Darsning maqsadi: Urug`chilik tuzumi ravnaq topgan zamonda mavjud bo`lgan boshqarish organi harbiy demokratiya mohiyatini ochib berish.
Identiv o`quv maqsadlari: 2.1. Sinflar va davlatning tashkil topishida barcha xalqlar harbiy demokratiya davrini boshidan kechirganligiga baho beradi.
asosiy savol bayoni: Urug`chilik tuzumining buzilish davridagi siyosiy ustqurtmasi - harbiy demokratiya deb ataladi. Urug`chilik tuzumi ravnaq topgan zamonda mavjud bo`lgan boshqarish organlari xalq yig`ilishi, oqsoqollar kengashi, lashkarboshi harbiy demokratiya davrida qolgan, ammo ular o`z mohiyati jihatidan o`zgargan. Oqsoqollar kengashi yo`lboshchilari sud vazifalarini bajarganlar. Sud xalq ishtirokida bo`lgan. Yo`lboshchi diniy e'tiqodni nazorat qilgan.
Yo’lboshchi mansabiga eng boy patriarxal oila boshlig`i, dastlab muayyan bir muddatga keyinchalik umrbod saylab qo`yilgan. Ishlab chiqarish kengaya borgan sari uning tashkil etilishi va ijtimoiy tartiblar murakkablasha borgan, yangi odatlar va ijtimoiy funktsiyalar paydo bo`lgan. Bularni ijro etish uchun ko`proq bilimga, tajribaga ega bo’lish talab etilgan. Yo`lboshchida ana shunday kerakli tajribalar to`plana borgan. Ijtimoiy burchlarni bajarish iqtisodiy foyda keltira boshlagan jamoa rahbarida o`z bilimi va tajribalasini boshqalardan yashirib, ularni o`g`liga o`rgatishdan manfaatdorlik paydo bo`lgan.
Ota o`lgandan keyin jamoa yo`lboshchining vazifalarini ijro etishni uning bu ishda eng bilimli bo`lgan o`g`liga topshirgan. Shu tariqa ijtimoiy mansablar bir oila doirasida meros bo`lib qola boshlagan. O`sha zamonda urushlar tez-tez bo`lib turgan. Qo`shnilarning boyliklarini talon-taroj qilish uchun osonlik bilan tez o`ljalar olish maqsadida urushlar olib borilgan. Qabiladoshlarning tinchlik xotirjamligi ularning harbiy mahoratiga bog`liq bo`lgan. Urush vaqtida ular lashkarga rahbarlik qilishgan lashkar an'anaviy urug` qabilaga mansublik
belgisiga qarab tuzilgan lashkarboshining kuchli, botir, sadoqatli jangchilardan tuzilgan doimiy drujinasi bo`lgan. U ana shu janglar yordamida tobora ko`proq obro`ga ega bo`lgan. Boshliq drujina bilan birga talonchilik maqsadida bosqinlar qilgan. Bunday yurishlar harbiy texnikani rivojlantirishga, qabilaning harbiy tashkilot sifatidagi rolini oshirishga, qarindosh- qabilalarning ittifoqlarini tuzishga qishloqlarni hujumlardan himoya qilish maqsadida ularning atrofini tuproq g`ovlar, xandaqlar bilan mustahkamlashga imkon bergan.
urug`chilik tuzumining buzilishini, sinflar va davlatning tashkil topish davrini kechirgan barcha xalqlarda harbiy demokratiya bo`lgan. Gomer jamiyatida, podsholik davridagi Rim tarixida, skiflarda, keltlarda, germanlar va normandlarda harbiy demokratiya klassik shaklda mavjud bo`lgan.
Xususiy mulk va mulkiy tengsizlikning vujudga kelib kuchaya borishi qator o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Bu hol urug’ jamoa va qabilalar orasidagi munosabatlarni, ular orasida qator-qator kelishmovchiliklarni vujudga keltirdi. Bu kelishmovchiliklar esa qabilalararo urushlarni kuchayishiga sabab bo’ldi. Ilgari chegarani himoya qilish, o’ldirilgan urug’ a’zolarining xunini olish uchun urushlar olib borilgan bo’lsa, endilikda urush talonchilik, boylik orttirish va qo’lga kiritishning asosiy manbaiga aylandi. Urushda g’olib chiqqan qabilalar qo’lga tushurgan xazina, qurol, chorva va boshqa qimmat baho buyumlarni o’lja qilib olar, erkin aholini esa qul qilib haydab ketar edilar. aholi sonining orta borishi bilan esa yengilgan qabilalarning ekin yerlarini, ajoyb o’tloqlarini, hayvonot olamiga boy bo’lgan ov qilish maydonlarini ham tortib olar edilar. Talonchilik bosqinchi qabilalarga mashaqqatli meshnatdan ko’ra osonroq va xatto sharafliroq bo’lib ko’rinadi. Demak o’sha davrdagi harbiy yurishlar, harbiy tehnika va harbiy tashkilotlarni qayta qayta ko’rishni talab etar edi.
Jangovar va mudofaa ahamiyatga ega bo’lgan nayza, oybolta, cho’qmor, qilich, dubulg’a, qalqon, xanjar kabi qurollar o’sha vaqtlarda paydo bo’ldi va takomillasha borgan. Dushman hujumidan saqlanish uchun qishloqlarni atrofi qalin devor, ko’tarma va xandaq kabi mudofaa inshoatlari bilan ihota qilina boshladi.
Shunga muvofiq urush xaraktlari, uning taktika va strategiyasi o’zgarib murakkablasha boshladi. Aholining borgan sari zich bo’lib yashashi talonchilik urushlari, o’z-o’zini mudofaa qilish, qator ichki va tashqi sabablar hamma yerda qarindosh qabilalar ittifoqini tuzish zaruriyatini taqazo etdi. Qabilalar ittifoqi, ular orasidagi iqtisodiy -siyosiy va madaniy munosabatlar esa turli qabilalarning bir-biriga qo’shilib, aralashib ketishi natijasida jamiyatda yangi ijtimoiy shakl-xalqlar vujudga keldi. Dastlab harbiy yurishlari vaqtida qabila boshlig’ining o’zi barcha ishlarga rahbarlik qilgan. Lekin urush harakatlarining kuchayishi va urush texnikasining takomillashuvi natijasida alohida harbiy boshliqlar ajralib chiqa boshlaydi. Bu harbiy boshliq yoki lashkarboshi atrofida esa kuchli, botir epchil va sadoqatli jangchilardan tashkil topgan askarlari bo’lgan.
Qabilani tashqi dushmanlardan muvaffaqiyatli ravishda mudofaa qilish va talonchilik urushlari va harbiy sohada olib borilgan boshqa ishlar lashkarboshilarning obro’-e’tiborini oshirib yuboradi. Qo’shni qabilalar ustiga bosib borish, talonchilik urushlari natijasida hisobsiz o’ljalar va asirlar qo’lga kiritilgan. Shubhasiz bu o’lja va asirlar g’oliblar orasida taqsimlanib, boylik va asirlarning katta qismi harbiy boshliqqa tekkan. Shunday qilib g’olib kelgan lashkarboshilar va askarlar o’zga qabila va xalqlarni talash yo’li bilan boyib keta boshlaganlar.
Endilikda ilgarigi xalq lashkaboshi qabila uchun zarur bo’lgan mansabdor kishiga aylana boshlaydi. Xalq majlisi bo’lmagan joyda xalq majlislari paydo bo’lib, xalq majlisi, lashkarboshi, oq soqollar kengashi harbiy demokratiya deb atalmish tashkilotni tashkil etadilar. Xalq yig’inida 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar-ya’ni xarbiy yoshdagi
kishilar qatnashar edi. unda yo’lboshchini, demokratik muassasi hisoblangan xalq yig’ilishi va oq soqollar keggashi saylab qo’yar edi. Xarbiy demokratiyaning demokratik deyilishining sababi ham shundadir.
Xalq yig’ilishi harbiylar yig’ilishi ham edi. Unda xalq lashkarboshisining ta’siri kuchli bo’lib, endilikda urushning o’zi va urush olib borish uchun uyushish xalq turmushining muntazam funkstiyalariga aylandiki, shuning uchun ham u harbiydir. Harbiy demokratik tushunchasini tarix faniga olib kirgan kishi L.G.Morgan bo’lib, urug’chilik tuzumining so’nggi bosqichi davridagi jamiyatni boshqarish tashkilotini «harbiy demokratiya», deb atagan. Normanlar, qadimgi germanlar, keltlar, skiflar jamiyati, qadimgi Rimning podsholik davri va Gomer davridagi grek jamiyati harbiy demokratiyaning yorqin namunasi hisoblanadi. Shunday qilib, harbiy demokratiyaning vujudga kelishi talonchilik urushlari, qabilalararo- munosabatlar, savdo sotiq, ayriboshlashning kuchayishi xususiy mulkchilik, mulkiy tengsizlik, ijtimoiy tabaqalar va davlatning kelishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratdi.