Ilmiy insholar. Ma`lumki, maktab o‘quvchilari ilmiy bilim asoslar bilan qurollantiradi. O‘quv rejasiga kiritilgan barcha o‘quv fanlari bolalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiat va jamiyat hodisalarining haqiqiy mohiyatini anglashga yordam beradi.
Ilmiy insholarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ilm-fanga oid tushunchalardan keng foydalnishdir. Masalan, tilga oid insholarda so‘z, so‘z birikmasi, tasviriy ifoda, turg`un birikma, ega, kesim, hol, uyushiq bo‘lak, kabi tushunchalardan keng foydalanilsa, matematikaga oid insholarda ko‘proq qoldiq, ko‘paytma, tenglama, kasr, maxraj, ildiz chiqarish, bo‘lish kabi tushunchalar qo‘llaniladi.
Barcha sinflarda o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasini hisobga olgan holda ilmiy insholardan foydalansa bo‘ladi. 5-sinfda o‘quvchilar ona tili, matematika, tabiatshunoslik, qadimgi dunyo tarixi, musiqa, tasviriy san`at kabi fanlarni o‘rganishar ekan, demak, ilmiy insholar ana shu o‘rganilgan mavzularga oid bo‘ladi. bu sinfda: “Quyosh va tabiat”, “Biz matematikadan nimalarni o‘rganamiz?”, “Qo‘shiq aytish uchun nimalarga amal qilish kerak?”, “Gripning oldini olish” kabi mavzular ilmiy insho mavzusi sifatida tanlanishi mumkin.
Ilmiy insholar uchun eng asosiy manba maktab darsliklari turli enceklopedik lug`atlar, gazeta va jurnallarda berilgan ildmiy maqolalar, ilmiy mavzulardagi teleko‘rsatuvlar bo‘lishi mumkin.
Adabiy insholar.Adabiy insholar faqat adabiyot darslarida emas, balki ona tili mashhulotlarida ham keng foydalaniladi. U yozuvchi mahoratini tushunish, asar qahramonlari olamiga kirish, ularni bir-biri bilan taqqoslab, yaxshilik va yomonlikning tub mohiyatini anglash imkoniyatini beradi. Bunday insholar o‘quvchidan badiiy nutqni talab etadi. U ana insholar orqali o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag`a singari badiiy tasvir vositalaridan foydalanish, ma’noni kuchaytiradigan buyoqdor so‘zlarni qo‘llash, tovushlarni cho‘zish orqali turli xil ma’nolarni ifodalash kabi badiiy nutqqa xos bayon usullarini o‘rganadi.
Adabiy insholar badiiy adabiyot namunalari asosida yaratiladi. O‘quvchilar o‘rganilayotgan til hodisalari bilan bog`liq holda badiiy asarlar, ularda o‘z munosabatlarini bildiradilar.