Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/22
tarix01.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#60259
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar

Karrali sonlar 
Karra sonlar so‘z yasovchi suffikslar yordamida hosil qilinadi, ulardan 
asosiylari quyida keltirib o‘tamiz: 
1. 
“-dan” so‘z yasovchi suffiksi yapon sanoq va qo‘shma sonlari 
bilan birga quyidagi konstruksiyalarni hosil qiladi: 
りんごを二つずつください。- Ikkitadan olma tarqatib chiqing! 
2. 
倍(ばい)so‘zi mustaqil ravishda qo‘llanilganda “ ikki marta ”


26 
“ ikki barobar ” ma’nosiga ega bo‘ladi. 
ねだんをにばいふえる----Narxni ikki barobar oshirish 
Xuddi shu so‘zning o‘zi sondan ketin “marta ko‘p” ma’nosiga ega bo‘ladi: 
三倍 (san bai) uch marta 
学生のすうはさんばいおおくなりました。 
Talabalar soni uch marta ko‘paydi. 
SON-OLMOSHLAR 
Son-olmoshlar so‘roq va noaniq sanoq son-olmoshlariga bo‘linadi. Ikkita 
soda so‘roq sonlar: い く つ “ nechta (predmet)”, い く ら “ qancha, qanday 
miqdorda” va quyidagi chizma bo‘yicha hosil bo‘ladigan anchagina miqdorda 
qo‘shma xitoy so‘roq sonlari mavjud: 
何(何)幾(いく)+ sanoq suffiksi Masalan: 
くるまはなんだいありますか。- Nechta mashina bor? 
Tartib sonlar uchun: 
So‘roq son+tartib son old qo‘shimchasi yoki suffiks: 
いくつめ tartib bo‘yicha qaysi? 
Noaniq sanoq sonlar so‘roq olmoshlariga か suffiksini qo‘shib hosil qilinadi: 
いくつ nechta (predmet) 
いくにん qancha odam
いくつか bir nechta (predmet)
いくにんか bir qancha odam 
 
 


27 
II BOB. YAPON VA O‘ZBEK TILLARIDA MIQDOR
SONNING O‘RNI VA AHAMIYATI 
2.1. Sonlarning tuzilishi 
Yuqorida son so‘z turkumi haqida uning tarixi, ma’no turlari ularning o‘zaro 
ikki tilda umumiy va xususiy jihatlari yaqqol o‘rganildi. Tuzilishi jihatdan ham 
o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qildik. 
Sonlar tuzilishiga ko‘ra quyidagi to'rt guruhga bo‘linadi. 
1) 
sodda son  bir o‘zakdan iborat bo‘ladi: bir, uch. 
2) 
qo‘shma 
― sonlar ikki yoki undan ortiq sonlarning birga yozilishidan 
hosil bo‘ladi: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. 
3) 
juft son 
― ikkita turli o‘zakning juftlashishidan tuziladi: besh-olti
o‘nbesh-o‘n olti. 
4) 
takror sonlar 
― bir o‘zakning takrorlanishidan tuziladi: ikki-ikki, to‘rtta - 
to‘rtta, o‘nta-o‘nta. 
Juft va takroriy sonlar chiziqcha bilan yoziladi. Tilchi olimlar sakson va 
to‘qson sonlarining sakkiz va o‘n, to‘qqiz va o‘n sonlaridan tuzilganligini 
aniqlaganlar. 
Yapon tilida ham miqdorni anglatib turuvchi sonlar xuddi o‘zbek tili kabi 
tuzilishga ega bo‘lib, bir qancha uzoq tarixiy davrlarni o‘z ichiga oladi. Yapon 
tilining o‘z sanoq sistemasi mavjud bo‘lib, fonetik jihatdan o‘z milliyligini 
saqlagan holda kelmoqda, ammo yozilishi jihatdan xitoy iyerogiliflari orqali va 
hiragana alifbosida yoziladi. Chet tilidan o‘zlashgan so‘zlar ( 外 来 言 吾 ) 
katakanada yoziladi. Yapon tili nafaqat xitoy tili ta'sirida balki boshqa Yevropa 
mamlakatlar tili ostida rivojlangan. 
Masalan, yapon tilida nol degan so‘z aslidaれい so‘zi bilan ifodalanadi. Nol 
soni qadimgi yapon tilida まる debham atalgan.まる o‘zbek tilida “aylana” degan 
ma’noni bildiradi. Hozirgi yapon zamonaviy hayotida,ゼロ deb ataluvchi o‘zbek 
tilida nol ma’nosiga teng atama ingliz tilidan kirib kelgan va ommalashgan. ま
る ,れい nol ma’nosini beruvchi so‘zlar esa o‘z ahamiyatini yo‘qotib,tarixiy 


28 
so‘zlar sirasiga kirib ulgurgan. Yapon tilida ham sonlar tuzulishi jihatidan sodda, 
qo‘shma, juft, takror kabi guruhlarga bo‘linadi. Sodda son xuddi o‘zbek tilidagi 
sonlar kabi bitta o‘zakdan tashkil topadi. Masalan, いち、に、さん、し、ご、
ろく、しち、なな、はち 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin