Ibtidoiy jamiyat tarixi


asosiy savol: Mezolitda mehnat qurollari texnologiyasining takomillashuvi va ovchilik unumdorligining oshishi



Yüklə 281,48 Kb.
səhifə44/88
tarix19.11.2022
ölçüsü281,48 Kb.
#69869
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88
Ibtidoiy jamiyat tarixi

asosiy savol: Mezolitda mehnat qurollari texnologiyasining takomillashuvi va ovchilik unumdorligining oshishi.


Darsning maqsadi: Mezolit davri odamlarining tabiiy sharoitlarga qarab turli tuman xo`jalik faoliyati bilan shug`ullanish imkoniyatlarini ochib berish.
Identiv o`quv maqsadlari: 4.1. Mezolit davrining mehnat va ov qurollarini tahlil qiladi. 4.2. Mezolit davrida iqlim va tabiatni izohlaydi. 4.3. Mezolit davrining manzilgohlari bilan tanishadi.
4-savol bayoni: Muzlik davrining tugashi bilan insoniyat tarixidagi eng uzoq davr - paleolit tamom bo`ldi va mezolitga o`tish boshlandi. Mezolitda (14-7 ming yil ilgari) iqlim flora va fauna asta-sekin hozirgi xarakterga kirgan. Iqlim o`zgarishi bilan mamont, serjun karkidon kabi yirik hayvonlar so`nggi paleolitda qirg`in qilib, haydab kelib ovlanish natijasida va o`zgargan iqlim ta'siri ostida butunlay yo`q bo`lib ketgan. Boshqa hayvonlar, masalan shimol bug`usi orqasidan shimol tomonga ketib qolganlar. Muzliklardan tozalangan yerlar asta-sekin o`rmonlar bilan qoplangan. Hayvonot olami ham o`zgarib borgan. O`rmon hayvonlari maydaroq, chopqir va poda bo`lib yashaydigan hayvonlar urchiy boshlagan. O`rmonlarda bug`u, los, yovvoyi cho`chqa, ayiq kabi hayvonlar uchrab borgan. Bu hayvonlarning ko`pchiligi chopqir va mayda bo’lgan. Ilgarigi usullar va qurollar bunday hayvonlarni ovlash uchun yaroqsiz bo`lib borgan.
Yangi ov sharoitlari irg`itiladigan, otiladigan qurollar va takomillashgan kamon va o`q-yoy ixtiro qilinishiga olib kelgan. Mikrolitlar 1-2 sm uzunlikdagi prizmatik, pichoqsimon
yoki o`tkir uchli shakldagi chaqmoq tosh buyumlar keng yoyilgan. Kesadigan, randalaydigan yoki sanchib teshadigan qurollar yasashda asosan yog`och va suyak soplarga vkladish sifatida, yoki yangi ov quroli-kamon va o`q uchun mikrolitlardan foydalanilgan. Mikrolitlar qurol-asboblar va qurol yarog`larning ish bajaradigan asosiy qismini tashkil etgan. Mikrolitlarga sop-dasta qo`yilavergan. Chaqmoq toshdan yasalgan qurollar yasash qiyin, sinsa tuzatib bo`lmagan. Kamon bilan o`qning ixtiro qilinishi odamning g`oyat katta muvaffaqiyati bo`lgan. Odamlarda tez otar, uzoqqa otadigan qurol mavjud bo`lgan. Bu qurol merganligi va nishonga o`q tekkizishi kuchi bilan nayzadan farq qilgan. Bumerang mezolit qabilalarining o`ziga xos ixtirosi bo`lgan. Bumerang- egilgan yassi shakldagi o`roqsimon irg`itma. Uning ko`zga arang tashlanadigan egilgan burama sirti bor bo`lib, uchib borish xususiyati shunga bog`liq. 150 metrgacha bo`lgan masofaga uchadi. Og`ir yarador qiladi. Bumerang - yer sharidagi ko`pgina qabilalarga ma'lum bo`lgan, ammo u Avstraliya mahalliy aholisining o`ziga xos qurolidir.
Texnikaning rivojlanib borish darajasi mezolit davri odamlarning tabiiy sharoitlariga qarab turli tuman xo`jalik faoliyati bilan shug`ullanishlariga imkoniyat bergan. Fauna o`zgarganligi sababli hayvonlarni o`rab olib ovlash ikkinchi darajali mashg`ulot bo`lib qolgan. Ovchilik yakka hayvonlarni qidirish tusiga kirgan. Kamon va o`qlar poda holida yashamaydigan chopqir hayvonlarni ovlashni osonlashtirgan, shuningdek ilgari odam ovlay olmagan qushlarni ovlash imkonini bergan. O`ljaning hammasi bir yo`la yeyilmagan. Yaralangan hayvonlar yoki ularning bolalarini olib qolganlar. Hayvonlarni qo`lga o`rgatish fikri tug`ilgan. It dastlabki uy hayvoni bo`lgan. Itni qo`lga o`rgatish oson bo`lgan, chunki odam nima bilan ovqatlansa u ham ovqat tashlandiqlari bilan ovqatlangan. Dastlab itdan go`sht uchun, keyin ov uchun, joydan-joyga ko`chish va manzilgohlarni qo`riqlash uchun foydalangan.
Muzlikning chekinishi va odamlarning joylashishi keyinroq yuz bergan Boltiq bo`yi mezoliti mingbi madaniyatiga to`g`ri keladi. Yevropaning ko`proq qismida mezolit azil va tardendaz arxeologik madaniyati bilan ko`rsatilgan. Afrikada, O`rta Osiyoda, Hindistonda va Avstraliyada ham mikrolit texnika bo`lganligi ko`rinadi. Paleolitga xos bo`lgan arxeologik madaniyatlarning aniq izchilligi mezolitda yo`q. Uning madaniyati territorial jihatdan cheklangan xususiyatga egadir. Azil madaniyati ilk mezolit uchun xarakterli madaniyatdir. Azilda ko`pgina qurollarning madlen tipi saqlanib qolgan. Lekin suyak qurollar kam uchraydi. Tardenuaz madaniyati manzilgohlariga qaraganda kamon o`qi uchlari mikrolitlar keyingi mezolitda ayniqsa keng tarqalgan. Azil qatlamlarida uy itining suyaklari topildi.
Boltiq bo`yi va Polsha madaniyati G`arbiy Yevropa madaniyatlariga o`xshashdir. Bushmenlar, vidlar, olovli yerliklar va boshqa qabilalar - mezolitning relikt vakillaridir. Bushmenlarning asosiy mashg`ulotlari itlardan foydalanib hayvonlar va qushlarni ovlashdir, termachilik va baliqchilik ikkinchi darajali bo`lgan.Mezolitda boshqa relikt jamiyatlarning ham xo`jalik rivojlanishi darajasi xuddi shunday bo`lgan. Tabiiy sharoitlariga qarab xo`jalik faoliyati quruqlikdagi hayvonlarni ovlashgan va yeyimli o`simliklarni yig`ishgan, dengiz hayvonlari, qushlarni ovlashgan, molyuskalarlarni yig`ishgan va baliq tutishgan.
Mezolit manzilgohlarda turar-joy qoldiqlari kamdan-kam ko`riladi, chunki ular juda yengil va kichik-kichik joylar bo`lgan. Mezolit manzilgohi o`z maydoni jihatidan paleolit manzilgohlaridan kichikroq bo`lib daryo bo`ylab, ko`pincha qumloq yerlarga joylashgan. Bu chayla-kapa shaklidagi vaqtincha turar joylari bo`lgan manzilgohlar edi. Baykal bo`yidagi mezolit chayla-kapalari, ularning poydevorlariga qarab aniqlanadi. Shoh-shabbalardan qurilgan chaylalar usti barglar, o`t-o`lan, po`stloq va hayvon terilari bilan yopilgan. Bushmenlar, olovli yerliklar va boshqa relikt qabilalar shox-shabadalardan chayla qurib ustini barglar, o`t-o`lan, pustlok va terilar bilan yopganlar. Chaylalar bilan bir qatorda kichik-kichik yerto`lalar mavjud bo`lgan. g`orlardan ham foydalanilgan. Mezolit manzilgohlaridagi jamoaga qarashli ko`p o`choqli uylarning yo`q bo`lib ketishi va ko`p qatlamlilikning sababi
shuki o`sha zamon odamlarining hayot sharoitlarini o`zgargan. Yangi ov qurollari va o`rmon hayvonlarini ovlashda yangi usulning paydo bo`lishi sababli uzoq yashash imkoniyati va katta birlashmalarga ehtiyoj qolmagan.

Yüklə 281,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin