Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi



Yüklə 303,13 Kb.
səhifə52/93
tarix31.01.2023
ölçüsü303,13 Kb.
#81886
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93
1-Mavzu ma\'ruza

Siz bor, men bor qurilmasi ohangning o‘zgarishi tufayli uyushiq bog’lovchisiz qovshma gap (Siz bor, men bor va boshqalar bor kabi); sabab ergash gapli qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap (Siz bor – men bor // Siz borligingiz tufayli men bor) kabi shakllarda shakllanishi mumkin.
Punktuatsiya bilan ohang qanchalik yaqin bo‘lmasin, ular o‘ziga xosligi, qimmati jihatidan har xil baholanadi: ohang (gap ohangi) – birlamchi, material tushuncha; punktogrammalar (tinish belgilari) – hosila; ohangning mahsuli, uni aks ettiruvchi shartli simvollardir. Punktogrammalar ohang ohangga qarab qo‘yiladi. Matn har bir gapning mazmun va grammatik, intonatsion xususiyatlaridan kelib chiqib o‘qila-di. Punktogrammalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘yilganligini gap mazmuni boshqaradi, "Tinish belgilariga rioya qilib o‘qish" iborasi ham, "Deyarli barcha tinish belgilari "o‘qiladi" (A.M.Peshkovskiy), deyilgan fikrlar ham tinish belgilari to‘g‘ri qo‘yilgan normal matnlarga nisbatan aytilgandir.
O‘zbek tilida ham punktogrammalarni qo‘llashning o‘z asoslari va shartlari mavjud. Tinish belgilarining qo‘llanishida: 1) gapning tuzilishi, 2) mazmuni, 3) ohangi asos qilib olinadi. Tinish belgilarining o‘rni va vazifasini belgilashda mana shu uch xil hodisa alohida-alohida emas, balki ularning bir bugunligi nazarda tutiladi. Chunki bular o‘zaro bog’langan bir hodisaning uch tomoni – uch xususiyatidir. Nutqning tuzilishi, mazmuni, ohangi o‘zaro zich bog‘langan bo‘lib, har qanday gapda shu uch xususiyat mujassamlashgan bo‘ladi. Masalan, Opalar, singillar! Bu savollar majlisda berilsin! (A.Q.) gapi: 1) tuzilishi jihatidan sodda, 2) buyruq bilan birga emotsiya, murojaat ifodalangan, unda gap bilan grammatik bog’lanmagan so‘zlar (opalar, singillar) bor, 3) ko‘ta-riluvchi ohangi ohangga ega. Punktuatsiya asoslaridan kelib chiqib, tinish belgilari qo‘llashning quyidagi asoslarini ko‘rsatamiz:
1. Logik-grammatik asos. Bunga ko‘ra, tinish belgilari gap mazmuni, tuzilishi va ohangi nazarda tutilgan holda, shulardan kelib chiqib qo‘llaniladi. Masalan, xabar mazmunini anglatgan gapning oxirida nuqta, so‘roq mazmunini anglatgan gaplarning oxirida so‘roq, emotsiya (hayajon) ifodalangan gaplar oxirida undov belgilari ko‘proq nutq mazmuniga asoslanib qo‘yilgan bo‘ladi; kiritma qurilmalarning asosiy gap bilan zich bog‘langanlari qavs, sayoz, bo‘sh bog’langanlari tire bilan ajratilish holatlari ko‘proq nutq tuzilishga asoslanadi: "Dod!" degan ovoz eshitildi. (O.) Qalandarov jonjahdi bilan baqirdi: Yuqol!!! gaplarining birinchisidagi qo‘shtirnoq nutq tuzilishiga, ikkinchisidagi undov belgilari ohangga asoslanib qo‘yilgan.
2. Uslubiy asos. Bu prinsipga ko‘ra, tinish belgilari nutq uslubining talabidan kelib chiqib qo‘yiladi.
Til taraqqiyoti, til uslublarining rivojlanishi nutqning ajralmas qismi bo‘lgan punktuatsiyaning taraqqiyotiga, uning qo‘llanish doirasining kengayishi yoki o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Masalan, badiiy asarlarda (dialogik nutqlarda) ixchamlik uchun personajlarning nutqlari tire bilan ajratiladi. Dramatik asarlarda esa nutq egalarining nomi keltirilganligidan, borligidan ularni tire bilan ajratishga extiyoj bo‘lmaydi yoki qo‘shtirnoq havola (sitata)larda qo‘yilib, badiiy asarlardagi ko‘chirma gaplarda qo‘llanilmaydi. Nutqning individual uslub shaklida tinish belgilari, ko‘pincha, yozuvchining sub'yektiv maqsadi, emotsional fikr ifodalash, uning ta'sirchanligini oshirish uchun qo‘llaniladi. Masalan, Yoz. Quyosh hamma yoqni qizdiradi. (O.) Yoz! Pishiqchilik, to‘kinchilik fasli! (U.) gaplarida "yoz" so‘zi orqali ikki yozuvchi ikki xil maqsadni ifodalash uchun foydalangan. Bu maqsadlar tinish belgilari (nuqta, undov belgisi) orqali ifodalangan. G’ovur bo‘lib ketdi: Xotin-qizlar zveno, brigadani udda qilolmaydimi! (A.Q.) gapida ritorik so‘roq bilan fikrning kuchli (emotsional) va davomli ekanligi ifodalangan. Bu maqsadlar undov belgisi va ko‘p nuqta orqali ifodalangan. Lekin bundan har bir yozuvchi tinish belgilaridan o‘z bilganicha, o‘z istagicha foydalana beradi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Tinish belgilarining individual uslub talabiga ko‘ra qo‘llanilishi ham uslubiy tamoyilning umumiy me’yoriga bo‘ysunadi.
3. Farqlovchi (differensial) asos. Bu tamoyilga ko‘ra tinish belgi-lari yozuv texnikasi (shakli)ni farqlash uchun qo‘llanadi. Boshqacha aytganda, tinish belgilarining yozuv shakllariga bog‘liq holda odatda-gidan farqli ishlatilishi farqlovchi tamoyil asosida yuz beradi. Ilmiy uslubda, jumla ichida so‘zlarni qisqartirishda iqtibos – sitatalarning manbaini ko‘rsatishda, havolalarda, kitob muqovalarida nashriyot nomi va nashr vaqtini ko‘rsatishda tinish belgilari mazkur tamoyilga asosan ishlatiladi. Masalan, kitob muqovasida tire (Toshkent – 2011 kabi), havolalarda vergul (G‘afur G‘ulom, Tanlangan asarlar, Toshkent, 1985 kabi) qo‘yiladi.
Ba'zan muallif va uning asari, matbuot nomlari qisqartirilib, unda tinish belgisidan foydalaniladi: Navoiy – N.; Oybek – O.; Abdulla Qahhor – A.Q. Ko‘p hollarda farmon va qarorlarda tire har bir gap oldidan qo‘yilib, numerativlik vazifasini ham bajaradi, bunda ham farqlovchi tamoyilga asoslaniladi. Umuman, hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilari uch tamoyil – logik-grammatik, uslubiy va farqlovchi tamoillar asosida qo‘llaniladi. Bulardan logik-grammatik tamoyil yetakchi bo‘lib, keyingi ikki tamoyil shunga asoslanadi – yordamchi tamoyil.
Punktuatsion xatolarning tiplari
O‘quvchilarning yozma ishlarida orfografik xatolarga nisbatan punktuatsion xatolar ko‘proq uchraydi. Bu, bir tomondan o‘zbek punktuatsiyasining ilmiy asoslari va prinsiplari aniq belgilanmaganligi bilan, ikkinchidan, bu sohada o‘quvchilar uchun maxsus qo‘llanmalarning yo‘qligi bilan izohlash mumkin. Bundan tashqari ayrim o‘qituvchilar punktuatsiyaga yetarli e’tibor bermaydilar.
O‘quvchilarning punktuatsion savodxonligi nazorat ishlari orqali, uyda, sinfda bajariladigan mashqlar orqali tekshiriladi. O‘quvchilar yozma ishlarida uchraydigan punktuatsion xatolarning tiplari:
-kerakli tinish belgisini qo‘ymaslik;
-tinish belgisini ortiqcha qo‘yish;
-tinish belgilarini qorishtirish, birining o‘rniga boshqasini qo‘yish;
-belgilarning birini tushurib qoldirish;
-tinish belgilarini ishlatishda izchillikning yo‘qligi.
Masalan, bir xil holatda ikki xil tinish belgisining ishlatilishi: Unga ayting: biz do‘stlikni qadrlaymiz (to‘g’ri). Xalqqa ayting, men also o‘lganim yo‘q, Yov qo‘liga taslim ham bo‘lganim ham yo‘q.
Punktuatsion xatolar tahliliga bag’ishlangan darslar foydalidir. Xatolarni tahlil qilish orqali qoidani qay darajada o‘zlashtirganliklari aniqlanadi.
Punktuatsiya o‘qitish metodlari uchga bo‘linadi:
1.Qoida bilan ishlash.
2. Punktuatsion malaka hosil qilish.
3.Mashq qilish.
Alohida olingan matn hamda gapda tinish belgilarning qo‘yilishi yoki qo‘yilmaslik shartlarini o‘zida birlashtirgan maxsus ko‘rsatma punktuatsion qoida deyiladi. Punktuatsion qoida o‘quvchi amal qilishi shart bo‘lgan punktuatsion normani boshqarib boradi. Punktuatsion qoidalar ikkiga ajratiladi: a) ijobiy qoidalar; b) salbiy qoidalar.
Ijobiy qoidalar maktab punktuatsiyasining asosi hisoblanib, ular qaysi belgi qachon qo‘yiladigan bo‘lsa, shu konstruksiyadagi punktuatsiyani boshqaradi. Salbiy qoidalar uning aksi bo‘lib, u yoki va bu belgining qo‘yilishini ta’qiqlaydi. Masalan, gapning uyushiq bo‘laklari vergul bilan ajratiladi. Lekin ular takrorolanmaydigan bog’lovchilar bilan bog’lansa, vergul qo‘yilmaydi. Bu salbiy qoidalarning asosini tashkil qiladi.
Punktuatsion qoidalar bilan ishlash ikki etapga ajratiladi: a) nutq bo‘lagida tinish belgilarning ishlatilishi yoki ishlatilmasligini o‘zlashtirish; b) o‘quvchilarga o‘rgangan punktuatsion qoidalarni qo‘llashni o‘rgatish.
2. Punktuatsion malaka hosil qilish matn va gapda tinish belgilarini qo‘yish yoki qo‘ymaslik haqidagi fikrlash xarakatidir. U yozuvchining fikrlash faoliyatini o‘zida aks ettiradi. O‘quvchining punktuatsion malakasi nutq faoliyati bilan uzviy aloqador. Punktuatsion malakaning quyidagi turlari mavjud:
-mavjud kommunikativ birliklarda ma’no birliklarini ko‘ra bilish;
-matn va gaplarda o‘rganilgan punktuatsion qoidalarni qo‘llay olish;
-tinish belgilarining turi va o‘rnini belgilay olish;
- punktuatsion xatolarni toppish va to‘g’irlash.
3. Mashq qilish. O‘quvchilarga punktuatsion qoidalarni to‘la singdirish, ularni tinish belgilarini o‘z o‘rnida ongli ishlatishiga o‘rgatish maqsadida turli tipdagi punktuatsion mashqlar o‘tkaziladi:
1) sintaktik – punktuatsion tahlil. Bunda o‘qituvchi tinish belgilarining qo‘yilish sababini og’zaki izoxlaydi;
2) misollar topish. O‘quvchilar biror punktuatsion qoidaga mos keladigan misollar topadi;
3) tinish belgilari tushirilgan matnning tinish belgilarini qo‘yib chiqish. Mashqning bu turi keng tarqalgan;
4) diktantlar;
5) punktuatsiya bilan bog’liq bo‘lgan stilistik mashq. Bunda bir sitaktik konstruksiyani boshqasi bilan almashtiradi: umumlashtiruvchi so‘zning o‘rnini; sodda yoyiq gapni qo‘shma gapga almashtirish va boshqalar.



Yüklə 303,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin