Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


Yozma ish atamasi ikki xil ma’noda qo‘llanadi: 1. Yozma ish



Yüklə 303,13 Kb.
səhifə60/93
tarix31.01.2023
ölçüsü303,13 Kb.
#81886
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93
1-Mavzu ma\'ruza

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Ilmiy
Yozma ish atamasi ikki xil ma’noda qo‘llanadi:
1. Yozma ish – imiy xarakterdagi yozma ishlar, yozma shaklda bajariladigan nazorat turlari, topshiriqlar, ko‘chirib yozish. Nazoratning bu turi nafaqat filologiya, balki barcha sohalarga ham tegishlidir. Masalan, fizika, matematikaga oid yozma ishlar.
Bu tipdagi yozma ishlar ilmiy insholar termini bilan ham yuritiladi. Yozma ishlar maktab o‘quvchilarini ilmiy bilim asoslari bilan qurollantiradi. Ilmiy insholarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri unda ilm-fanga oid tushunchalardan keng foydalanishdir. Masalan, tilga oid ilmiy insholarda so‘z, so‘z birikmasi, tasviriy ifoda, turg‘un birikma, ega, kesim, hol, uyushiq bo‘lak kabi tushunchalardan keng foydalanilsa, matematikaga oid yozma ishlarda qoldiq, ko‘paytma, tenglama, kasr, maxraj, ildiz chiqarish, bo‘lish kabi tushunchalar qo‘llanadi.
Barcha sinflarda o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasini hisobga olgan holda yozma ishlardan foydalanish mumkin. 5-sinfda o‘quvchilar ona tili, matematika, tabiatshunoslik, qadimgi dunyo tarixi, musiqa, tasviriy san’at kabi fanlarni o‘rganadi, yozma ishlar ana shu o‘rganilgan mavzularga oid bo‘ladi. Bu sinfda: “Quyosh va tabiat”, “Biz matematikadan nimalarni o‘rganamiz?”, “Qo‘shiq aytish uchun nimalarga amal qilish kerak?”, “Grippning oldini olish” kabi mavzular ilmiy insho mavzusi sifatida tanlanishi mumkin.
Ilmiy xarakterdagi yozma ishlar uchun eng asosiy manba maktab darsliklari, turli ensiklopedik lug‘atlar, gazeta va jurnallarda berilgan ilmiy maqolalar, ilmiy mavzulardagi teleko‘rsatuvlar bo‘lishi mumkin.
Ilmiy xarakterdagi yozma ish ona tili, matematika, tabiatshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’atdan olgan bilimlarni mustahkamlashga, o‘quvchilarning savodxonligi, fikrlarni aniq va izchil bayon qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. Ilmiy insho o‘tkazishni rejalashtirishda integrallashgan dars turi (ya’ni ona tili darsini boshqa fanlar bilan aloqadorlikda olib borish)dan foydalanish maqsadga muvofiq.
2. Yozma ish – yozma shaklda bajarilgan ijodiy matnlar (insho, ijodiy bayon), tinglab tushunish, xotira kuchini belgilash, tafakkur darajasi va fikrni yozma tarzda bayon etish ko‘nikmasini aniqlashga qaratilgan (bayon), so‘zma-so‘z tinglash va ayni tarzda yozma nutqda aks ettirish, imlo me’yorlariga amal qilish darajasini bilishga mo‘ljallangan (diktant) matnlar.
Ilmiy xarakterdagi ishlar uchun yozma ish, ijodiy ishlar uchun insho termini xoslangan.
Yozma tarzda bajariladigan intervyu, reportaj, maqola, xabar, annotatsiya, konspekt, rasmiy ish qog‘ozlari, taqriz kabilar maqsadi, ta’lim jarayoni baholash tizimida foydalanilmasligi hamda topshiriq sifatida berilmasligi bilan yozma ish turlaridan farqlanib turadi.
Kishilarning o‘z fikrlarini bayon qilish, o‘zaro fikr almashish, hissiyotlarini, ma’lumotlarni ifodalash jarayoni nutqdir. Nutq og‘zaki va yozma shakllarda ifoda etiladi.
Nutq ichki va tashqi ko‘rinishlarga ega. Ichki nutq inson tafakkuridagi jarayon bo‘lib, miyadagi nutq mexanizmi faoliyatining dastlabki mahsulidir. Ichki nutq fikr-o‘y bilan ko‘p hollarda qorishiq holda shakllanadi. Ichki nutq og‘zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun til va adabiyot ta’limi jarayonida ichki nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berish lozim. Diqqatni jamlash, fikr yuritish lozim bo‘lgan obyektni belgilash, bayon qilinadigan asosiy fikrning mohiyatini shakllantirish ichki nutqni rivojlantirishda muhim omildir. Ona tili mashg‘ulotlarida bajariladigan mustaqil ishlar mazmuni ichki nutq holatida boshlanib, tashqi nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, insho, bayon yozishdan avvalgi fikr-mulohaza yuritish jarayoni ichki nutq namunasidir. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo‘lgan faol nutq bo‘lib, u og‘zaki va yozma shakllarga ega.
Nutqning ma’lum mavzuga bag‘ishlangan parchasi matn sanaladi. Matn ham nutq shakllariga muvofiq ravishda yozma va og‘zaki bo‘ladi. Yozma matn ham, og‘zaki nutq ham so‘zlar vositasida shakllanadi. Yozma matnda harflar, tinish belgilari bilan ish ko‘rilsa, og‘zaki nutqda tovush, tovush tembri (ovozning baland yoki pastligi), ohang, talaffuz, imo-ishoralardan ham foydalaniladi.
Yozma nutq ham, og‘zaki nutq ham ifodalanish xususiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

  1. bir shaxs nutqi (monolog) tarzida;

  2. ikki yoki undan ortiq shaxslar nutqi (dialog) ko‘rinishida.

Monolog faqat so‘zlovchi yoki yozuvchi tilidan ifoda etiladi, so‘zlovchi yoki yozuvchi kechinmalari, kuzatishlari va mushohadalarini tasvirlashga xizmat qiladi.
Suhbat nutqi (dialog) so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi fikr almashuv jarayoni – ularning o‘zaro savol-javoblariga asoslanadi.
Matn hajmi va mazmuniga ko‘ra sodda va murakkab tarkibli kabi turlarga ajratiladi.
Sodda tarkibli matn bir yoki bir necha gaplardan iborat bo‘ladi. Bunday matnlar xabar, maqol, matal bilan ifodalanib, hajmi jihatidan kichik bo‘lsa-da, ma’lum maqsadda shakllantiriladi.
Murakkab tarkibli matnda biror g‘oya, mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan fikr ifodalanib, uning tarkibi qismlar, boblar, paragraflardan tashkil topadi.
Matn nutqiy hodisa bo‘lib, birdan ortiq gapning mazmunan birikishidir. “Qish. Qor yog‘yapti” shaklidagi uch so‘zning mazmunan birikishidan tortib butun boshli badiiy romanlar, yirik trilogiyalar ham matn sanaladi. Har bir matn ma’lum bir narsa-buyum, voqea-hodisani tasvirlaydi; u haqida xabar beradi: so‘zlovchining munosabatini ifodalaydi.
O‘quvchilar tomonidan yaratiladigan matnlar, asosan, gap, xat boshi va muayyan kichik qismlardan iborat bo‘ladi. Bu qismlar, albatta, matn hosil qilishda ishtirok etadi va uni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Ona tili ta’limi o‘quv dasturida shunday deyiladi: “Matnlar” xilma-xildir. Ularning aniq tur va ko‘rinishlari qisman darsliklarda beriladi, asosan, o‘qituvchi tomonidan belgilanadi”. Shuning uchun dastur o‘qituvchiga darslikdagi matnlarni o‘z didi, talabi, sharoitga mosi bilan almashtirish, o‘qitish jarayonini tom ma’nodagi ijodiylik va izlanuvchanlik asosida shakllantirishga imkon beradi.
Ona tili darsliklarida berilgan matnlarni: a) ta’limiy-ma’rifiy matnlar hamda b) ta’limiy-tarbiyaviy matnlarga ajratish mumkin.
Ta’limiy-ma’rifiy matnlar ona tilining grammatik qurilishi, lisoniy tushuncha va ta’riflar sharhiga oid matnlar bo‘lib, nazariy bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qildirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. 5-sinf darsligida berilgan “Til– ijtimoiy hodisa”, “O‘zbek tili – davlat tili”, “O‘zbek alifbosi” kabilar shunday matnlar sirasiga kiradi.
Ta’limiy-tarbiyaviy matnlar esa ham bilim berishni, ham tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Umumta’lim maktablari darsliklarida ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matn ajratilgan. Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida shunchaki axborot beriladi, asosan, uslubiy betaraf so‘zlardan foydalaniladi. Ijodiy-tavsifiy matn voqea-hodisa, voqelikka so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bildirilgan munosabat asosida yuzaga keladi. Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa-buyum va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, badiiy-tasviriy vositalar, dalillar bilan ta’riflash, izohlash ijodiy-tavsifiy matnga xos xususiyatlardir. Insho ijodiy-tavsifiy matn turi hisoblanadi.
O‘quvchilar tomonidan yaratiladigan matn ijodiy xarakterda bo‘ladi. Ona tili darslarida o‘quvchilarning hosil qilingan nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llab, matn yaratishlari, berilgan mavzu asosida kichik insho yozishlari nutqiy kompetensiyani shakllantirishda ahamiyatlidir. Yozma ishlarni tashkil etishda asosan quyidagi xatolar ko‘p uchraydi. Buning oldini olish, o‘quvchilarning xato qilish darajasini kamaytirish maqsadida har bir yozma ishdan so‘ng xatolar ustida ishlash darsi tashkil etilishi lozim. Xatolar asosan quyidagi holatlar bo‘yicha yuzaga keladi. Imlo qoidalariga, uslubiy me’yorlarga amal qilinmagan hollarda matnda xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Xatolarning quyidagi turlari bor: imlo xatolari, punktuatsion xatolar, uslubiy xatolar, mantiqiy xatolar.

Yüklə 303,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin