Iat fani, sinf



Yüklə 39,38 Kb.
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü39,38 Kb.
#174912
1   2   3   4
5-sinf 9-dars shablon na\'muna

Darsning asosiy qismi

O‘qituvchi: Hamma o‘quvchilar uchun ko‘nikmalarni sinab ko‘rish mashqi orqali oʻrgangan bilim va ko‘nikmalari yuzasidan o‘rtaga savol tashlaydi va kompyuterda bajarishlarini aytadi.
O‘qituvchi: Hujjatlarni saqlash nima uchun kerak? Kelilar tayyorlagan hujjatlarimizni saqlashni bajaramiz.
O‘qituvchi: Yangi “Mening oilam” nomli hujjat yarating, ichiga o‘zingizni oilangiz haqida matn kiriting. Hujjatingizga kerakli matnni kiriting, asosiy jumlani turli hil ko‘rinishda o‘lchamini va rangini o‘zgartiring. Barcha mashaqqatli ishingizni yakunlaganingizdan so‘ng, saqlashingiz mumkin bo‘ladi.
O‘quvchilar: Matn kiritishadi va ichidagi o‘zgartirishlarni amalga oshiradi.
O‘qituvchi: Juda yaxshi, endi mashaqqatli mashg‘ulotingizni saqlash uchun ekranning yuqori chap burchagidagi Save tugmasidan foydalaniladi. Yodingizda tuting ushbu hujjatdan kelgusida yana foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.
O‘quvchilar:Topshiriqni bajarib bo‘lishgach, qolgan o‘quvchilar tayyorlagan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadilar. O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lgan holda bir birlarini hujjatlarini kamchiliklarini tahrir qilishni va yangi nom bilan saqlashni bajarishadi.
O‘qituvchi: Tayyor bo‘lgan hujjatingizni qog’ozga chop eting va do‘stlaringiz bilan ulashing. Yordam sifatida 5-sinf Informatika va axborot texnologiyalari darsligining 16-betga yuzlanishini mumkinligini aytadi.
Oʻqituvchi: shriftlarning o‘lchami nima uchun muhim hisoblanadi?
O‘qituvchi: Kichik sinfdagi o‘quvchilarga siz qanday shrift o‘lchamini taklif etasizlar? Katta sinflargachi? Qaysi rangdagi shriftlar sizga yoqadi?
O‘quvchilar: O‘z fikrlarini bildirishadi.
O‘qituvchi:Faylni saqlash nima uchun muhimligini kim aytib bera oladi?
O‘quvchilar: turli xil ko‘rinishda javoblari bilan faol qatnashadi.
O‘qituvchi: Fayl ochilganda operativ xotiradan joy oladi, saqlanganda esa doimiy xotira — qattiq diskdan joy oladi. Fayl ochiq turgan holatida kompyuter o‘chirilsa, fayl ham o‘chib ketadi. Shuning uchun uni diskka saqlash kerak. Saqlangan fayl ochilganda diskdan qayta operativ xotiraga yuklanadi va foydalanuvchiga uning ustida ishlash imkoniyatini beradi.

Yüklə 39,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin