PALEOLIT (yunoncha «paleos» - «qadimgi» va «litos» - «tosh») – eng qadimgi odamlar yasagan qurollar, asosan, toshdan bo`lgani uchun insoniyat tarixining dastlabki bosqichi shu nom bilan atalgan bo`lib, u quyidagi 3 davrga: ilk paleolit (Olduvoy – mil. avv. 3-2 mln. yillar; Ashel – mil. avv. 1 mln. – 100-mingyillklar), o`rta paleolit ( Muste – mil. avv. 100-40- mingyilliklar), so`nggi paleolit (Orinyak; Solyutre; Madlen – mil. avv. 40-12-mingyilliklar) bo`linadi.
PATRIARXAL OILA– erkak boshchilik qiladigan oila. Matriarxatdan patriarxatga o`tish davrida vujudga kelib, birgalikda xo`jalik yurgizuvchi qarindoshlarning bir qancha avlodidan tashkil topgan. Patriarxal oila, asosan, ilk xo“jalik jamoasi bo“lgan, uning iqtisodiy asosini yerga va ishlab chiqarish qurollariga umumiy egalik (ishlab chiqarishga ham, istemolga ham) tashkil etgan.
PATRIARXAT – eng qadimgi jamoa tuzumining bir davri bo“lib, unda erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqega ega bo“lgan, qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan. Patriarxatning xo“jalik faoliyati: omoch bilan yer haydash, chorvachilik, metallga ishlov berish. Bu davrda ibtidoiy jamiyat yemirilib, uning so“ngi bosqichida mulkiy tabaqalanish va davlat yuzaga kelgan.
PETROGLIF (yunonchapetros – tosh, glife – o“yish) - toshga o“yib tushirilgan rasmlar.
PITEKANTROP (yunoncha pithekos - maymun va anthropos - odam) - eng qadimgi qazilma odamlar (taxm. 900 yil avval). Ilk paleolit davrida - 700-600 ming yil ilgari yashagan. Ilk paleolit madaniyatini yaratganlar. 1890-1891-yillarda golland shifokori E. Dyubua Yava orolidagi Solo daryosi yaqinidan 4-qatlam quyi yotqiziqlarida odamning eng qadimgi ajdodiga mansub bosh miya qopqog“i, son suyagi va uchta tishini topgan. 1973-yilda suyak bo“laklari va yigirmaga yaqin alohida tishlar topilgan. Pitekantrop bosh miya qopqog“i va shakli kattaligi ko“ra odam va odamsimon maymun oralig“ida turadi. Pitekantropning miya hajmi 900 sm3ga yaqin (gorillaniki 500 sm3, hozirgi zamon odamlarida o“rtacha 1400 sm3). Uning peshonasi nishab bo“lib, shimpanzenikiga o“xshaydi. Pitekantropning topilishi antropologiyada muhim voqea bo“ldi. Pitekantrop qo“lda murakkab harakatlar bajarishgan va poda-poda bo“lib yashagan. Qo“lda murakkab harakatlar qilish mehnat harakatiga, poda-poda bo“lib yashash esa, jamiyatning ilk kurtagiga kiradi.