EPIGRAFIKA (yunoncha epigrahe - bitik) – qadimgi bitiklarni o“rganish bilan shug“ullanuvchi yordamchi tarix fani.
EKZOGAMIYA(yunoncha “tashqi, tashqari nikoh”) ma’nosini bildirib, urug’ning muhim belgisidir. Ekzogamiya printsipiga so’zsiz rioya qilinishi urug’ naslining tozalanishi, irsiy barqarorlikni ta’minlash xo’jalik va oilaviy nikoh hayotida muhim rol o’ynagan.
ELAT (xalq – norodnosti) – yagona hudud, til madaniyat, xo’jalik hayoti va turmush miqyosida qabilaviy munosabatlarning buzulishi natijasida yuzaga kelgan kishilar uyush masi. Elat ijtimoiy umumiylik shakllaridan biri hisoblanadi,tarixan urug’ qabila birlashmalaridan kelib chiqadi va ulardan muayyan majmua bo’lib ajraladi. Agar urug’ qabilachilik xususiyatlari ularning qon-qarindoshlik aloqalarining mohiyatli belgisi bo’lsa, bunda millat uchun rivojlangan iqtisodiy makon xosdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan elatga avvalo quldorlik va feodalizm xosdir, shu bilan birga u biror shakldagi milliy davlatchilik tuzilmasini barpo etadi. Lekin elat ijtimoiy rivojlanishining keyingi bosqichlarida ham mavjud bo’ladi, chunki bir qator sabablarga ko’ra u millat bo’lib shakllana olmaydi.
Elat- tarixiy birligi tabaqalangan jamiyatning barcha davrlarda Er yuzining turli mintaqalarida boshqa etnik birliklar bilan bir qatorda mavjud bo’lib kelgan. Shuni hisobga olish kerakki, “elat” va “millat” atamalarining ayni bir vaqtda mavjud bo’lishi yana bir-birini to’ldirib borishi haqida tasavvur beradi.
Adabiyotlarda “etnik guruh”atamasi ham uchraydi, uni ba’zan etnik guruhning qandaydir bir o’tish shakli deb qarashadi. Ko’pincha bu atama tarix maydonidan tushib ketgan birliklarni tariflash uchun qo’llanadi.
Umumiy ilmiy atamalarning katta guruhi etnografiya tomonidan etnik tarixga, jahon madaniyati tarixi muammolariga nisbatan ishlatiladi Ulardan ko’plari biologiya, sotsiologiyadan olingan.
Hozirgi zamon siyosiy matbuotidan etnografik adabiyotga “treybalizm”, “traybalizm”atamalari ham kirib kelgan(inglitzcha tribe-qabila ma’nosini bildiradi), u Afrika va Osiyodagi yosh davlatlarda mavjud bo’lgan etnik vaziyatni tavsiflab beradi. U joylarda mustamlaka rejimi davrida mavjud bo’lgan qabilaviy alohidalik hozirgi vaqtda ham saqlanib qolgan. Treybalizm birlashish jarayonlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi hamda qabilalar o’rtasida ziddiyatlar keltirib chiqaradi. Siyosiy matbuotda treybalizm atamasi millatchilikning sinonimi sifatida foydalaniladi.
asrning ikkinchi yarmi etnografiya uchun ibtidoiy jamiyat tarixining eng muhim muammolariga taalluqli munozaralar xarakterlidir. Davrlarga bo’linish muammolari ijtimoiy yacheykani tariflash, matriarxat-ona urug’ining tutgan o’rni xususidagi munozaralar shular jumlasidan.