Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


So‘z birikmasini o‘qitish metodikasi



Yüklə 303,13 Kb.
səhifə47/93
tarix31.01.2023
ölçüsü303,13 Kb.
#81886
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93
1-Mavzu ma\'ruza

So‘z birikmasini o‘qitish metodikasi
O‘quvchilar 5-sinfda so‘z birikmasi xususida dastlabiki ma`lumotlarni egallanganlar. Ular ixcham gaplarda sodda yoyiq gaplar hosil qilish, berilgan so‘z birikmalarida hokim va tobe so‘zni aniqlash, hokim so‘zlarga so‘roq berish orqali tobe so‘z topib qo‘yish singari topshiriqlarni bajara oladilar.
8-sinfda so‘z birikmasini o‘raganishga qadar ular kengayuvchi va kengaytiruvchi so‘zlar birlikda so‘z birikmalarini tashkil etishni, so‘z birikmalaridagi kengaytiruvchi so‘z-tobe so‘z, kengayyuvchi so‘z-hokim so‘z ekanligini o‘rganganlar.
8-sinfda “So‘z birikmasi” mavzusini o‘rganish berilgan so‘z birikmalarida (mas., katta kuch, tunda kelmoq, ikki yil, tez gapirmoq, Tursunboyning basharasi, kitobdan ko‘chirmoq v.h.) ajratilgan hokim so‘zdan tobe so‘zga so‘roq berib, so‘z birikmalarini:
1) aniqlovchi birikmalar;
2) to‘ldiruvchi birikmalar;
3) holli birikmalar kabi uch guruhga ajratish, ularni fe`lli birikmalar va otli (sonli, sifatli, olmoshli, ravishli) birikmalar kabiguruhlarga ajratish, berilgan matnlarda tobe so‘z qaysi hokim so‘zni kengaytirib, u bilan birga so‘z birikmasi hosil qilishini aniqlash, tobe so‘zning o‘rinni aniqlash singari ijodiy-amaliy ishlash bilan shug`ullanadilar.
O‘quvchilar kuzatish va egallangan bilimlarga asoslangan holda so‘z birikmalarida tobe so‘z hamisha hokim so‘zdan oldin kelishi xususida umumlashma hosil qiladilar.
“So‘z birikmasi” mavzusi o‘rganilar ekan, o‘quvchilar so‘z birikmasida so‘zlarning o‘zaro birikish usullari bilan ham tanishtiriladi. Berilan so‘z birikmalari tarkibida ajratilgan vositalardan qaysi birlari so‘zlarning bir-biriga bog`lashga, qaysilar esa lug`aviy ma’noga qo‘shimcha ma’nolar kiritishga xizmat qilishini bilib oladilar.
Shundan so‘ng birikmasida tobe va hokim so‘zning o‘zaro bir-biri bilan bitishuv, boshqaruv va moslashuv yo‘li bilan birikishi; tobe va hokim so‘zdan oldin kelish usuli bilan bog`lanishi bitishuv ekanligi; tobe so‘zning hokim so‘zga tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigi qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar yordamida bog`lanishi boshqaruv ekanligi; tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich kelishigi qo‘shimchasi orqali bog`lanishi, hokim so‘zning esa egalik qo‘shimchalari yordamida tobe so‘zga birkishi moslashuv ekanligini bilib oladilar va shu yo‘nalishda bir qator ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajaradilar.
Ma`lumki, o‘quvchilar so‘z birikmasini so‘zlar qo‘shimchasidan, so‘zdan, iboradan farqlashda qiynaladilar. Shu bois, bularning har biriga (so‘z birikmasi va so‘zlar qo‘shimchasi, so‘z birikmasi va so‘z v.h.) alohida-alohida to‘xtalishga to‘g`ri keladi.
So‘z birikmasining so‘zlar qo‘shimchasidan farqini tushuntirish uchun ularni o‘zaro qiyoslash usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, “Karimjonning aksi” so‘z birikmasini “Karimjon va akasi” so‘zlar qo‘shimchasi bilan qiyoslash kabi.
So‘z birikmasi va so‘zlar qo‘shimchasini o‘zaro qiyoslash natijasida o‘quvchilar so‘zlarning o‘zaro birikishi ikki yo‘l bilan: 1) tobelanish, bir so‘zning (tobe so‘zning) boshqa bir so‘zga-hokim so‘zga bo‘ysunishi orqali hamda 2) ikki so‘zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo‘ysunmay bog`lanishni bilib oladilar.
Mazkur mavzu o‘rganilayotgan o‘quvchilar e`tibori so‘zlarning tobe aloqa asosida bog`lanishi, so‘z birikmalari hosil qilishi, so‘z birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishiga qaramay, bitta narsani nomlab kelishi (opamning kitobi-bitta kitobni atab kelyapti); so‘zlarning teng huquqli bog`lanishi so‘z qo‘shimchalari hosil qilishi, o‘z qo‘shimchalarida har bir so‘z ma’no mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qolishi (opam va kitob)ga qaratiladi.
Ma`lumki, so‘z qo‘shimchalarida so‘zlar turli vositalar yordamida bog`lanishi mumkin. Chunonchi, ohang (yozuvda vergul), -u, -yu, yoki, ba`zan-ba`zan, na-na; balki, nafaqat, ham-ham; hamda bog`lovchilari shular jumlasidandir. O‘quvchilarga ana shu vositalar bilan bog`langan so‘z qo‘shimchalarini berib, ularda yozuvlar o‘zaro qanday birlashayotganligini talab qilish, bog`lanish vositalariga qarab guruhlarga ajratish, hosil bo‘lgan guruhlarni mustaqil davom ettirish, ular ishtirokida gaplar hosil qilishni talab qilish foydalidir.
So‘z birikmasining so‘zdan farqini aniqlashda kuzatish, qiyoslash, mushohada qilish singari usullardan foydalaniladi. Masalan, onamning akalari-amakim, urg`ochi ot-baytal, kimyoviy tajribaxona-laboratoriya, hisoblash mashinasi-kompyuter singari so‘z birikmasi va so‘zlar o‘zaro boshlang`ich, o‘qituvchi ularning o‘zlariga bu haqda mustaqil xulosa chiqarishni topshiradi. Shundan so‘ng berilgan so‘z birikmalrini so‘zlar bilan almashtirish, ularni o‘zaro qiyoslab, ma’no farqini aniqlash, berilgan so‘zlarga ularning ma’noviy qiymatdoshlarini topib qo‘yish singari ijodiy-amaliy ishlar bajariladi.
“So‘z birikmasi va ibora”, “So‘z birikmasi va tasviriy ifoda” mavzularini o‘rganishda ham bu har ikki til hodisasining ma’noviy farqini aniqlashda qiyoslash usuli qo‘l keladi. Mazkur mavzularni o‘rganishda o‘quvchilarga gap juftlari berib, ajratilgan so‘z birikmalarining ma’nolarini qiyoslash (Yigit oqimga qarshi suzib, ariqning boshiga etdi-Qursligi, bema`ni katta gaplari axir uning boshiga etdi), ibora va so‘z birikmasi orasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, berilgan birikmalarning har birini erkin birikma va ibora sifatida qo‘llab, gaplar tuzish singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalaniladi. Bu amaliy ishlar turg`un birikmalarda ma’noning yaxlit, ajralmas ekanligi, ularda tobe hamda hokim so‘zlarni bemalol almashtirish mumkin emasligini aniqlash imkonini beradi.
Tasviriy ifodalarning so‘z birikmalarga shaklan o‘xshashligi ko‘p hollarda ularni farqlashga mone`lik qiladi. Shuning uchun bu mavzuni o‘rganishda so‘zlarni tasvriy ifodalar bilan almashtirish (mas., televizor-oynai jahon, paxta-oq oltin, rassom-mo‘yqalam sohibi, neft`-qora oltin, samolyot-po‘lat qush v.h.) berilgan matnda ajratilgan har bir so‘zni uning qiymatdoshi bilan almashtirish singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish mumkin.
So‘z birikmasining qo‘shma so‘zlardan farqi ham o‘quvchilar uchun ancha murakkablik tug`dirayotgan masalalardan biridir. Bu mavzuni o‘rganishda berilgan gap juftlari yoki qo‘shma so‘z va so‘z birikmalari qatorini o‘zaro qiyoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash, ular ishtirokida gaplar tuzish, berilgan qo‘shma so‘z va so‘z birikmalari qatorini mustaqil davom ettirish, qo‘shma so‘z qanday hosil bo‘lganligini aniqlash singari amaliy topishirqlardan foydalanish mumkin. Darsning oxirida o‘quvchilar so‘z birikmasi qo‘shma so‘zga aylanganda so‘z birikmasi tarkibidagi aloqa-munosabat shakli qo‘shimchalari yo tamoman tushib qolishi (mas., boshog`riq-bosh og`rig`i, suvo‘t-suv o‘ti, bo‘rikalla-bo‘ri kallasi v.h.) yoki o‘z ma’no va vazifasini tamoman tushib qolishi (kungaboqar, iskabtopar, chamandagul, betgachopar v.h.) bilib oladilar.
So‘z birikmalarini o‘rganish so‘z birikmalari zanjirini o‘rganish bilan yakunlanadi. O‘quvchilar berilgan so‘z va birikmalar juftlarini birlashtirish (mas., o‘zbek xalqi va qozoq xalqi, o‘zbek tili va o‘zbek adabiyoti v.h.) va shunga o‘xshash bir qator ijodiy-amaliy topshiriqlar bajarilgach, “So‘z birikmalari zanjiri qanday hosil bo‘ladi?” degan savol o‘rtaga tashlanadi. Bu ularni bir so‘z birikmasidagi hokim so‘zning boshqa bir so‘zga tobelanishiga hamda bir hokim so‘z bir necha tobe so‘z yoki bitta tobe so‘z bir necha hokim so‘zga aloqador bo‘lgan hollarda ularni birlashtirish usullari bilan so‘zga aloqador bo‘lgan hollarda ularni birlashtirish usullari bilan so‘z birikmalari zanjiri hosil bo‘ladi, degan xulosaga olib keladi.
So‘z birikmasi va gapning o‘zaro farqi ham qiyoslash asosida tushuntiriladi. Masalan, qiziqarli mashg`ulot-mashg`ulot qiziqarlidir, oydin kecha-kecha oydindir v.h.) tipidagi so‘z birikmasi va gap qiyoslangach, ularning farqi so‘raladi hamda kesimning qay biriga xosligi aniqlanadi. Shundan so‘ng berigan so‘z juftlaridan so‘z birikmalari tuzib, ular ishtirokida gaplar tuzish, so‘z birikmalaridan gaplar, gaplardan so‘z birikmalari hosil qilish singari ijodiy-amaliy ishlarbajariladi. Dars oxirida o‘quvchilar so‘z birikmasi biror narsa, belgi harakat yoki holatga mauyyanlashtirgan holda kelishi, gap esa kesim marakazida tashkil topib, fikrni, hukmni, tasdiq yoki inkorni ifodalab kelishi, uning markazi kesim ekanligini gaplarning kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllanganligini bilib oladilar.
Shunday qilib, maktabda so‘z birikmasini o‘rganish, sodda gap sintaksisini o‘rganish uchun moddiy zamin hozirlaydi.

Yüklə 303,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin