Aralash son
30
Butun son bilan kasr son birgalikda ishlatilsa, aralash son deb ataladi: bir
yarim, ikki butun o‘ndan uch. Butun, kasr, aralash sonlari ajratib yoziladi: bir
yarim kilogramm.
Yapon tilida aralash son uchun maxsus“ て ん ” qo‘shimchasi ishlatiladi.
Agar aralash son yapon tili kanjisida emas, arab raqamlari bilan yozilsa unda
vozilishda (,) vergul qo‘yilib chapdan o‘nga qarab o‘qiladi.
Yapon tilida aralash sonning ifodalanishi 一点五(いつてんご)-bir butun
o‘ndan besh. Arab uslida yozilgan aralash son; 1,5- bir butun o‘ndan besh. Agar
raqamlardan, verguldan oldin nolar bo‘lsa, ya’ni 50,4 xuddi g‘arbda ifodalangani
kabi pozitsion sistemada yoziladi. Shunday yozilsa-da yapon yozuv sistemasidagi
risoladagidek o‘qiladi.
50,04=五十 ,0 (ごじゆうてんれいよん )ellik butun yuzdan nol to‘rt
50,01=五十 ,0 (ごじゆうてんれいいち)Ellik butun yuzda nol bir.
Qadimgi o‘zbek tilida tuman ( o‘n ming), lak (yuz ming) sonlari bo‘lgan.
Yapon tilida ham rim raqam, arab raqamlari o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib,
yapon sanoq sistemasi juda keng qamrovli qo‘llaniladi. Ammo kundalik hayotda
ishlatiladigan son tizimi bu arab raqamlaridir. Yapon sanoq sistemasi yuqorida
qayd qilingandek xitoy tilidan olingan. Xitoy iyerogiliflari dastlab rasmlardan
iborat bo‘lgan. Bu esa son so‘z turkumiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmagan.
Hozirgi kunga qadar o‘sha rasmli iyerogiliflar takomillashib, ma’lum ma’no
anglatuvchi belgilar sirasiga kirib, xitoy kundalik hayotida juda keng
qo‘llaniladi. Bu esa albatta yapon va koreys tili tilshunosligiga katta ta’sir
o‘tkazadi. Yapon xitoy sanog‘i tayoqchalar ko‘rinishida jamlangan bo‘lib, o‘zining
qonun qoidasi bo‘yicha takrorlanmas ko‘rinishga ega. Yapon sanog‘ini yaponcha
variantda yozish o‘z qonun qoidasini talab qiladi. Ularni qonun qoida bilan yozish
o‘rganuvchilar uchun biroz qiyinchilik tug‘diradi. Quyidagi misollarda yapon
sanog‘ining yozilish qoidasi bilan tanishamiz.
Masalan, sanoq sonni ifodalovchi いち o'ngdan chapga qarab yoziladi. Son
nafaqat tilshunoslik olamiga tegishli bo‘lib qolmasdan, balki matematika olamiga
31
ham tegishli ekanligi barchamizga ma’lum. Matematika olamida sondan
hisoblashda foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |