1.2 Asarning xorijiy tadqiqotchilar tomonidan tadqiq etilish “Zubdatu-ttavorix” nafaqat adabiy manba, asardan Markaziy Osiyo geografiyasi, toponimiyasi haqida ham qimmatli ma’lumotlarni olish mumkin. Masalan, Kesik deb nomlangan joy haqida ijodkor bunday yozadi: Kesik bir shu’baedurur, daryoi Jayhun shu’batidinkim, ko‘hna Kotning sharqiy jonibidan daryodin ayrilib, g‘arbiga o‘tgandin so‘ng yana daryog‘a quyor va andin ko‘b mazraalar suv ichadurur Hazrat Vays ul-Qaraniy va Shayx Jalil ota kabi avliyoullohlarning qadamgohlari bo‘lgan Bodoy beshasi haqida Ogahiy quyidagicha ma’lumot beradi: Bodoy bir beshaedururki, bag‘oyat qalin va ziyoda vasi’durur. Hazrati qutbu-l-aqtob, afzalu-l-as’hob, zubdatu-l-komilin, umdatu-l-vosilin Vaysu-l-Qaraniy roziyallohu anhu va hazrati haqiqatpanoh, hidoyatdastgoh Shayx Jalil ota qaddasa sirrahuning qadamgohlari dog‘i tog‘ bila daryo o‘rtasida voqi’durur va kun chiqari Uyg‘ur yeri va Andriy Chungulig‘a yovuqdurur va kun botari haddi Qisnoqdurur. Adibning so‘zlaridan ma’lum bo‘ladiki, asarda endi boshqa bir manzil — Qisnoq haqida so‘z yuritiladi: Qisnoq andoq yerdururkim, hazrat Shayx Jalil tog‘i bila daryo yondashib, oralig‘ida bir tor so‘qmoq qolibdurur va suv tug‘yon qilg‘on vaqtlarda ondin mashaqqati tamom va su’ubati molokalom bila murur qilurlar. Bu jihatdin ul mavzeni Qisnoq derlar... Onda shikori anvo‘iy va sibo‘i asnofiy ko‘b bo‘lur 1 Ma’lum bo‘ladiki, Ogahiy bu joyning toponimiyasi — nima uchun Qisnoq deb atalishi haqida ham qimmatli ma’lumotni keltirgan. Ov uchun juda qulay bo‘lgan, go‘zal tabiatli bu manzil muarrix-shoir ruhiyatiga kuchli ta’sir qiladi. Quyidagi masnaviyning ijod etilishi ana shu ta’sirlanish samarasi, deyish mumkin: Muhammad Rizo Ogahiyning “Zubdatu-t-tavorix” asari tadqiqiga bag‘ishlangan. “Zubdatut-tavorix”ning Rossiya FA Sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg bo‘limida, S.Shedrin nomidagi Davlat xalq kutubxonasida, O‘zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan besh qo‘lyozma nusxasi qiyosiy tahlil etilib, manbashunoslik nuqtayi nazaridan O‘zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida saqlanayotgan 821 raqamli manba asar qo‘lyozmalarining nisbatan mukammali ekanligi aniqlangan. Asarda keltirilgan she’rlar tahlili ham “Zubdatu-t-tavorix”ning adabiy manba ekanligini dalillashga xizmat qilgan. Jumladan, asarda qasida (6ta), masnaviy (70ta), g‘azal (4ta), ruboiy (7ta), qit’a (10ta), ta’rix (4ta), fard (6ta) singari o‘nga yaqin she’riy janr namunalari keltirilgani, she’rlar jami 1176 bayt (2352 misra)ni tashkil etishi aniqlangan. Ulardan eng ahamiyatlilari tahlil etilgan.
“Zubdatu-t-tavorix”da muallifning badiiy mahorati masalasi qasida va tarixlar tahlili asosida ko‘rsatilgan. Mazkur she’riy janrlar namunalari, ularning poetikasi va vazn xususiyatlari tahlilida Shayx Ahmad Taroziyning “Fununu-l-balog‘a” asaridagi nazariy fikrlarga tayanilgan. O‘zbek badiiy-tarixiy nasri taraqqiyot bosqichlarini Ogahiyning “Shohidu-l-iqbol” asari misolida o‘rgangan manbashunos Nafas Shodmonov jahon adabiyotida tarixiy nasr mualliflari badiiy adabiyot rivojida sezilarli ijobiy rol o‘ynagani, yevropa adabiyotshunosligida antik tarixnavislik zamonaviy nasr uchun katta salmoqqa ega sujetlar, badiiy ishlangan obrazlar taqdim etish bilan birga uslubiy maktab rolini o‘tagani haqida yozib, yunon tarixnavisi Plutarx, ingliz xronistlari R.Xolinshed, G.Xoll kabilarning merosi Shekspir, Russo va boshqa ko‘plab adiblar ijodiga katta ta’sir o‘tkazganini misol tariqasida keltiradi. Xitoy adibi Sim Syanning “Tarixiy bitiklar” (“Shi szi”), “Umr daftari” (“Lechjuan”) kabi asarlari tarixnavislikninggina emas, balki kelajak adabiy nasrining taraqqiyoti tamoyillarini belgilashga xizmat qilgani, At-Tabariy va Ibn Xaldun merosi arab va ajam tarixnavislari uchun namuna bo‘lganini ta’kidlaydi
Shu paytga qadar, asosan, tarixiy asarlar sifatida baholab kelingan Ogahiy badiiy-tarixiy nasrini maxsus o‘rgangan akademik V.Abdullayev bu asarlarni “tarixiy-badiiy proza” namunalari deb atasa, G‘ulom Karimov va Subutoy Dolimov ularning “badiiy-tarixiy asar tarzida qimmatli” ekanligini ta’kidlaydilar. Professor Najmiddin Komilov esa Ogahiyning tarjima asarlari tahlili misolida milliy adabiyotimiz tarixida yaratilgan “qissa hikoyalar asosida Komilov 90-yillarda e’tibor qaratadi. Binobarin, Ogahiyning tarixiy mavzudagi barcha nasriy asarlari, jumladan, tadqiqotimiz manbasi bo‘lgan “Zubdatu-t-tavorix” (“Tarixlar sarasi”) ham birinchi navbatda badiiy, undan keyingina tarixiy asar hisoblanadi. Muhim tarixiy ma’lumotlar berilgan bo‘lishiga qaramay, uslubi, janr xususiyatlari, ifoda tarzi va boshqa belgilariga ko‘ra “Zubdatu-t-tavorix”ni ham, Ogahiy badiiy-tarixiy nasrining boshqa namunalarini ham tarixiy-ilmiy asarlar sifatida baholab bo‘lmaydi. Bu asarlarni adabiy manba sifatida o‘rganish esa adabiyotshunoslik hamda uning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan manbashunoslik va matnshunoslik uchun muhim ilmiy-nazariy xulosalar beradi. Ogahiy badiiy-tarixiy asarlari haqida amerikalik1964-yilda Allworth, 1927-yilda rossiyalik Bartold; 1948-yilda Tolstov, 1951-yilda Borovkov kabi mutaxassislar, shuningdek, o‘zbek olimlarining 1959-yilda G‘ulomov va Yo‘ldoshev; 1969-yilda, 1995-yilda Munirov Jumaxo‘ja va Adizova, 2000-yilda Sultonova, 2009-yilda Shodmonov, tadqiqotlari e’lon qilingan. Biroq asar haqida maxsus tadqiqotlar yaratish dolzarb bo‘lib qolmoqda. XXasrning 70-yillari oxirida G‘ulom Karimov va Subutoy Dolimov sa’y-harakatlari bilan Ogahiy asarlarining olti jildligi nashr etildi. Badiiy-tarixiy asarlari jamlangan beshinchi jildda “Zubdatu-t-tavorix”dan” sarlavhasi ostida asardan kichik bir parcha e’lon qilindi Biroq Rahimqulixon saltanati davriga bag‘ishlangan bu asarning ilmiy izohlar bilan ta’minlangan to‘liq matnini chop etish imkoni bo‘lgan emas. Tabiiyki, o‘sha kezlari asarning mukammal nashrini amalga oshirish to‘g‘risida orzu ham qilib bo‘lmas edi. Chunki badiiy-tarixiy nasrning bu yuksak namunasi mohiyatan o‘sha davrdagi hukmron mafkura siyosatiga, uning tutumiga tamomila zid edi. Unda tarixiy voqelik betakror badiiyat bilan tasvirlangan, hukmdor ajdodlarimizning “bosqinchiligi” emas, fazilatlari xususida bahs yuritilgan edi. Uzoq muddat “Zubdatu-t-tavorix” tadqiqotchilar nazaridan chetda qolib keldi. O‘tmish adabiy-tarixiy merosni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham kuchaygan bugungi kunda zamondoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodni mazkur asarning asl mohiyatidan xabardor qilish zaruriyati tufayli 2009-yili asarning ilmiy izohlar bilan ta’minlangan nisbatan mukammal nashri amalga oshirildi