Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi



Yüklə 303,13 Kb.
səhifə59/93
tarix31.01.2023
ölçüsü303,13 Kb.
#81886
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93
1-Mavzu ma\'ruza

Asosiy adabiyotlar:
1. Kompetensiyaga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi: Ona tili, adabiyot, o‘zbek tili 5-9 sinflar. Toshkent 2016
2. To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.
3. G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tilini o‘qitish mеtodikasi. –T: Fan va texnologiyalar, 2012.
4. Roziqov O.v.b. Ona tili didaktikasi. – T: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2005.


Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Qodirov M. va.b. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. – T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2019. – 144 b.
2.Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – T.: Tasvir, 2010. – 128 b.


5-MA’RUZA MASHG‘ULOTI


O‘QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH USULLARI: O‘QUVCHILAR BILIMINI NAZORAT QILISHDA QO‘LLANILADIGAN YOZMA ISH TURLARI. TEST, TESTLARNING TURLARI, TASHKIL QILISH TEXNOLOGIYASI. BAHOLASH MEZONLARI. TA’LIM BOSQICHLARIDA MATN VA UNING TURLARINI O‘RGATISH. TIL MASHG‘ULOTLARINI REJALASHTIRISHDA O‘QUVCHI-TA’LIM-O‘QITUVCHI SITEMASIGA ASOSLANISH.
Ma’ruza rejasi:

  1. O‘quvchilar bilimini nazorat qilishda qo‘llaniladigan yozma ish turlari.

  2. Yozma ish turlarining o‘ziga xos jihatlari.

  3. Xatolar ustida ishlash metodikasi.




  1. Yozma nutqni shakllantirish - milliy pedagogikadagi asosiy tamoyillardan biri.

  2. Matn va uning turlarini o‘rgatish metodikasi.

  3. Ona tili darsliklaridagi matnlar bilan ishlash metodikasi.




  1. Ona tili darslarida o‘quvchilar bajaradigan mustaqil ishlar.

  2. Ona tili darslarida o‘quvchilarni ta’lim jarayonining subektiga aylantirish omillari.

  3. O‘qituvchining o‘quvchilar faoliyati ustidan nazorati.

  4. Ona tili darslarida o‘quvchi va o‘quvchilar orasidagi pedagogik hamkorlik.

Yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish maktab davridan boshlanadi. Shuning uchun har tomonlama malakali, ma’naviy barkamol, axloqan yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlashga, yozma nutq me’yorlarini o‘rgatishga maktab davridanoq e’tibor qaratish lozim. Respublika Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov maktab ta’limiga alohida e’tibor berish lozimligini ta’kidlaganlar. Boshlang‘ich ta’limga ahamiyat berilmaganligini eng katta kamchiliklardan biri sifatida baholaganlar: “Eski ta’lim tizimining yomon qusuri boshlang‘ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdadir”.1 Ta’limning uzluksizligini ta’minlash lozim bo‘lganidek, kadrlar tayyorlash jarayonini, yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirishni ham uzluksiz ravishda olib borish kerak bo‘ladi. Ya’ni dunyoqarashi, fikrlash qobiliyati muayyan qolipga kirgan talabani qisqa davrda har tomonlama yetuk, bilimli, tafakkur darajasi keng, yozma nutq me’yorlarini to‘liq egallagan mutaxassis sifatida shakllantirish ancha mushkul. Shu sabab adabiy til me’yorlarini to‘liq o‘zlashtirgan, fikrini to‘g‘ri, xatosiz, izchil va ravon ifodalay oladigan mutaxassis-kadrlar tayyorlashni maktab o‘quvchisini har tomonlama maqsadga muvofiq tarbiyalashdan boshlash kerak. Buning uchun yoshlarning ta’lim olishi, bilim darajasi, yozma topshiriqlarni bajarish tartibiga alohida e’tibor qaratish lozim. Yoshlarga texnik vositalarning ahamiyati, axborot yetkazishdagi o‘rnini ta’kidlash shart emas. Bugunning ziyrak, zukko farzandi voqelikdan o‘zi xulosa chiqarib olmoqda. Bugungi ta’lim jarayonida yoshlarga kitob o‘qish, badiiy asarlarni mutolaa qilish, yozma nutq ko‘nikmalarini egallash fikr o‘stirishning asosiy vositalaridan ekanligini, tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilishini, bu omillarsiz har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lish mumkin emasligini ham uqtirish lozim. Bu borada faqat nasihat bilan ish bitmaydi. Yozma nutqni shakllantirishga qaratilgan topshiriqlar, ilmiy va badiiy adabiyotni mutolaa qilishga yo‘naltirilgan tadbirlarni bevosita ta’lim jarayonida qo‘llash kerak bo‘ladi. Ajdodlarimiz ta’lim-tarbiya berish davomida boshqalar hayotini, faoliyatini ibrat qilib ko‘rsatish usulini qo‘llashgan. Yoshlar turli mazmundagi kitob, badiiy asar, gazeta, jurnallarni mutolaa qilish jarayonida ko‘p xulosalarni o‘zlari chiqarib oladilar. Bu esa malakali kadrlar tayyorlashdagi ta’lim jarayoni maqsadiga erishishni yanada osonlashtiradi. Kitob mutolaasi borliq, voqea-hodisa, insoniyat, shaxs ma’naviyati, ruhiyati haqida bilim berish bilan bir qatorda yosh avlod qalbida ezgu fazilatlarni namoyon etadi, yaqinlariga, Vataniga, ona zaminga muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi, yozma ish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
Mumtoz madaniy merosni tahliliy o‘rganish jarayonida ularda aks etgan asosiy qarashlarning hozirda ham o‘z qiymatini yo‘qotmaganligi ma’lum bo‘ladi. Deyarli, barcha fikr-mulohazalar o‘tmishda aytilgan bugunning gaplari. Faqat ularni anglay bilish kerak. Yoshlar kelajakka olib boruvchi yo‘lning ajdodlarimiz tafakkur ziyosi bilan yo‘g‘rilgan sarhadlardan o‘tishini aslo unutmasliklari lozim. Ajdodlar merosini, o‘tmishini, ma’naviyatini, milliy qadriyatini, o‘zlikni qadrlamasdan, tarix haqidagi xotirani shakllantirmasdan turib, har tomonlama yetuk, barkamol mutaxassis kadr sifatida kamol topish mushkul. Zotan, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q!”
Yozma ish va topshiriqlarning har qanday ko‘rinishi mumtoz asarlar mohiyatini o‘zlashtirishda, milliy qadriyatlarni anglashda muhimdir. Ayniqsa, adabiy mavzudagi insholarning asosiy maqsadi o‘tmish va bugunning manfaatlarini umumlashtirishga qaratilgan.
Yozma ishlarga e’tibor faqatgina milliy pedagogik tajribada emas, xorij ta’limi va baholash tizimida ham kuzatiladi. Masalan, keng yoyilgan til o‘qitish dasturlari hisoblangan IELTS, TOEFL tizimlarida 60 daqiqalik umumiy mavzuda esse yoki insho yozish, 50 daqiqa mobaynida o‘qiganlari hamda eshitganlari bo‘yicha savollarga javob tarzida yoki o‘zi bilgan mavzuni dalillar, ma’lumotlarga tayangan holda yozma tarzda asoslab berish talablari keltirilgan.
Kadrlar tayyorlash – mamlakat taraqqiyotidagi muhim masala. O‘zbekiston buyuk kelajak sari intilayotgan ekan, shu kelajak egalarini yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlash masalasi ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etadi. Har tomonlama bilimli, malakali, muayyan tajribaga ega bo‘lgan, nutq madaniyati talablarini to‘liq o‘zlashtirgan, og‘zaki va yozma nutqi ravon mutaxassis-kadrlarni tayyorlashda an’anaviy milliy pedagogika hamda rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasidan, eng so‘nggi zamonaviy yutuqlaridan umumlashtirgan holda foydalanish maqsadga muvofiq. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og‘zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga, kommunikativ savodxonlikka o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta’limi oldiga mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi.

Yüklə 303,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin