosh chiqish holatini asarning turli o‘rinlarida turlicha, har safar bayon etilayotgan hodisaga muvofiq tarzda ifoda etadi. Masalan, bir joyda quyosh chiqish holatini “...oftobi jahontobning shahsuvori tezraftori mashriq marhalasidan chiqib, falak maydonining qat’ig‘a javlon ko‘rguzdi” tarzida tasvirlasa, boshqa bir o‘rinda “quyosh xoqoni mashriq shabistonidin chiqib, falak maydonig‘a nur yakronin surdi” shaklida, yana bir holatda esa “xurshidi jahontob jamshidi mashriq ishratxonasidin chiqib, falak saydgohi sori ravona bo‘ldi” deya, har bir o‘rinda “quyosh” so‘ziga hikoya qilinmoqchi bo‘lgan voqeaga mos, tamoman yangicha, ohorli ma’no yuklaydi. Binobarin, birinchi tasvirda Rahimqulixonning harbiy yurishga otlangani to‘g‘risida so‘zlanib, quyoshning chiqish holati ham falak maydonining qat’iga javlon ko‘rguzdi tarzida shunga uyg‘unlik kasb etadi. Ikkinchi tasvir quyosh xoqoni mashriq shabistonidin chiqib, falak maydonig‘a nur yakronin surdi shaklida xon lashkarining fasod ahli ustiga yurish qilishi holatiga mutanosib bo‘lsa, uchinchi tasvir xonning o‘z a’yonlari bilan ovga jo‘nayotgan holatiga mos (xurshidi jahontob jamshidi mashriq ishratxonasidin chiqib, falak saydgohi sori ravona bo‘ldi). shu birgina misolning o‘ziyoq ko‘rsatib turibdiki, asarda tabiat tasviri bilan voqealar mohiyati ajib bir uyg‘unlik kasb etgan va bu mutanosiblik ifodaning jozibadorligini, ta’sirchanligini oshirgan.
Asarning yana muhim bir jihati shundaki, undan Ogahiyning ayrim she’rlari yozilishi tarixi ham bayon etilgan. Jumladan, Ilmiy tahlil natijalari, jumladan, asardagi nasriy matnning saj’ asosiga qurilgani, umumsujetdan g‘azal, qasida, masnaviy, ruboiy, qit’a, ta’rix, fard singari janrlarga mansub she’rlar o‘rin olgani, aksar nazm namunalarining yozilish tarixiga doir qimmatli ma’lumotlar berilgani kabi xususiyatlar “Zubdatu-t-tavorix”ning adabiy qimmati baland ekanini ko‘rsatadi.

Yüklə 51,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin