6
allomalarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi ulkandir. Jumladan,
Mirzo Ulug‘bek qoldirgan meros xalqingizning jahon ahliga bebaho in’omi, deyish
mumkin. Uning ko‘plab ilmiy risolalari, siyosat va iqtisodiyot sohasidagi faoliyati,
ilmiy va ma’rifiy merosi bugungi avlod uchun ham katta saboq bo‘lib xizmat
qilmoqda. Allomaning jahon ilm-fani, ayniqsa, astronimay rivojiga qo‘shgan
hissasi beqiyosdir.
Chet tilini o‘qitishda asosan 4 ta metod mavjud bo‘lib, ular tarixan ushbu 4
toifaga bo‘lingan. Bularga qiyosiy, aralash, tarjima to‘g‘ri metodlar kiradi. Ushbu
bitiruv malakaviy ishini yozish davomida eng ko‘p qiyosiy metoddan foydalanildi.
Yapon tili grammatikasini o‘zimizning ona tilimiz bilan qiyoslagan holda o‘rganib
chiqdik. Qiyosiy metod ko‘pchilik tan olgan va o‘qitishda foydalanadigan
metodlardan biri hisoblanadi. Tarjima metodi samarali metodlardan bo‘lib, ayniqsa
chet tili o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Chunki biror bir chet tilini o‘z ona tiliga
tarjima qilgan holda o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: