1. Ona tili darslarida matn ustida ishlash usullari Matn asosida bajariladigan talaffuz, lug’at, imlo mashqlari Matn asosida bajariladigan talaffuz mashqlari bevosita o’quv matni imkoniyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi. Bu yerda so’zlar so’z shakllari holatida kuzatish uchun qulay bir vaziyatda bo’ladi. Matnni o’qituvchi o’qib beradi, o’quvchilar o’qiydilar, kitobdan kuzatib boradilar, matnni tadqiq etadilar, matn yuzasidan savollarga javob qaytaradilar, mazmunini qayta so’zlab beradilar, lug’at ishini bajaradilar, ko’rsatilgan so’zlarni ona tiliga tarjima qiladilar, ularni ona tilidagi so’zlarga taqqoslaydilar, ayrim so’zlarning tovush-harf tarkibini aniqlaydilar, qaysi harf-tovushlar hisobiga farqlanayotganini izohlaydilar, so’zlarni bo’g’inlarga ajratadilar, siionimlari, antonimlari, omonimlarini topadilar, o’z yoki ko’chma ma’noda ekanligini aytadilar va hokazo.
Talaffuz mashqlari yangi so’zlar ustida ishlash, matnni o’qish, savollar asosida suhbatlashish, matn mazmunini qayta hikoya qilish kabi ish turlari bilan bog’liq darsning barcha bosqichlarida davom etadi, bir zumga bo’lsa-da, to’xtatilmaydi.
Ba’zan matndai ayrim so’zlarni ajratib, ulardagi bir unlini boshqasi bilan almashtirib aytish talab etiladigan mashq ham o’tkazish foydalidir. Ushbu mashqning ahamiyati shundaki, o’quvchilar so’zlarning tovush-harf tarkibida qisman o’zgarishga yo’l qo’yish so’zni o’zgartirib yuborishini bilib oladilar.
Ta’lim boshqa tilda olib boriladigan maktablarning o’zbek tili darslarida o’quvchilarning o’zbekcha nutqini o’stirishda matnlarda ishlatilgan leksik va grammatik materiallarni tushunish, talaffuzi va imlosini o’rganish, nutqda qo’llash malakalarini egallash ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ishlarda o’quvchilarning ona tiliga ma’lum darajada tayaniladi. Demak, ta’limiy ishlar ham matn atrofida tashkil etiladi. Xususan, leksik mageriallar ustida ana shu yo’nalishda ish olib boriladi.
Matn bilan bog’liq ravishda amalga oshiriladigan, o’zbekcha so’zlarni boshqa tilga qiyoslash asosida bajariladigan quyidagi lug’at ishlarini (leksik mashqlarni) ajratish va ulardan foydalanish mumkin: