Ibtidoiy jamiyat tarixi



Yüklə 281,48 Kb.
səhifə85/88
tarix19.11.2022
ölçüsü281,48 Kb.
#69869
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Ibtidoiy jamiyat tarixi

URUG’CHILIK JAMIYATI – ibtidoiy jamoa tuzumining ibtidoiy gala davridan keyin boshlangan bosqichlardan biri bo’lib, matriarxat va patriarxat davrlarini o’z ichiga oladi. Xo’jalik va ijtimoiy munosabatlar vositalarining bir qismiga(er, ov qilish, joylar va boshqalar) qon-qarindosh bo’lgan kishilar guruhi egalik qilgan.
URUG’ JAMOASI- ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy tashkiloti.Uning ilk bosqichida matriarxat va patriarxatning boshlang’ich davridagi qon-qarindosh kishilar guruhining xo’jalik, ijtimoiy va g’oyaviy uyushmasi.
FETISHIZM(portugal, abretas – tumor ma’nosida) – g’ayri tabiiy kuchga ega bo’lgan jonsiz buyumlarga sig’inish, topinishdir. U o’ziga sig’ingan kishilarga yordam ko’rsatishga qodirdir. Fetishizmning varianti butparastlikdir. Fetishga, ya’ni eng moddiy buyumga topinish dastlab unda alohida ruh borligi bilan unchalik bog’lanmas edi(fetishlarni jonlantirish keyinroq sodir bo’ldi). Fetishlar odatda o’zining shakli jihatdan odatdan tashqari narsa-buyumlar(toshlar, shox-shabbalar, hayvonning bo’laklari va shu kabilar) bo’ldi.
FRATRIYA(yunoncha) – qabilaning bo’linmasi bo’lib, dastlab ko’proq bitta urug’dan paydo bo’lgan bir necha o’zaro nikohli urug’larni birlashtirgan. Qabilaning eng birlamchi shakli – kam deganda ikki urug’ning qismlari. Ba’zan “fratriya” atamasi urug’ning analogi sifatida xato ishlatiladi. Ekzogamiyaning muqarrar ta’sir ko’rsatishi faktini hisobga olib, N.A.Butinov urug’ ichida alohida mirostruktura – urug’ o’zagini ajratib ko’rsatishni taklif etgan. Bu tuzilma urug’ga nikoh tufayli kirib qolgan kelgindilarga qarshi turuvchi qondosh qarindosh- urug’larning jipslashgan guruhidir.
XO`JAKENT MAKONI - muste davri g“orlari. Hozirgi Xo“jakent qishlog“i (Toshkent viloyati) yaqinidagi qoyatoshlar orasidan topilgan (1957-yilda). Bir-biriga yondosh 2 ta ungurdan iborat. 1-ungurdan 36 m kvadrat maydon ochilib, uning 1-2-qatlamlari ilk o“rta asrlarga oid sopol idishlarning siniqlari va bir necha tosh qurollar, 3-quyi qatlamidan esa, muste davriga oid sariq harsangtosh bo“laklari va ko“pgina tosh qurollar topilgan. 10 dan ortiq yirik tosh, shuningdek, mayda nukleuslar uchraydi. Xo“jakent makonidan tosh parrakcha, qirg“ich, o“choq o“rni, uning atrofida qoraygan toshlar va qadimgi hayvonlarning suyak qoldiqlari, 2-ungurdan esa har xil tosh qurollar va hayvon suyaklari topilgan. Xo“jakent maydonida yashagan neandertallar ovchilik va termachilik bilan kun kechirgan.

Yüklə 281,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin