Ibtidoiy jamiyat tarixi


-MAVZU. ILK URUG‘ JAMOASI



Yüklə 281,48 Kb.
səhifə41/88
tarix19.11.2022
ölçüsü281,48 Kb.
#69869
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88
Ibtidoiy jamiyat tarixi

8-MAVZU. ILK URUG‘ JAMOASI


Asosiy savollar:

  1. Urug‘ jamoa tuzumining vujudga kelishi.

  2. Ilk urug‘ jamoasi va uning xususiyatlari.

  3. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.

  4. Mezolitda mehnat qurollari texnologiyasining takomillashuvi va ovchilik unumdorligining oshishi.

Darsning maqsadi: Galaning urug` jamoasiga aylanishi ishlab chiqaruvchi kuchlarining o`sishi va shu bilan belgilanadigan ishlab chiqarish munosabatlarining o`zgarishi bilan bog`liqligini tahlil qilish.

1-asosiy savol: Urug‘ jamoa tuzumining vujudga kelishi.


Identiv o`quv maqsadlari: 1.1. Urug`ning kelib chiqishi ibtidoiy jamoa tarixi fanidagi eng qiyin masalalardan biri ekanligini izohlaydi. 1.2. Ibtidoiy galaning urug`ga aylanishi jarayoni mohiyatini ochib beradi.

  1. savol bayoni: Urug`ning kelib chiqishi masalasi- ibtidoiy jamoa tarixi fanidagi eng qiyin masalalardan biridir.

So`nggi paleolit davrida hozirgi jismoniy qiyofadagi odamlar shakllanadilar. Tikka yurish, o`ng qo`l bilan ish harakat qilish va tafakkurning rivojlanishi, aniq nutqning o`sishiga imkon bergan mehnat faoliyatining to`xtovsiz murakkablashuvi bilan, go`shtli ovqat salmog`ining tobora oshuvi, gala a'zolarining orasida jinsiy munosabatlarning cheklanishi, yaqin qarindosh bilan jinsiy aloqada bo`lishning bartaraf etilishi, ya'ni nikohda ekzogamiya (tashqari nikoh) tartibining joriy qilinishi bilan bog`liqdir. Ekzogamiyada bir gurux odamlar kollektivining erkaklari bilan boshqa odamlar kollektivining ayollari nikohlangan.
Arxeologlar manzilgohlarda turgan odamlar soni haqida ular o`rnashgan maydon va turar joylarning katta-kichikligiga qarab fikr yuritadilar. Ularning aniqlashlaricha har qaysi turar joyda kamida 50 odam yashagan, manzilgohlarda ikki yoki uch turar joy bo`lgan. Demak manzilgohlarda 100-150 odam yashagan. Keyingi paleolitda mustahkam o`troqlik, ovchilik ayniqsa, hayvonlarni o`rab ovlash, katta turar-joylar qurish katta odamlar guruxlarining ko`p kuch g`ayrat sarflashini talab etgan. Birgalikdagi mehnat faoliyati, umumiy turar joy, nisbiy o`troqlik kollektiv a'zolarining jipslashuviga va qarindoshlik keyingi paleolitda faqat biologik omil sifatida mavjud bo`lib qolmay, balki butun urug`chilik jamiyati davomida katta rol uynagan ijtimoiy hodisaga aylangan. O`sha davrda qarindoshlik haqidagi tushuncha faqat odamlar o`rtasidagi jismoniy qarindoshlik emas, balki kollektiv iqtisodiy va ijtimoiy birligining ifodasi bo`lgan. Qarindoshlik gurux qarindoshligi sifatida anglab olingan. Totemizm odamlar guruhlarining o`z nomi bilan bog`liq bo`lgan hayvonlar,
o`simliklar va baliqlarning biron bir g`ayri tabiiy qarindoshlik bog`lanishiga e'tiqodida aks etgan.
Keyingi paleolitda ayollarning haykal shaklidagi tasvirlarining tarqalishi olimlarning fikricha oila-urug munosabatlarida onalik davri boshlanishining badiiy gavdalanishidir. O`sha davrda mavjud bo`lgan guruh holidagi nikohda otalik ma'lum bo`lmagan va u hali ijtimoiy ma'noda tan olinmagan. Ayol-ona urug`ini bosh onasi hisoblangan, bolalar uning tevaragida to`plana borgan. Ekzogamiya nikoh tartibining paydo bo`lishini izohlaydigan ilmiy farazlar ko`p bo`lsa ham, uning yuzaga kelish muammosi hali tamomila oydinlashtirilgan emas. Tadqiqotchilar bolalik chog`ida birga yashaydigan odamlar o`rtasida jinsiy maylning yo`qligi sababli ekzogamiya tartibi o`rnatilgan deb hisoblaydilar. Morganning fikricha dastlab ota- onalar bilan bolalar, keyinroq aka-ukalar bilan opa-singillar orasidagi nikoh man qilingan.Masalan: bolalik chog`laridan boshlab birga yashaydigan odamlar o`rtasida jinsiy maylning yo`qligi sababli yoki yaqin qarindosh bilan jinsiy aloqada bo`lishdan saqlanishga intilish sababli ekzogamiya tartibi o`rnatilgandir, yoki bir kollektiv a'zolari o`rtasida ayollar tufayli yuz beradigan to`qnashuvlarning oldini olish vositasi bo`lgan, chunki tartibga solinmagan jinsiy munosabatlar doimiy janjal va to`qnashuvlarga olib kelar edi, bu esa kollektivning normal xo`jalik faoliyatini buzar edi.
Ekzogamiya paydo bo`lishi bilan gala o`rnini urug` va dual-urug` (lotincha dio-«ikki») endogamiya (grekcha-ichki nikoh) tuzilishi egalladi. Shu bilan birga ayrim olimlarning fikricha galaning ikkita teng ekzogamiyaga bo`linishi natijasida ana shu endogamiya tuzilishi vujudga kelgan, ikki qo`shni galaning birlashuvi yuz bergan. Bu hanuz munozarali masala bo`lib turibdi. Ekzogamiya tartibidagi nikoh mavjud bo`lganida jinsiy munosabatlar dual urug` tuzilishi ichida ya'ni ikki muayyan urug` a'zolari o`rtasida amalga oshirilgan. Bunday nikoh tartibi endogamiya deb ataladi.
Avstraliyaliklarning ayol tomon qarindoshidan tashkil topgan ikki nikoh sinfi ekzogamiyaning arxaik shakli hisoblanadi. Nikoh guruh holda, xotinlar bilan erkaklarning o`zaro umumiyligi bo`lgan. Shunday nikoh tartibi sharoitida bir sinfning barcha ayollari boshqa sinf erkaklarining real yoki potentsial(yashirin) xotinlari hisoblangan.
Avstraliyaliklarning ikki sinfli nikoh sistemasida bolalar ona sinfida qoldirilgan, demak, qizlar o`z otalarining xotinlari bo`lib qolish ehtimoli mavjud bo`lgan. Bunday jinsiy aloqada bo`lish to`rt sinfli nikoh sistemasida istisno qilingan. Ba'zi bir avstraliyalik qabilalarda to`rt nikoh sistemasida bolalar ota-onalar sinfiga kirmas edi. Ular buvilari va bobolari sinfiga qo`shib qo`yilar edi.To`rt sinfli nikoh paydo bo`lgach ota-onalar bilan bolalar, shuningdek ota tomonidan amaki va jiyan o`rtasidagi nikoh bartaraf etilgan.Bu esa gruppa holidagi nikohni tartibga solishda ikkinchi qadam bo`lgandir. Ammo nikoh baribir gruppaviy bo`lib qolavergan. Nikoh munosabatlariga aloqador shakllar doirasini torayishidagi keyingi qadam ehtimol ota tomonidan amakivachchalar va xolavachchalar o`rtasidagi jinsiy munosabatlarning man qilinishidan iborat bo`lsa kerak, bunday taqiqlash sakkiz sinfli nikoh sistemasiga ega bo`lgan avstraliyaliklarda ko`rsatiladi.
Birlashgan ishlab chiqarish kollektividan iborat bo`lgan urug` faqat ekzogamiya xususiyati bilangina xarakterlanib qolmaydi, uning boshqa belgilari ham bor. Urug`da kollektiv mehnat hukmronlik qiladi. Turar-joylar va ularning atrofidagi xo`jalik xususiyatlariga qarab umumiy mehnat samaralari butun kollektivniki bo`lgani va ulardan birgalikda foydalanilgani aniqlangan. Shunday qilib urug` qon-qarindoshlardan iborat xo`jalik kollektivi bo`lib, unda birgalikda ishlab chiqarish mavjud. Ishlab chiqarish vositalari va iste'mol mahsulotlarining umumiy mulkligiga ega bo`lgan urug` - bu ekzogamiya nikoh tartibi va qarindoshlikning bir tomondan (ota yoki ona) hisoblanishi bilan, ijtimoiy hayotdagi demokratik tartiblari bilan ta'riflanadi.
O`sha davrda muvaffaqiyatli ovchilik va nisbiy o`troqlik tufayli turar joylar ilgaridek faqat noqulay tashqi sharoitlardan saqlanish uchun xizmat qilmay, balki xo`jalik
mahsulotlarini saqlash joyi ham bo`lgan. O`ldirilgan hayvonlarning nimtalangan butun tanalari manzil joyiga keltirib qo`yilgan. Ayol ovchilik mahsulotlaridan foydalanish ishi bilan shug`ullangan. O`rtoqlik bilan bog`liq bo`lgan hamma ishlar: turar joyga, o`choqqa qarash, bolalarni parvarish qilish, mahsulotlarni saqlash, ovqat pishirish kiyim-bosh tayyorlash ayol zimmasida bo`lgan. Ayollar urug`ning asosiy qismini tashkil qilgan va umumiy turar joylarning egalari bo`lgan. Bunday sharoitda dastlabki urug` faqat ona tomon qarindoshligiga asoslanishi mumkin edi.

  1. Yüklə 281,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin