Sogdiyona. O'rta Osiyoning yirik madaniy-tarixiy o'lkalaridan biri bo'lib, antik davri hududi Zarafshon (Samarqand va Buxoro viloyatlari) va Qashqadaryo vohalarilari hududlaridan tashkil topgan. Ayrim yunon mualliflari (Strabon) keltirgan manbalarida uning janubiy chegarasi Amudaryodan o'tganligi togrisidagi ma'lumotlar ham saqlangan.
Etnik jihatdan umumiy hisoblangan butun o'lka aholisining madaniy taraqqiyoti darajasi va xususiyatiga ko'ra nisbatan yaqin bo'lsada, ular o'ziga xos tomonlari bilan ajralib turadigan alohida vohalar yoki mikrovohalardan tashkil topgan.
Sugdning antik davri siyosiy tarixi bilan bogliq jarayonlar va ayrim toponimlariga oid qisqa va o'z navbatida mavhum yozma manba ma'lumotlari yunon-rim, xitoy va qisman arman manbalarida uchraydi. O'lkada antik dariga oid turli vazifalarni bajargan arxeologik yodgorliklar aniqlanib, ularning asosiy qismida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. O'z davri tarixi va madaniyatidan xabar beruvchi moddiy manbalar yirik shahar turidagi yodgorliklarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida nisbatan koproq to'plangan. Yirik shahar markazlarining asosiylari (Afrosiyob, Еrqorgon, Ko'ktepa, Uzunqir-Podayotoq-Sangirtepa kompleksi) ilk temir va arxaik davri o'rnida faoliyat yuritgan bo'lsa, boshqa bir guruh kohna shaharlar (qalai Zoxaki Maron, Kitob shahridagi Qalandartepa yodgorligi, Talli Barzu, Buxoro va boshqalar) bevosita antik davrida shakllangan.
Afrosiyob o'lkaning asosiy yirik shaharlar makazi sifatidagi ahamiyatini saqlab qoladi. Antik davri manbalarida qayd etilgan Maroqandaning o'rni bo'lgan. Shaharning antik davridan darak beruvchi moddiy manbalar Afrosiyob II va III bosqichlariga oid madaniy qatlamlarda o'z aksini topgan.
O'rta Osiyo hududi yunonlar tomonidan bosib olingandan so'ng barcha hududlardagi kabi o'lkada ellin madaniyatining ta'siri kuchayadi. Ayniqsa, bu jarayon shahar qurilishida koproq namoyon bo'ladi. Yunonlar shaharni tinchlik bilan qolga kiritgan bo'lsada, Spetamen boshchiligidagi qo'zgalonchilar bilan bo'lgan toqnashuvdan so'ng talofat etgan shahar muhofaza devorlarining ma'lum qismida yunon harbiy-muhandislik rejasi bo'yicha ta'mirlash va qayta qurish ishlari olib boriladi. Kvadrat shaklli xom gishtlardan barpo qilgan ikki qatorli devor o'rtasida yo'lak-galereya qoldirilgan bo'lib, uning umumiy qalinligi asosidan 7 metrni tashkil etgan. Muhofaza devori togri burchakli mudofaa burjlari va jangavor shinaklar bilan kuchaytirilgan. Yunon harbiy strategik rejasi bo'yicha odatda mudofaa devorlarning tashqarisidan xandakga tomonida “berma” yoki “proteyhizm” qoldirilgan bo'lib, dushman qarshiligini susaytiruvchi dastlabki vosita vazifasini bajargan.
Muhofaza devorida keyingi, taxminan mil.avv. II asrda qayta ta'mirlash ishlari olib borilishi bilan eski devor olib tashlanib, uning o'rnida 50-70 sm. qalinlikdagi shagal aralash paxsa bloklardan eniga 8-10 metr bo'lgan tagdevor ko'tariladi va uning ustida yo'lak-galereya qoldirilgan ikki qatorli yangi muhofaza devor ko'tariladi. Bu bosqichdagi ta'mirlash ishlari davomida shahar muhofazasini yanada mustahkamlash maqsadida qoshimcha qala-burjlar (bastion) barpo etiladi. Ilgari mavjud bo'lgan to'rtburchak, ayrim hollarda aldamchi shinaklar o'rnida nayzasimon jangavor shinaklar bilan shahar mudofaasi kuchaytiriladi hamda devorlarning ichki va tashqi tomonlaridan muntazam “plyastrlar” barpo etiladi. Ta'mirlash ishlariga zarurat bevosita shimoliy-sharqdan siljigan sak-yueji qabilalarining kutilmaganda qilingan hujumi natijasida shaharga etkazilgan talofat natijasi bo'lish mumkin.
Shaharning arki (may. 0,5 ga.) uning shimoliy chekkasida qadimgi o'rnida faoliyat yuritadi. Bu qismi ham o'z navbatida alohida muhofaza devori bilan muhofazalangan bo'lib, uning kirish darvoza chetlari cho'ziq shaklli burjlar bilan kuchaytirilgan. Ark ichkarisida hukmdor saroyi va boshqa mahobatli imoratlar o'rin olgan.
Shahar maxsus sopol quvurlari orqali suv bilan ta'minlangan. Bu paytda shahar antik davri mualliflari yozma manba ma'lumotlarida qayd etilgan 219 ga. maydoni toliq shakllanib, O'rta Osiyoning yirik madaniy va savdo-iqtisodiy markaziga aylanadi. Antik davrining oxirlaridan boshlab Sugdlik savdogarlar shahar aholisining ko'pchilik qismi savdo koloniyalariga ketib qolishi natijasida shaharda hayot bir muncha susayishiga olib keladi.
Samarqand Sugdining antik davri yirik shahar markazlaridan Ko'ktepa kohna shahri ellin davrida ham faoliyat yuritib, unda katta qurilish ishlari olib boriladi. Ellin davrida ark qismida bir necha xonalardan tashkil topgan minorasifat imorat barpo etiladi. Aynan mana shu davrda Afrosiyobdagi kabi kvadrat gishtlar o'rtasida yo'lak-galereya usuldagi ikki qatordan iborat ichki mudofaa devori quriladi. Boshqa bir kohna shahar Qorgontepa yodgorligi o'rnida bo'lgan. Kohna shahar ark, shahriston va shahar atrofi qismlaridan tashkil topgan. Ark qismida antik davriga oid paxsadan o'rab olingan muhofaza devorining o'rni aniqlangan. Kohna shaharda olov ibodatxonasi faoliyat yuritgan.
Samarqand Sugdning antik davri san'at namunalari terrakotik haykalchalarda o'z aksini topgan. Qollarida hol meva, o'simlik, gullar yoki o'simlik ushlab turgan hosildorlik ayol ma'budalarining haykalchalaridan iborat. Ust bosh kiyim kechagi turli holatlarda tasvirlangan. Musiqa asoblari bilan tasvirlangan ayol va erkaklarning haykallari ham uchraydi.
Buxoroda antik davri yirik shahar markazlar yaxshi o'rganilmagan. Qishloq tipidagi manzilgohlarning ikki turi ajralib turadi. Qizilqir I Setaloq II, Romish manzilgohlari arxeologik jihatdan nisbatan yaxshi o'rganilgan yodgorliklari hisoblanadi.
Qadimgi Buxoro shahrining antik davrining qaysi bosqichida shakllanganligi togrisidagi aniq arxeologik ma'lumot yaxshi o'rganilmagan.
Janubiy Sugd hisoblangan Qashqadaryo vohasi ikki xil tabiiy-geografik sharoiti va relefidan iborat mikrovohalardan tashkil topgan. Bu o'lka moddiy madaniyatiga ko'ra umumiy va xususiy jihatlariga ega bo'lgan alohida arxeologik majmualardan tashkil etadi. Tog va tog oldi pastekisliklari iborat Qashqadaryo-ning yuqori oqimi va har tomondan dasht va cho'llar bilan o'ralgan uning o'rta oqimi hududlaridan tashkil topgan.
M.H.Isamiddinov, N.K.Krashennikova, R.H.Suleymanov, A.S.Sagdullayev, M.Е.Masson, S.K.Kabanov, S.Raimqulov, M.H.Hasanov, G.Ya.Dresvyankaya, A.V.Omelchenko va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari amaliy natijasida vohaning antik davr tarixidan darak beruvchi ma'lumotlar to'plangan.
Pahlaviy, yunon-rim va xitoy yozma manbalarida keltirilgan ayrim toponimlar (Nautaka, Ksenippa va Kish, Nikshapiya) zamonaviy tadqiqodchi olimlar tomonidan Qashqadaryo vohasining ma'lum hududlari bilan qiyoslangan. O'tgan asrning oxirlariga qadar antik davri yunon-rim mualliflari yozma manba ma'lumotlarida tilga olingan Nautaka va Ksenippa viloyatlari o'z davrida S.K.Kabanov tomonidan Kesh va Naxshab vohalariga qiyoslanib, u boshqa hududning qadimgi tarixi bilan shugullanuvchi boshqa olimlarlar tomonidan ma'qullangan.
Janubiy Sugdda antik davri yirik markazlaridan Еrqorgon yodgorligi arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan. U qudratli mudofaa tizimi va aniq rejaga asoslanib ikki kator mudofaa devori bilan mustahkamlangan. Ichki mudofaa devori 40 ga, tashqari mudofaa devori 150 ga maydonni o'rab olgan. Sitadel shaharistonning shimoliy qismida joylashgan bo'lib, 90x60 metr hajmda ark mudofaa devori mudofaa burjlari va shinaklar bilan kuchaytirilgan. Bu erdan mil.avv. III-IV asrlarga oid ma'muriy bino o'rni hamda III-IV asrlarga oid ibdatxona o'rganilgan. Ibodatxonaning markaziy toat-ibodat qilinadigan xonasi yirik hajmda bo'lib, ustunlari ostida yopilgan va uning devorlari haykalchalar va rang tasvirlar bilan bezatilgan. U erdan tutatqi idishlar, oyna, ilon va qurbaqa tasvirlari topilgan. Ibodatxona ko'rinishidan olov va suvga siginuvchilar uchun xizmat qilgan. Shuningdek, Еrqorgondan kulolchilik mahallalasining o'rni aniqlangan bolib, u ilk temir davri devori tashqarisida joylashgan.
Еrqorgonning tashqi devori V asrda shahar maydoning kengayishi bilan barpo qilinib, umumiy maydoni 150 ga. ga etadi. Tashqi shaharning shimoliy-garbida ko'cha bo'yida temirchilar ustaxonasi paydo bo'ladi. Ulardan temir eritish o'chogining o'rni, mahsulot tayyorlashga temir xom ashyolari topib o'rganilgan. Tashqi shahar muhofaza devorining har oltmish metrida barpo etilgan. Jami 60 ta muhofaza burjlari tashkil etadi. Ichki shahar mudofaa devorlari 24 metrli paxsa poydevor ustida IV asrlarda kayta tiklanadi. Devor tashqarisida yo'lakcha qoldirilgan. Tashqi devor xom gishtdan 8 metr qalinlikda barpo qilinib, 8 m yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan, iski devor esa paxsadan barpo qilingan. Shahar arki aloqada muhofaza devori va burjlariga ega.
Qarshi vohasidagi mil.avv. II-I asrlarda o'ziga xos yirik shahar markazi bu Qalai Zahoki Maron yodgorligida o'z aksini topgan. Bu uchta qismlardan iborat bo'lib ularning har biri alohida mudofaa devorlari bilan o'rab olingan. Uning umumiy maydoni 225 gektarni tashkil etib, ichki qala qismi 1 ga, ikkinchi xalqasi 43 ga.dan ortiq maydonni egallagan. Mudofaa devorlarida burjlar uchramaydi. Manzilgohning ikkinchi devorida IV-V asrlarda ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. Manzilgohning markaziy qalasida VII asrlarga oid kichik mulkdorlar qasri barpo etiladi. Ko'rinishdan manzilgoh ilk o'rta asrlar davrida shahar sifatida rivojlangan. R.H.Suleymanovning fikriga ko'ra yirik va o'ziga xos me'moriy-mudofaa an'anasiga ega shaharning Qarshi vohasida paydo bo'lishi Sirdaryoning quyi oqimida Chirikrabod madaniyatining inqirozga uchrashi natijasida Orolbo'yi saklarining Sogdiyonada siyosiy doirani egallashi bilan bogliq bo'lgan. Malumki, mil.avv. II asr Sirdaryoning quyi oqimi deltalarida ekologik inqiroz tufayli Babishmulla, Chirikrabod madaniyat inqirozga uchrab, u erdagi aholi turli joylarga ko'chishga majbur bo'ladi. Ularning bir qismi Parfiyaga, boshqa bir guruhi esa Sirdaryoning o'rta oqimi, ya'ni Toshkent vohasiga kelib joylashgan bo'lsa, boshqa bir guruhi Qashqadaryo vohasiga kelib o'rnashgan.
Qashqadaryo vohasining sharqida Kitob shahrining qadimgi o'rni 40 ga ortiq bo'lgan. Shaharlarning sitadeli (may. 1 dan ortiq) kulolchilar mahallasi aniqlangan. Ba'zi bir tadqiqotchilarning fikriga ko'ra qadimgi Kesh Qanglarining janubiy viloyati bo'lib, yozma manbalarda keltirilgan Qang-Susega togri keladi. Lekin Qashqadaryo vohasining Kushonlar davlati tarkibida bo'lgan, degan fikrlar ham mavjud.
Qashqadaryo vohasining sharqida Kitob shahrining qadimgi o'rni 40 ga ortiq bo'lgan. Shaharlarning sitadeli (may. 1 gektardan ortiq) kulolchilar mahallasi aniqlangan. Qadimgi Kesh Qanguy davlatining janubiy viloyati bo'lib, yozma manbalarda uning tarkibida keltirilgan beshta viloyatlardan biri - Si-sega qiyoslanadi. R.H.Suleymanov mazkur qiyosni boshqa tomondan ma'qullaydigan fikrni bildiradi.
Lekin, boshqa bir guruh olimlar Qashqadaryo vohasi Kushonlar davlati tarkibiga kirgan, degan fikrlarni ilgari surishga harakat qilishadi.
Xorazm. Nemis olimi Markvart (1901) Gekateyning “Parfiyaliklardan sharqda joylashgan xorasmiylar” haqidagi ma'lumoti va Akes daryosi togrisidagi hikoyasi va 16-satraplik togrisidagi ma'lumotlarni umumlashtirib, Katta Xorazm muammosini o'rtaga tashlaydi.
Strabon Arshakiylar sulolasiga asos solgan “parn-dahlar Meotida (Orol dengizi)ning narigi tomonida istiqomat qiluvchi dahlar o'lkasidan) quyi Sirdaryodan kelib chiqqanligin yozib qoldirgan.
Shuningdek, u Arshak Tiridatning Salavka II qo'shinlaridan qochib, apasiaklar (Xorazmning shimoliy qo'shinlari) huzuriga borganligi togrisida xabar beradi. Arshakiylar sulolasiga asos solgan aka-ukalar dastlab ma'lum darajada Xorazmga tobe bo'lgan Orolbo'yi dahlarining boshliqlari bo'lganlar, dahlar esa Tajang daryosi havzasiga ko'chib o'tgach, Xorazm etakchilik qilgan massaget birlashmasining madadiga tayanib, qo'zgalonni boshlab yuborganlar.
Xorazm hududidan milodning boshlariga oid old tomonida hukmdor tasviri va orqa tomonida esa tamga tushirilib zarb qilingan tangalar Qanguylarning vassali sifatida rivojlangan, degan xulosaga kelish mumkin. Beruniy keltirgan ma'lumotlarga ko'ra 305 yilda Xorazm afrigiylar sulolasi tomonidan mustaqil boshqarilgan.
O'lkaning bu davrga oid arxeologiyasi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi (XAEE) va boshqa ekspeditsiyaning ilmiy izlanishlar natijasida yaxshi o'rganilgan. Bu davr manzilgohlarining qadimgisi ahamoniylar davri shahar va qishloqlari taraqqiyotining etishi bilan bogliq. Antik davri jamiyati rivojlanishi o'lka ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallashishiga olib keladi. Natijada ularning markazi sifatida yirik shaharlarning rivojlanishi va yangilarining paydo bo'lishi sodir bo'ladi. Ilgari shakllangan Ko'zaliqir va Qalaliqir kabilardan tashqari Jonbosqala, Tuproqqala, Turpoqqal'a, Qariqizqala, Qoyqirilganqala, Hazorasp va boshqa shular kabi shahar turidagi manzilgohlar taraqqiy etadi. Xorazmning bu davrga oid kohna shaharlari O'rta Osiyoning boshqa hududlarinikidan shakli jihatdan keskin farq qiladi. Ularning ayrimlarida ark qismi mavjud. Shuningdek, shahriston mudofaa devori atrofida hayot shakllanmagan va shaharda kam hollardagina hunarmandchilik ishlab chiqarish mavjud bo'lgan. Keyingi yillarda Hazorasp xarobalarida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari davomida mazkur belgilarning ayrimlar shahar uchun xos ekanligi ma'lum bo'ldi. Umuman o'lkaning antik davrida ma'lum reja va mudofaa tizimi asoslangan shahar markazlar paydo bo'ladi. Yirik shahar markazlari uchun saroy va ibodatxona komplekslar, shahar ichkarisidagi uy-joy imoratlari xosdir. Xorazmning antik davriga oid Qoyqirilganqala nisbatan yaxshi o'rganilgan yodgorliklardan biri sanaladi. Unda o'tgan asrning 50-yillarida S.P.Tolstov tadqiqot ishlarini olib borgan. 42 diametrdan iborat aylana shakldagi minorasimon inshootdan tashkil topgan me'moriy majmua. Atrofi 9 ta minoradan tashkil topgan mudofa devoriga ega bo'lib, 8 metr balandlikda saqlanib qolgan. U mil.avv. IV-milodiy asrlarga oid ibodatxona-observatoriya vazifasini bajargan. Majmua xonalarining birida yirik xumlar joylashgan. Ibodatxonaning asosiy zallarida mahalliy ma'budalar haykalchalari topilgan. Shuningdek, haykal shaklidagi ossuariylar va sopollar sirtiga xojalik hisoblari bitilgan yozuv namunalari aniqlangan. Tuproqqala Xorazmning so'nggi antik davriga oid yodgorliklaridan sanaladi.