Ibtidoiy jamiyat tarixi


asosiy savol: Matriarxatdan patriarxatga o’tish



Yüklə 281,48 Kb.
səhifə48/88
tarix19.11.2022
ölçüsü281,48 Kb.
#69869
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   88
Ibtidoiy jamiyat tarixi

asosiy savol: Matriarxatdan patriarxatga o’tish.


Darsning maqsadi: Ota urug`ining ona urug`i o`rnini olishi jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi bilan bog`liq bo`lganligini ko`rsatib berish.
Identiv o`quv maqsadlari: 3.1.Matriarxatdan patriarxatga o`tish ishlab chiqarish kuchlarining o`sishiga asoslanishini tahlil qiladi. 3.2.Patriarxal munosabatlar tarkib topishi bilan birga erkak avlodlaridan patriarxal oila paydo bo`lganligini biladi.

  1. asosiy savol bayoni: Plug dehqonchiligi, chorvachilik, kasbkorlik ovchiligi, ixtisoslashtirilgan baliq ovlash erkaklar mashg`uloti hisoblangan. Ular rivojlanishi bilan ortiqcha mahsulot kelib chiqqan, bular uning o`z mulki hisoblangan. Kosibchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi sababli ayolning ilgarigi uy xo`jaligidagi sohalari ham erkaklar mashg`ulotiga aylangan. Erkak boshqarishni qo`lga olgan. Ayol ijtimoiy ishlab chiqarishdagi rolini yo`qotib, jamiyatda va oilada birinchi o`rinni qishloq kengashi yig`ilishlarida ishtirok etishdan chetlashgan. Ayol erga chiqishda uning jamoasiga ko`chib o`tadigan bo`lib qolgan. Urug` ayolni yo`qotar ekan, uning uchun haq, ya’ni ishchi kuchi yo`qolayotgani uchun tovon to`lashni talab etgan. Shu tariqa xotinlarni sotib olish vujudga kelgan. Bunda xotin erining irodasiga tamomila bo`ysunadi. Ayollarni er jamoasiga mahkam berkitish uchun levirat va sarorat urf odatlaridan foydalanilgan.

Levirat - aka yoki uka o`lgan akasi yoki ukasining xotiniga uylanadi.
Sarorat - erkak agar o`lgan xotini uchun to`langan haqni qaytib berishni talab qilmasa, uning singlisiga uylanadi.
Xotin erining mulkini meros qilib ololmagan. Xotinning o`zi erining mulki hisoblangan. Erkak - oila boshlig`i, bolalar va xotin ustidan hukmron. Xotin uchun bir nikohlilik belgilab qo`yilgan. Er xotiniga bevafolik qilish huquqiga ega bo`lgan. (Erni dafn qilish marosimida xotinini o`ldirib, birga ko`mish tartiblari patriarxatning saqlanib qolgan belgilaridir).
Ayol ishlab chiqarishda muhim mavqeini egallab turganiga qadar oila urug` munosabatlarini matriarxal xarakteri saqlanib turgan. Uy xo`jaligida qullar mehnatidan foydalana boshlash natijasida bu xo`jalik ishi sharafli faoliyatdan qullik ishiga aylanib ayollarni qullik darajasiga tushirishga imkon bergan Endi erkaklar urug`ning doimiy yadrosini tashkil etgan. Uning opa-singillar va qizlari erga chiqqandan so`ng erining urug` guruhi va oilasiga ko`chib borib joylashgan. Qarindoshlik hisobi ota nasabidan yuritiladigan bo`lgan, endi oilaning mulkini bolalar meros qilib oladigan bo`lishgan. Ayol erining oqsochiga bola tug`ishning oddiy vositasiga aylangan. Chorvachilik qabilalriga xos xususiyatlardan biri erkak bilan ayolning ayni bir vaqtda ko`milishi bilan bog`liq bo`lgan juft mozorlarining uchrashidir. Matriarxat zamonida jinslarning alohida yashashi munosabati bilan erkaklar uyi bo`lgan.
Erkaklar uylanishi urug` jamoasining erkaklari yig`ilish joylari bilan ular bo`sh vaqtlarini shu yerda o`tkazishgan. Ittifoq kengashiga eng boy nufuzli odamlar kirgan.
Patriarxal munosabatlar tarkib topishi bilan birga erkak avlodlaridan patriarxal oila paydo bo`lgan. Oila jamoasi jamiyatning iqtisodiy yacheykasi bo`lgan. O`sib borgan katta oilada uy xo`jaligini boshqarish qiyinlashib borganda oila jamoasi qismlarga bo`lingan. Har bir qism vaqt o`tishi bilan, yangi patriarxal oilaga aylana borgan. Bir oilaviy jamoaning bo`linib ketishi natijasida tashkil topgan qarindosh patriarxal oilalar gruppasi patronimiya deyiladi. Patriarxal oilalar va patronimiyalarning jami patriarxal urug` jamoasini tashkil qilgan. Patriarxal urug`jamoasi xo`jalik yacheykasi bo`lmagan. Patriarxat matriarxat singari universal bosqichdir. Matriarxatdan patriarxatga o`tish ishlab chiqarish kuchlarining o`sishiga asoslanadi. Bu o`sish ilgaridan rivojlangan. Etnografik materiallar shuni ko`rsatadiki, muayyan taraqqiyot darajasiga yetgan har qanday xo`jalik asosidan masalan, ixtisoslashtirilgan ovchilik, baliq tutish xo`jaligi negizida ham ota urug`i vujudga kelish jarayoni sodir bo`ladi. Ovchilik bilan shug`ullanuvchi chukchalar patriarxatning relikt vakillaridir. Ularda mulkiy notenglik ro`y bergan. Yangi Gvineya papuaslari patriarxat bosqichida yashaganlar. Ularda sug`oriladigan polizchilik, cho`chqa podalari bo`lganligi, erkin odamlarning kambag`allar va boylarga bo`linganligi aniqlangan. Boylarning 40 tagacha cho`chqasi bo`lgan va bir necha xotin sotib olishgan.

Yüklə 281,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin