ZARAUTSOY RASMLARI – O“zbekiston hududidagi eng qadimgi qoyatosh rasmlari. Hisor tizmasining janubi-g“arbida. Ko“hitang tog“ining sharqiy yon bag“ridagi Zarautsoy darasidagi ungir va kamar toshlariga ishlangan ibtidoiy san“atning nodir namunalari. Surxondaryo viloyatida, Termizdan 100-110 km shimoli-g“arbda. 1912-yilda I. Fyodorov tomonidan topilgan. Arxeolog G. Parfyonov (1940-45), keyinchalik A. Roginskaya (rassom),
A. Formozov, A. Kabirovlar tomonidan o“rganilgan. 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub. Rasmlar chizma tarida kontur va soyauslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan. Zarautsoy rasmlarida odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarniov qilish manzarasi tasvirlangan. Hayvonlar (yovvoyi buqa, it, tulki, yovvoyi cho“chqa, burama shoxli echki, hasharot va b.), turli buyumlar (o“q-yoy, nayza, o“roqsimon qurollar), niqoblangan odamlar va boshqa o“ziga xos tarzda hayotiy qilib ishlangan Zarautsoy rasmlari ibtidoiy san“atning noyob yodgorligi sifatida yodgorliklarni muhofaza qilish “qizil kitob”iga kiritilgan.
ZAMONBOBO – so“nggi bronza (jez) davriga oid mil. avv. III-II mingyilliklarda yashagan qadimgi chorvador o“troq dehqonlar manzilgohi va qabristoni. O“zbekiston hududidagi dastlabki qishloq xarobasi. Buxoro viloyati Qorako“l tumani markazidan 15 km shimoli- g“arbda joylashgan Zamonbobo ko“li sohilidagi makon. Zomonbobo turar joylari usti chayla qilib berkitilgan yerto“lalardan iborat bo“lgan. Yodgorlikda 45 ta qabr ochilgan. Qabristonda
Y. G“ulomov (1950-1951, 1953-1954-yillar), A. Asqarov (1961, 1964-yillar) arxeologik qazish ishlari olib borgan. Qazuv ishlari natijasida tagi yassi va dumaloq, bezaksiz sopol
idishlar, jez buyumlar, paykonlar, tosh o“roq parchalari topilgan. Ilk bor bu yerdan mis ko“zgulari va taqinchoqlar topilgan.
ZINJANTROP (ishbilarmon odam) - ilk paleolit davrida - 1,5 - 2 million yil avval yashagan avstrolipiteklar oilasining eng qadimgi vakili. Zinjantropning bosh skeletini ilk bor arxeolog Luis Liki 1959-yilda Olduvoy darasi (Tanzaniya)dan topgan. Liki uning ensa qismi va kesmasi tuzilishiga ko“ra dastlab Homo urug“iga kiritgan va ekspeditsiya uchun mablag“ ajratgan Boysi sharafiga Boysi zinjantrop deb atagan. Lekin zinjantropning morfologik tuzilishi uning hatto tosh qurol ham yasashi mumkin emasligini ko“rsatdi, shuning uchun uni Boysi janub odami (Zinjanthropus boisei) deb nomlagan. Zinjantropning bosh skeleti bo“ylab pushtacha o“tgan, kichik oziq tishlari yirik oziq tishlariga nisbatan mayda bo“lgan. Dag“al o“simlik bilan oziqlangan. Olimlar zinjantropga «Homo habilis» - «Ishbilarmon odam» deb nom berganlar. Chunki u eng sodda mehnat qurollarini yasay olgan, ya“ni toshni-toshga urib mehnat qila boshlagan.