Ibtidoiy jamiyat tarixi


GENEZIS(yunon) – kelib chiqish. Etologiyada xalqlarning kelib chiqishi. GETERIZM



Yüklə 281,48 Kb.
səhifə68/88
tarix19.11.2022
ölçüsü281,48 Kb.
#69869
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88
Ibtidoiy jamiyat tarixi

GENEZIS(yunon) – kelib chiqish. Etologiyada xalqlarning kelib chiqishi.
GETERIZM(yunoncha dugona, o’ynash ma’nosida keladi)- gruppaviy nikohning sarqiti uni ayolning bitta erkakka tegishli bo’lish huquqi uchun gunohidan qutqazadigan zarur qurbonlik deb tariflash mumkin. Sinflardan avvalgi jamiyat davrida ayol o’zi bilan nikohga kirishi mumkin bo’lgan barcha erkaklarga tegishli bo’lishi lozim edi.
GINEKOKRATIYA(yunon) – oila va jamiyatda ayollarning hukmronligi.
CHOPPERLAR – uchi bir tomonga qarab o“tkirlangan qo“pol tosh qurol. Bu qurol O`rat Osiyodan Ko`lbuloq va Seling`urdan topilgan.
DAHYA – “Avesto”da bir qancha qabilalar ittifoqi shunday nomlangan.
DISLOKAL (lotincha) – er-xotinning ajralgan holda yashashi.
DRIOPITEKLAR hozirgi kunimizdan 15-12 mln yillar ilgari yashagan. Driopitek –
«daraxtda yuruvchi odam» deb nomlanadi. 1856 yilda frantsuz arxeologi Larte Avstriyaning Yuqori Goranna degan joyidan yer tarixining miotsen yotqiziqlaridan (bundan 5-12 mln. yil burun) eng oliy tipdagi odamsimon «maymun» driopiteklarga tegishli bo’lgan 3 ta tish qoldiqlarini topgan. Driopitek odamsimon maymunlar turiga kiradi. Olimlar uning miya suyagini hajmini o’lganda 600 sm3 bo’lganligini qayd etadi.Hozirgi kunda dunyoning har xil joylaridan driopiteklarning 10 dan ortiq turlari topib o’rganilgan.
Avstrolopiteklar keyingi tur bo’lib, ular odamga ko’proq o’xshagan va hozirgi kunimizdan 3 mln. yillar ilgari yashagan. Ularning miya suyagining hajmi 600-700 sm3 bo’lib, avstrolopiteklar ikki oyoqda tik turgan, o’simlik va go’shtni ovqat sifatida iste’mol qilgan. 1924 yilda Janubiy Afrika hududlaridan odamzodning ilk ajdodi bo’lgan avstrolopitekning suyaklari topilgan. Olimlar unga «Janubiy odam» deb nom berishgan.Yer qa’rining plyutsen (bundan 3-4 mln. yil oldin) yotqiziqlaridan olimlarning xulosasiga ko’ra, driopitek eng oliy tipdagi odamsimon «maymun» bo’lsa, avstrolopitek esa «maymunsimon» odam vakili bo’lgan. Avstrolopitek odamzodning hayvonlar olamidan odamlar dunyosiga o’tishda qo’yilgan birinchi qadami edi.
ENEOLIT (lotincha «eneus» - «mis» va yunoncha «paleos» - «tosh») - mis-tosh asri. IV-III mingyilliklarda tosh bilan birga misning ishlatilgan davri. Eneolit davrida metall ishlab chiqarish odamlarning moddiy va ma`naviy madaniyatiga katta ta`sir qildi. Mil. avv. IV mingyillikda Qadimgi Sharqda shahar va davlatlar, O`rta Osiyo janubida esa sug`orma dehqonchilik vujudga keldi. Xom g`ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshladi; sopol idishlar hayvon, qush, o`simlik shaklidagi naqshlar bilan bezatildi. Eneolit davrining ko`plab manzilgohlari Turkmaniston janubi (Anov, Namozgoh, Oltintepa)da va Zarafshonning yuqori oqimlarida topib o`rganilgan.

Yüklə 281,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin