Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


NUTQ USLUBLARI USTIDA ISHLASH METODIKASI: NUTQ USLUBLARINI O‘QITISH ORQALI O‘QUVCHILARDA MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI



Yüklə 303,13 Kb.
səhifə53/93
tarix31.01.2023
ölçüsü303,13 Kb.
#81886
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93
1-Mavzu ma\'ruza

2. NUTQ USLUBLARI USTIDA ISHLASH METODIKASI: NUTQ USLUBLARINI O‘QITISH ORQALI O‘QUVCHILARDA MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Nutq uslublarining har biri alohida-alohida tizimni tashkil qiladi. Bu jihat aloqa-aralashuv quroli bo‘lgan tilning ijtimoiy tabiatidan kelib chiqadi. To‘g'ri, tilning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug'at tarkibining har biri ham alohida bir tizimni, tilning o‘zi esa yaxlit holda butun bir tizimni tashkil etadi. Tilning vazifaviy uslublari mana shu fonetik, leksik va grammatik tizimlarga xos barcha vositalarning ma'lum kommunikativ maqsadga ko‘ra uyushishi tufayli vujudga keladi. Demak, nutq uslublari tilning vazifasi bilan bevosita bog'liq ekan. Shu bois ular vazifaviy uslublar deb yuritiladi. Tilda uslubiy hodisalar kommunikativ vazifasi va umumiy uslubiy bo‘yog‘'iga ko‘ra o‘zaro aloqador tizimni tashkil qiladi.


O‘quvchilarni ish qog‘ozlaridan to‘g`ri foydalana olishlariga o‘rgatish-hayotiy zaruriyatdir. Zero, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi qonunning “O‘zbekistonda muassasa, korxona, tashkilot birlashmalarda ish respublika davlat tilida yuritiladi”, - deb qayd qilinadi.
Ish qog`ozlaridan foydalanishga o‘rgatish til sathlarini o‘qitish bilan chambarchas aloqadorlikda amalga oshiriladi. Ona tilining deyarli barcha bo‘limlarini o‘qitishda o‘quvchilar hujjatlarning u yoki bu turi bilan tanishadilar, uni yozishni o‘rganadilar. Chunonchi, “Fonetika” bo‘limini o‘rganishda manzilgohni yozish, telegramma matni ustida ishlash, ariza yozish kabilar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, “So‘zshunoslik”da e`lon taklifnoma, dalolatnoma, tavsiyanoma yozish, “Morfologiya”da tarjimai hol, majlis bayoni, bildirishnoma, tilxat, ishonchnoma, ma`lumotnoma kabilar ustida ishlash ko‘zda tutiladi. “Sintaksis”ni o‘rganishda buyruq, farmoyish, yo‘riqnoma, shartnoma, hisobot kabilar bilan tanishadilar.
Ona tili mashg`ulotlarida ish qog`ozlaridan foydalanishni samarali tashkil etish uchun avvalo shu hujjatning murakkablik darajasi hisobga olinadi. 5-6-sinflarda asosan, sodda hujjatlar (bir muammoni o‘z ichiga olgan hujjatlar) ustida ish olib borilsa, keyinchalik murakkab hujjatlar (ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga olgan hujjatlar) ustida ish olib boriladi.
Ayrim ish qog`ozlari hatto ikki bosqichda o‘rganiladi. Birinchi bosqichda (5-6-sinflarda) ayni bir hujjatning sodda shakllari o‘rganilsa, keyingi bosqichda (7-9-sinflarda) uning murakkab shakllari o‘rganiladi. Masalan, ariza, ma`lumotnoma kabi ish qog`ozlarining ham sodda, ham murakkab ko‘rinishlari mavjud. O‘quvchilar uning sodda ko‘rinishi bilan quyi sinflarda tanishsalar, murakkab ko‘rinishlari yuqori sinqlarda o‘rganiladi. Hujjatda fikrni bayon qilish shakli o‘ziga xosdir. Ularning ko‘pi (mas., ma`lumotnoma, dalolatnoma kabi) muayyan bir qolpga ega bo‘lib, erkin fikr yuritishni talab etmaydi. Lekin shunday hujjatlar ham borki, (mas, tarjimai hol, qaror, shartnoma kabi) ularda ma`lum darajada erkin fikr yuritiladi. Ish qog`ozlari matniga bir qator talablar qo‘yiladi. Avvalo, hujjatlar matni boshqa ijodiy yozma ish matnlari singari imloviy, ishoraviy va uslubiy jihatdan to‘g`ri bo‘lishi kerak.
Hujjatlar matniga qo‘yiladigan muhim talablardan biri xolislikdir. Unda bayon qilinayotgan mazmunga o‘quvchi (muallif) hech qanday munosabat bildirmaydi, balki axborotni xolis aks ettiradi. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Rasmiy ish usulida kichraytirish, erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki – tantanavor so‘zlar, iste`mol doirasi chegarlangan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag`a singari badiiy tasvir vositalaridan foydalanilmaydi.
Shubhasiz, hujjat matni mazmunan aniq, ixcham, lo‘nda va to‘liq bo‘lishi shart.
O‘quvchilar hujjatlar matnida asosan, turg`unlashgan, rasmiy qabul qilingan so‘z va so‘z birikmalari (mas., berildi, bajarilsin, tayinlansin, eshittirildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi kabilar)dan foydalanish lozimligini bilishlari kerak.
Ish qog`ozlari asosan uch qismdan iborat bo‘ladi:
a) kirish;
b) asosiy qism;
v) yakun.
O‘quvchilarni ish qog`izini yozishga o‘rgatish shu ish qog`ozining mufassal rejasi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Masalan: “Tarjimai hol”ning mufassal rejasi quyidagicha:
1-kirish:
a) tarjimai hol muallifining ismi familyasi, tug`ilgan yili, oy va kuni, joyi va millati, oilasi;
b) ota va onasi haqida;
v) aka-ukalari, opa-singillari haqida.
2-asosiy qism:
a) muallifning maktab yoshigacha bo‘lgan hayoti haqida:
b) maktab hayoti haqida:
v) hozirgi kundagi faoliyati haqida.
3-yakuniy
a) ushbu tarjimai holning nima sababdan yozilganligi:
b) imzo, kun, oy, yil.
“Ariza” matnining mufassal rejasi esa quyidagilardan iborat:
1-kirish
a) kimga-ariza yo‘naltirilgan shaxsning egallab turgan mansabi (lavozim), daraja va unvonlari, ismi sharifi, familiyasi:
b) kimdan-ariza beruvchining mansabi (lavozimi), daraja va unvonlari, ismi sharifi, familyasi, istiqomat joyi.
2-asosiy qism
a) arizani yozishga sabab bo‘lgan holatning qisqacha bayoni.
b) ariza yozishdan maqsad:
v) arizaga ilova qilinadigan hujjatlar.
3-yakun
a) ariza beruuvchining shaxsiy imzosi, ismi va familyasi:
b) ariza yozilgan (berilgan) kun, oy, yil.
Shunday qilib ona tili darslarida ijodiy yozma matn ustida ishlash ikki yo‘nilishda amalga oshiriladi:

  1. Til sathlarini o‘qitish orqali.

  2. VII sinfda “ijodiy yozma matn ustida ish” (12 soat) va VIII sinfda “Insho va uning turlari” (16 soat) bo‘limlarini o‘rgatish orqali.

Birinchi yo‘nalish O‘zbek tili fonetikasi, leksikasi va grammatikasidan har bir mavzuni o‘rganish orqali amalaga oshirilsa, ikkinchi VII sinfda “Ijodiy yozma ish” tushunchasini sharhlash: rasm asosida hikoya, manzara tasviri yaratish; o‘quvchi va borliq; yozma ishda o‘quvchi (muallif) o‘zligining namoyon bo‘lishi xususida ma`lumot berish, mavzu tanlash, mavzuni yoritish uchun zarur material to‘plash, yozma ishga reja tuzish (tor reja, keng reja) yozma ishga epigraf tanlash, “Xat boshi” tushunchasini, yozma ish matnini qayta ishlash, matn uslubi ustida ishlash, ishni oqqa ko‘chirish, tekshirilgan yozma ishning xatolari ustida ishlash va VIII sinfda “Insho haqida ma`lumot” berish, insho turlari (ilmiy insholar, erkin insholar) yuzasidan bir qator ijodiy-amaliy ishlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
Nutq ichki va tashqi ko‘rinishlarga ega ichki nutq odamning o‘z ichida gpiradigan passiv nutqi bo‘lib, uni nazorat qilib bo‘lmaydi.
Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo‘lgan faol nutq bo‘lib, u og`zaki va yozma shakllarga ega.
Og`zaki va nutq – odatdagi tovushli so‘zlashuv nutqi bo‘lib, bu ko‘proq ohang va turli imo-ishoralar bilan aloqadordir. O‘quvchi og`zaki nutqda ko‘proq sodda gaplarni qo‘llaydi. Nutqning bu turi bir yoki bir necha kishi tomonidan amalga oshiriladi va monolog, dialog va polilogik shaklda namoyon bo‘ladi.
Yozma nutq esa harf va so‘zlarning ma`lum qonuniyat asosida o‘zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar: abzaslar, paragraflar va gaplarning grammatik jihatdan aniq va tushunarli bayon qilish orqali voqealanadi.
O‘qituvchilar nutqiga qo‘yiladigan asosiy talablar:
a) nutq sharoiti;
b) nutq mazmundorligi;
v) fikrning mantiqan to‘g`ri, aniq va izchil bo‘lishi;
g) nutqning boy va rang-barangligi;
d) nutqning aniqligi;
e) ohangdorligi;
y) nutqning grammatik jihatdan to‘g`ri qurilganligi;
j) nutqning soddaligi va sofligi.
3. Matn turlari:
a) ta’limiy ma`rifiy matnlar;
b) ta’limiy-tarbiyaviy matnlar.
4. Matnlar uslub jihatdan rang-barang:
a) badiiy matnlar;
b) ilmiy matnlar; ilmiy-ommapob matnlar;
v) publitsistik matnlar;
5. O‘quvchilar imlosi tur jihatidan uchga:
a) ta’limiy insholar;
b) nazorat qilishga qaratilgan insholar;
v) ko‘rik-tanlov insholariga bo‘linadi.



Yüklə 303,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin