Ibtidoiy jamiyat tarixi



Yüklə 281,48 Kb.
səhifə46/88
tarix19.11.2022
ölçüsü281,48 Kb.
#69869
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   88
Ibtidoiy jamiyat tarixi

asosiy savol bayoni: Neolitning umumiy xronologik doiralarini ko`rsatish imkoniyati yo`q, chunki bu davr turli joylarda turli vaqtlarda tugaydi. Yevropa va Osiyoda ilk neolit yodgorliklarining ko`p qismi er.av. V ming yillikka oid deb ko`rsatiladi.

Neolitdagi iqlim sharoitlari flora va fauna hozirgi zamondagiga yaqin bo`lgan. Neolit keramikaning paydo bo`lishi va toshga ishlov berishning yangi ancha yuksak texnikasi bilan, o`zlashtiruvchi xo`jalik formalaridan ishlab chiqarish formalarga o`tilishi bilan xarakterlanadi.
Neolitda toshga ishlov berishning ilgarigi usullari toshni chiqib yo`nish sindirish bilan bir qatorda odamlar toshni silliqlashga, arralashga va parmalashga o`tishgan. Shuning uchung neolitni silliqlangan tosh asri ham deb atashadi. Neolitda suyak va shoxga ishlov berish texnikasi oldinga siljigan. Bularning hammasi ancha takomillashtirilgan maxsus tosh va suyak qurollar yaratishga imkoniyat bergan. Neolitda boltalar, yo`ng`ich-tarashlagichlar uskunalar, o`roqlar, don yanchgichlar, o`g`irlar, o`g`ir dastalari, tosh suyak motigalari keng tarqalgan. Kamon o`qlari va nayza uchlari yanada takomillashtirilgan. Neolitda ayniqsa bolta katta ahamiyatga ega qurolga aylangan. Daraxt kesish, turar joylar qurishda sollar, qayiqlar yasashda qo`llangan. Avval boshda butunligicha yo`nilgan, faqat dami silliqlangan bolta, keyinroq esa batamom silliqlangan bolta muhim ahamiyatga ega bo`lgan. Neolitda chaqmoq toshning yer usti zaxiralari kamaygan. Uni yer ostidan qidirish boshlangan. Angliya,
Frantsiya, Belgiya, Sobiq SSSR territoriyasidan chaqmoq tosh konlari qidirib topilgan. Shaxtalardan ponalar, belkuraklar, kirka, qora chiroqlar topilgan.
Neolit davri toshga ishlov berish yangi texnikasining egallanishi bilan bir qatorda, yana bir muhim texnika yutug`i loydan pishirib sopol idishlar yasalishi, keramika bilan harakterlanadi. Sopol siniqlari ilk va keyingi neolit manzilgohlarida uchraydi. Sopol idishlarni ixtiro qilish yo`llari turli xil bo`lsa kerak. Kulolchilik to`qima idishning hamma tomoniga loy yopishtirishidan loy parchasini chuqur qilib o’yishdan iborat bo`lgan. Bu ishlar dastlab charxsiz bajarilgan, shu sababli sopol idishlar qo`pol, xunuk bo`lgan va maxsus chuqurga o`tkazilgan. Sopol idishlarning ishlatilishi oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibini kengaytirishga, ovqat pishirish va uni saqlashga imkon bergan. Sopol idishni ayollar ixtiro etishgan. O`troqlik sopol idishlarni turmushda keng ko`lamda ishlatish uchun zamin bo`lgan, chunki boshqa joyga ko`chishda idish tashish og`ir bo`lar edi. Rivojlangan kulollik ham o`z navbatida o`troqlikni mustahkamlashga yordam bergan va manzilgohlardan qishloq-qishloq bo`lib yashashga o`tish imkoniyatini tug`dirgan.
Neolitda to`qish-o`rish va to`quvchilikka asos solgan savat, bo`yra, arqon, to`r, to`rva xalta, kamar, oyoq kiyim, bosh kiyim, idishlar va hokazo. O`rish-to`qish uchun xivich- novdalari, soch, teri tilimlari, yog`och tolasi ishlatilgan. Tollarni o`rish yigirishni boshlab bergan dastlab qo`l bilan, so`ngra charxli urchuq yordamida yigirishgan. Keyinroq oyoq charxlaridan foydalanilgan. Yigirish rivojlanishi bilan to`quvchilik va oddiy to`quv dastgohlari paydo bo`lgan. Qichitqi o`t tolasi, daraxt po`stlog`i tolalari, yung, yovvoy zig`ir poyalardan foydalanilgan.
Neolitdagi turar joylar yer to`lalar, xodalardan tiklangan bostirmali yarim yer to`lalar, hayvon terilaridan qilingan uylar, novdalardan urib tiklangan va loy bilan suvalgan devorli joylar, yog`och uylar svaya imoratlari va namat o`tovlardan iborat bo`lgan. Svaya (qoziq oyoq) imoratlari ko`llar, dengizlar qirg`oqlarida qoziqlar ustiga qurilgan. Bunday uylar va turar joylar butun boshli qishloqlarni tashkil etgan. Shunga o`xshash imoratlar yaqin o`tmishda mavjud bo`lib, hozirgi zamonda ham ba'zi xalqlarda bor. Ibtidoiy svaya turar- joylari birinchi marta Shveytsariyadagi Syurix ko`lining sayozlanib qolgan yerida, Shimoliy Italiya, Janubiy Germaniya, Avstriya, Angliya, Shvetsiya va sobiq SSSRda topilgan. Svaya imoratlarida insoniyat tarixida birinchi yog`och mebel: skameykalar, stollar sandiqlar paydo bo`ldi.
Neolit madaniyatlari darajasiga qarab va xo`jalik rivojlanishining yo`nalishlariga qarab bir-biridan farq qilinadi. Neolitda ovchilik, baliq ovlash va terib-termachlab ovqat topish takomillasha boradi, yanada uyushqoqroq mashg`ulotlar bo`lib qoladi.
Ancha yuqori xo`jalik formalari bo`lgan chorvachilik va dehqonchilikka o`tish mehnat qurollarining rivojlanishidagi yutuqlar va ishlab chiqarish tajribasini ortirilishi bilan bog`liqdir.
O`z holicha o`sadigan boshoqli o`simliklarni terib-tarmachlab ovqat topishdan oddiy (ibtidoiy) dehqonchilikka o`tilardi. Odamlar o`simliklarni kuzatib, uni ekib ko`paytirib, hosil olish mumkinligi to`g`risida xulosaga kelganlar. Dehqonchilikni ayollar ixtiro qilgan, ba'zi bir tadqiqotchilar natuf madaniyatida dehqonchilik elementlarini topishib, dehqonchilikning boshlanishini keyingi mezolitga mansub deb hisoblashadi. Natufliklar ovchilik, termachilik bilan shug`ullanishgan. Keyingi mashg`ulot kuchli rivojlangan. Ibtidoiy dehqonchilik haqidagi e'tiroz qilib bo`lmaydigan ma'lumotlar bir xil rayonlarda ilk neolitga boshka rayonlarda rivoj topgan neolitga taalluqlidir. Dastlabki dehqonchilik cheklangan xarakterga ega bo`lgan. Bir yoki ikki xil ekin o`stirish uchun kichik yer maydonlari ishlangan.
Qurollar oddiy bo`lib, dehqonchilik faqat yaroqli yerlardagina vujudga kelgan. Dajla, Frot, Nil, Xind va Xuanxe daryolari vodiylari shunday rayonlar bo`lgan. Bu daryolar toshib, yerlarni o`g`itlagan va sug`organ. O`rmonzorlar orasida yerlar ochilgan. Odamlar yerlar oriqlanishi va begona o`tlar ifloslanishigi qarab, eski tomorqalarini qoldirib, yangi yerlar
o`zlashtirganlar. yer tomorqalarini yovvoyi hayvonlardan g`ov tutib ximoyalagan. Eng qadimgi dehqonchilik quroli o`tkir uchli tayoq qazgich bo`lgan, keyinroq yassi uchli tayoqlar va motiga paydo bo`lgan.
Hayvonlarni qo`lga o`rgatish odamlar ovlab kelgan xuddi o’sha hayvonlarni urchitish natijasida ovchilikdan chorvachilik vujudga keldi. Hayvonlarni qo`lga o`rgatish, keyinroq esa ko`p ming yillar davomida odamlar ovlab kelgan xuddi o`sha hayvonlarning urchishi natijasida ovchilikdan chorvachilik vujudga kelgan. Xonakilashtirish juda qiyin va uzoqqa cho`zilgan. yer yuzidagi 140 mingga yaqin hayvon turidan 47 turi xonakilashtirilgan xolos. Hayvonlarni qo`lga o`rgatish mezolitda boshlangan. Itdan keyin cho`chqa, qo`y, echki qo`lga o`rgatilgan. Keyin qoramollar, undan keyin ot. Chorvachilik va dehqonchilikning vujudga kelishi odamning birinchi eng katta ishlab chiqarish g`alabasini ko`rsatadi. Endi go`sht, don, sabzavot shaklida doimiy ovqat paydo bo`ldi.
Neolitda xalqlarning ko`pchiligida dehqonchilik va chorvachilik yetakchi xo`jalik bo`lmagan,ular yordamchi ahamiyatga ega bo`lgan. Avval boshda butun urug` a'zolari xo`jalikni birgalikda boshqarishgan. Keyin neolit davrida esa uni urug`ining ona oilalari yoki xonadon jamoalari boshqaradigan bo`lgan, chunki ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sishi va mehnat unumdorligi osha borishi orqasida xo`jalikni butun urug`ning birgalikda idora qilishga zarurat qolmagan. Onalik katta oilalari ona tomonidan ayrim uyda yashaydigan ammo urug` hayotidagi umumiy qonun qoidalariga bo`ysunadigan to`rt besh avlodning qarindoshlarini birlashtirgan.
Erkaklar daraxt va butalardan tozalangan yer ochganlar. Undan keyin ayollar va bolalar yerni yumshatishgan. Ayollar sabzavot ekishgan. Polizni parvarish qilishgan, hosilni terib olishgan va saqlashgan. Qabila yerlari urug` o`rtasida, urug` yerlari esa xonadon jamoalari o`rtasida bo`lingan.
1964 yilning kuzida O’zbekiston Fanlar akademiyasining korrespondent a'zosi, professor Ya.Q.G’ulomov boshchiligidagi arxeologik ekspeditsiya qadimgi Maxondaryo vodiysida (hozirgi Buxoro viloyati) ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi. Ana shu arxeologik qazishlarning birida kichkina bir tosh asbob topiladi29. Bu g’alati asbob yapaloq, yoysimon shaklda bo’lib, og’irligi 125 gramm kelardi. Uning pastki qismi yapaloq shaklda bo’lib, o’zi cho’ziqroq edi. Yuqori qismining o’rtasida kichkina o’yig’i ham bor. Bu kichkinagina toshning qanday qurol ekanligini va uni kimlar ishlatganligini aytib berish uchun gapni xiyla uzoqdan boshlashga to’g’ri keladi. Shimoliy Amerikaning janub qismida joylashgan Meksika davlatining Yukatan, Kampeche shtatlarida hamda «Britaniya Gondurasi»da Mayya nomli hindi qabilalari yashardi.
Mayya hindilari yashagan va yashayotgan joylarda olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida yorqichoq (qo’l tegirmon), turli xil sopol idish parchalari va kichik-kichik haykalchalar kabi talay asbob va buyumlar topilgan. Sopol idish parchalarida har turli naqsh- gullar bor. Ba'zilari sariq, qora, qizil va boshqqa ranglarga bo’yalgan. Bu narsalar ibtidoiy davrlarda yashagan qadim mayya qabilasining ancha rivojlangan madaniyatidan va turmush sharoitlaridan darak beradi. Mayya hindilari neolit davrida, ya'ni eramizdan avvalgi ikki minginchi yillardayoq makkajo’xori, qovoq va qalampir ekishni bilishgan. Mayya hindilari hayotidagi bu rivojlanish Yangi Dunyodagi (ya'ni Amerika qit'asidagi) boshqa hindi qabilalariga qaraganda juda tez sur'atlarda davom etib borgan. Ular birinchi bo’lib o’z yozuvlariga ega bo’lishgan. Keyinchalik fani, madaniyati, arxitekturasi, xo’jaligi yuksalgan mayya davlati vujudga kelgan.
Mayya davlatining rivojlangan davri eramizning X asriga to’g’ri keladi. Zamonlar o’tishi bilan va, ayniqsa, qabilalar o’rtasidagi o’zaro urushlar natijasida mayya davlati
ag’dariladi. Xususan ispanlarning bosqinidan keyin mayya qabilasining ilgarigi dovrug’idan asar ham qolmaydi. Biz mayya hindilarining ibtidoiy davrlarda dehqonchilik bilan shug’ullanishganini yuqorida eslatib o’tdik. Dehqonchilik bilan bir qatorda ovchilik ham ularning asosiy kasbi hisoblangan. Mayya hindilari uzun va o’tkir nayzalar bilan ov qilishtan. Nayza uzoqdagi ovga tez, aniq va zarb bilan tegsin uchun, uning bir tomoniga toshdan yasalgan tig’dor uchlik mahkamlaganlar, ikkinchi tomoniga esa yapaloq qilib ishlangan kichkina tosh bog’laganlar. Mayya hindilari ana shu yapaloq toshni o’z tillarida atlatl deb atashgan.
Qadimgi Maxondaryo vodiysida, ya'ni hozirgi Buxoro hududi qorako’l rayonidan 40 kilometr shimoli-g’arbda joylashgan Kattatuzkon yonidagi 1-Darvozaqir degan joyda ekspeditsiya tomonidan qazib topilgan mazkur tosh qurol tekshirish natijasiga ko’ra, ana shu atlatlning aynan o’zi ekan30.
Tabiiyki, Amerika qit'asi bilan O’rta Osiyo o’rtasida hech qanday madaniy aloqa bo’lmagan va bo’lishi ham mumkin emas edi. Binobarin, atlatlning Buxoro yaqinida topilishi bir-biridan juda uzoq bo’lgan qabilalarning taraqqiyot darajasi bir xil bo’lganligini ko’rsatadi. Zotan arxeologik topilmalarning bir-biriga o’xshashligi tez-tez uchrab turadigan holdir. Masalan, Sudanda 1944-1945 yillarda A.Ya.Arkel tomonidan Xartum yaqinidagi qadimgi manzilgohda olib borilgan qazish ishlari bu manzilgohning bir necha qatlamlardan, ya'ni tosh asrining oxirgi davridan (yuqori paleolitdan) boshlab, o’rta asrlarning oxirlarigacha vujudga kelgan qatlamlardan iborat ekanini ko’rsatdi. Shu manzilgohning yangi tosh davriga oid qatlamidan topilgan sopol idishlar va ularga solingan gullar bizdagi Kattatuzkon manzilgohidan topilgan sopol idishlar va ularga solingan gullarga o’xshaydi. Lekin bundan, O’rta Osiyo bilan Shimoliy Afrika o’rtasida eramizdan oldingi to’rt minginchi yillarda madaniy aloqa bo’lgan, degan xulosa chiqmaydi, albatta. Bu, umuman, yangi tosh davrida yer yuzining turli joylaridagi taraqqiyot darajasi bir-biriga ancha yaqin bo’lganini bildiradi, xolos. Tarixdan ma'lumki, mezolit davridan keyin neolit davri, ya'ni yangi tosh davri boshlangan. Bu vaqtga kelib, endi, muz davri tugaydi va ob-havo sharoitlari ham hozirgi davr ob-havo sharoitlariga ancha yaqinlashib qoladi. Arxeologlar bu davrni «Neolit revolyutsiyasi» davri deb ataganlar. Darhaqiqat, bu davrda kishilik jamiyatida tub burilishlar ro’y bergan, katta-katta yutuqlarga erishilgan. Masalan, odamlar endi sopol ishlashni bilganlar, tosh
boltadan keng foydalanganlar.
Eramizdan avvalgi besh minginchi yillarda O’rta Osiyoda yashagan mezolit davri qabilalari ikki gruppaga bo’lingan. Bu gruppalardagi xo’jalik taraqqiyoti bir-biridan keskin farq qilgan.
Birinchi gruppaga Kopetdoh etaklarida va, umuman, dehqonchilik uchun qulay bo’lgan yerlarda yashagan qabilalar kiradi. Ular mezolit davrida ovchilik va baliqchilik qilishgan. Yangi tosh davriga kelib, bu qabilalar asta-sekin dehqonchilikka o’tishgan. V.M.Masson boshliq bir gruppa olimlarning aniqlashicha, mezolit davrining oxirlarida Kopetdoh etaklarida yovvoyi bug’doy va arpa o’sgan. Odamlar ularni tamaddi qilib kun kechirishgan, keyinchalik o’zlari ham bug’doy va arpa eka boshlaganlar. Natijada dehqonchilik asosiy kasb bo’lib qolgan. Endi tosh qurollar o’rnini asta-sekin jez va temir qurollar ola boshlagan.
Ikkinchi gruppaga O’rta Osiyoning cho’l qismida va, umuman, dehqonchilik qilish mumkin bo’lmagan yerlarida yashagan qabilalar kiradi. Ular, asosan, baliqchilik va ovchilik bilan shug’ullanishgan.
Yangi tosh davrida Zarafshon daryosining quyi oqimida yashagan qabilalar ham, xuddi shu xilda, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanishgan. Bu qabilalarda mezolit davridan meros qolgan mehnat qurollari uzoq yillar saqlanib qolgan.
Eramizdan oldingi 4-3 minginchi yillarda ana shu Maxondaryo havzasi ko’llari, to’qayzor va qamishzorlari ko’p bo’lgan ko’rkam bir vodiy edi. Bu vodiyda hayot barq urgan: qadimgi odamlar har xil hayvonlarni ov qilib, ko’llarda baliq tutib kun kechirishgan. Yangi tosh davridagi odamlar, asosan, shu sersuv ko’llar bo’yida, qisman daryo bo’ylarida chayla qurib yashaganlar. O’sha qadimgi daryo va ko’llar o’rnida hozir suv yo’q bo’lib, vodiy taqir cho’lga aylangan. Kattatuzkon degan joy o’sha yerlardagi qadimiy ko’l o’rnidir.
Zarafshonning quyi oqimi hisoblangan ana shu joylarda yashagan qadimiy qabilalar asosan tosh, suyak va yog’och qurollar ishlatishgan. Ular chaqmoq toshdan foydalanib, o’q uchlari, boltalar, pichoqlar, qirg’ich, bigiz va parmalovchi qurollar yasaganlar. Yangi tosh davridagi Kattatuzkon manzilgohidan ana shunday o’q uchlarining ko’plab topilishi o’q-yoyning qadimgi katta tuzkonliklar uchun kerakli qurollardan biri bo’lganligini ko’rsatadi. Ikkinchi tomoniga atlatl bog’lanadigan nayzalar ham Kattatuzkon atrofida yashagan qadimiy ajdodlarimizga mehnat quroli sifatida katta ish berganligi shubhasizdir31.



  1. Yüklə 281,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin