Darsning maqsadi: Ibtidoiy odamlar bilimlarining darajasi haqida ma'lumotlar berish. Identiv o`quv maqsadlari:4.1. Ibtidoiy odamlarning geografik bilimlariga baho beradi. 4.2. Botanika-zoologiya, meditsina sohasida boshlang`ich bilimlarni tahlil qiladi. 4.3. Hisoblash va yozuvning eng dastlabki shakli haqida fikr yuritadi.
4-asosiy savol bayoni: Etnografiyaga ma’lum bo’lgan Avstraliya, Janubiy Amerika, Afrika va boshqa joylarda istiqomat qiluvchi xilma-xil qabilalar o’zlari yashab turgan joydagi hayvonlar va o’simliklar dunyosini yaxshi biladilar. Ular tilida har bir hayvon va o’simlikning o’z nomi bo’lgan. Bugina emas ular loy, tuproq va qum ustida qoldirilgan izlar qaysi hayvonga xos ekanligini osonlik bilan aniqlaganlar. Ularga o’sha yerda yashaydigan hayvonlarning fe’l-atvori ham yaxshi ma’lum bo’lgan. Xuddi shunday-kuzatuvchanlik ibtidoiy odamlarga ham xos bo’lganligi shak-shubhasizdir.
Shak-shubxasiz ibtidoiy kishilar «oltin davrda» emas, juda og’ir sharoitda yashagan. U davrda kasallik keng tarqalib, kishilar 35-40 yoshdan nariga o’tmay o’lib ketishgan. Lekin inson kasalini oldini olish choralarini ham qidirgan. Bu esa dastlabki, sodda tabobat ilmining kelishiga sabab bo’lgan. Qiyosiy etnografik materiallar shuni ko’rsatadiki hozir yer yuzining turli yerlarida yashayotgan qoloq qabilalar kasallarni davolashda xalq tabobatidan keng foydalanadilar. Ibtidoiy davr tabiblari muolaja qilishning oddiy usullarini qo’llab chiqqan, singan suyaklarni joylash, jarohatni davolash va og’rigan tishlarni sug’irib tashlashni bilganlar. Undan tashqari ibtidoiy kishilar shamollash, ilon chaqqanni davolab ba’zi sodda xirurgik operastiyalarni bajarganlar. Lekin xirurgiyada sodda tibbiy usullaridan tashqari davolashning vaxshiy usullaridan foydalanganlar. Bosh og’rig’ini kalla suyagini kesib ochish yo’li bilan davolashga urunganlar. Ibtidoiy tabobatda silash, uqalash, issiq, sovuq kompres va bug’li xammomdan keng foydalanilgan. Ibtidoiy kishilar tabiiy davolash vositalaridan foydalanish bilan bir qatorda, maxsus tayyorlangan tarkibiy qaynatma, suriladigan, kukun va suyultirilgan dorilardan keng foydalanganlar. Shuni aytib o’tish kerakki qadimgi O’rta Osiyo, O’rta va Yaqin Sharq, Xitoy Amerika va Yevropa qabilalari mazkur rayonlarda o’sadigan o’simlik va yovvoyi mevalarning ayrimlaridan turli dori-darmonlar tayyorlab ulardan davolash maqsadida foydalanganlar. Bu hol dorishunoslikning ham negizi ibtidoiy jamiyat tarixiga borib taqalishini ko’rsatadi. Shunday qilib hozirgi zamon tabobat faniga O’rta asrlada feodal yoki -qadimgi quldorlik darida emas, balki kishilik jamiyati tarixining ibtidoiy davrida eng dastlabki poydevor toshi qo’yilgan ekan. Demak, xulosa qilib aytish mumkinki tilshunoslik, geografiya, botanika, zoologiya, iqlimshunoslik va boshqa fanlarning negizi kishilikning ibtidoiy davriga borib taqaladi.
O`z joyini bilgan, qabila va qo`shni qabila territoriyasining relef kartasini qumga, yog`ochga, po`stloqqa, teriga chiza olgan ibtidoiy odamlarning geografik bilimlari yaxshi ma'lumdir. Ovchilik, hayvonlarning qo`lga o`rgatilishi, o`simliklarning madaniylashtirila boshlashi botanika va zoologiya sohasidagi boshlang`ich bilimlardan darak beradi.
Ibtidoiy odamlarda sanash eng boshlang`ich holatda bo`lgan. Odatda uchgacha, ba'zan beshgacha sanaganlar. Ko`pgina xalqlarda besh raqam qo`lni bildirgan. Rimda V qo`l panjasining soddalashtirilgan tasvirini eslatadi.
Yozuvning eng dastlabki shakli urug`chilik tuzumining oxirida paydo bo`lgan. U piktografiya (lotincha fictus rasmi solingan, grekcha grapho yozaman) deb atalgan va teriga po`stloqqa, yog`ochga, suyak va toshga solingan shartli rasmlardan iborat bo`lgan. Piktografiyadan oldin ham yozuvning ayrim turlari bo`lgandir.