Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


Matn asosida mustaqil fikr yuritishga qaratilgan



Yüklə 303,13 Kb.
səhifə91/93
tarix31.01.2023
ölçüsü303,13 Kb.
#81886
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
1-Mavzu ma\'ruza

3. Matn asosida mustaqil fikr yuritishga qaratilgan
mashq va topshiriqlar
O’quvchi matn mazmuni yuzasidan fikr bildirganda o’zi mustaqil ravishda gaplar tuzadi. Shu jihatdan matn asosida mustaqil fikr yuritishga qaratilgan mashq va topshiriqlar alohida ahamiyat kasb etadi. Chunonchi:
-matn sarlavhasiga o’z munosabatini bildirish;
-matn qahramonlarining xarakterli xususiyatlarini aniqlash;
-matnga doir qo’shimchalar qo’shish;
-matn mazmunida yuz berayotgan voqealarni atrofdagi olam bilan taqqoslash;
-matnni atrof tabiat tasviri bilan to’ldirish kabilar.
Amaldagi “O’zbek tili” darsliklarida matnlarni o’qib o’rganishga katta e’tibor qaratilgan. O’qituvchilar matnni o’quvchilarga to’g’ri talaffuzga rioya etishni talab etib o’qitish va o’zbek tilida qayta hikoya qildirish, ba’zida esa ona tiliga tarjima qildirish bilan kifoyalanadilar. Natijada matnning tarkibi va qurilishi o’quvchilarning diqqat markazida bo’lmaydi. Ikkinchidan, bu narsa matn mazmunini tushunish va anglashni ancha qiyinlashtiradi, qayta hikoya qilish va umuman nutq o’stirish sifatini pasaytiradi. Holbuki, matn tahlili bog’lanishli nutq o’stirish muammosini ijobiy hal etish uchun barcha imkoniyatlarga ega.
Tilni o’rganish va nutq o’stirishning barcha darajalari uchun matnga murojaat etish xarakterlidir. Matnda ayrim til birliklarining: fonetik, leksik, so’z yasalish, morfologik, sintaktik birliklarning qo’llanishi (funktsiyasi) tahlil qilinadi.
Matn tuzilishini matn namunasida o’rganish qulay, namuna asosida bog’lanishli nutq unsurlari haqida o’quvchilarga bilimlar berish osonroq.
-tugal fikr anglatadigan matn qismlariga sarlavha tanlash;
-matn mazmunini uchinchi shaxs nomidan qayta hikoya qilish;
-xulosalar va ular bilan bog’liq fikr-mulohazalar;
-matnning asosiy o’rinlari orasidagi mantiqiy aloqalarni o’rnatish;
-matndan asosiy fikrni ajratish;
Ta’lim qardosh tilda olib boriladigan maktablarning o’zbek tili darslarida o’quvchilarning nutqini, xususan bog’lanishli (monologik shakldagi) nutqini o’stirish leksik va grammatik materiallarni o’rganishning davomi sifatida salmoqli o’rinlardan birini egallaydi. Gap tuzish malakasiga ega bo’lish bog’lanishli nutq uchun kifoya qilmaydi. Bog’lanishli nutq uchun gaplarni murakkab sintaktik butunlik hosil qilgan holda o’zaro bog’lash malakasi zarur. Boshqa tilda so’zlovchi o’quvchilar ona tili darslarida bu borada qisman ma’lumot oladilar va o’zbek tilida fikr bayon qilish jarayonida bu ma’lumotlardan foydalanadilar.
Pedagogika fanlari nomzodi M.Rixsieva 5-7-sinflar uchun matn tuzilishini o’rganish mazmuni yuzasidan quyidagilarni tavsiya etadi:

Yüklə 303,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin