SHAMANSTVO-SHAMANLIK(tungus – manchjuriyada ruhoniy-“saman” so’zidan) – ibtidoiy diniy e’tiqodlarning shakllaridan biri, insonning maxsus shaxs – shomon(afsungar)
tomonidan amalga oshiriladigan alohida marosi harakatlari yordamida ruhlar bilan aloqa o’rnatish mumkinligiga ishonishidir. Bunda maqsad kasalliklarni davolashda, hayvon va baliq ovlashda, narigi dunyoda eson-omon sayr-sayoxat uyushtirishda va shu kabilarda ana shu ruhlarning yordamiga ishonishdir. Shomonlik Sibir va Shimol xalqlarida keng tarqalgan. Eski jdunyodagi xalqlarda so’nggi poleolit va neolit davrida, shuningdek mulkiy tabaqalangan jamiyatning vujudga kelish davrida uchraydi(arxeologiya ma’lumotlari va qadimgi yozuv yodgorliklari ana shundan dalolat beradi).
VARZANA –“Avesto”da hududiy qo`shnichilik jamoasi shunday nomlangan.
VALLON – 1958-yili hayvon suyaklari, tosh qurollar va ularning parchalari topilgan Fransiyadagi g“or.
VERTESHSELLESH – arxantroplarning tishi, qadimgi hayvonlarning suyaklari va oddiy tosh qurollari topilgan Budapesht (Vengriya) shahri yaqinidagi voha.
VIS – “Avesto”da urug` jamoasi shunday deb atalgan. Avestoda yozilishicha, katta patriarxal oila – “nmana”lar visni tashkil etgan.
QABILA (plemya) – endogamiyani amalga oshira borib, oliy makrastrukturadan iborat bo’ldi, u ishlab chiqarishning ikki turi bo’yicha qabila ichida doimiy aloqada bo’l gan endogamiya tufayli urug’ning mikrostrukturasini ham etnik jihatdan, ham xo’jalik jihatidan birlashtiradi. Qishloq jamoasi(obhinasi) ning an’analari sovetlar davridan oldingi rus qishlog’i uchun xos narsa edi. Chunki bunday jamoaga o’xshash ijtimoiy tuzilmalar haqiqatda nafaqat dehqonlar va qishloq aholisi o’rtasida , balki barcha xalqlarda ham mavjud edi. Shuning uchun ham sovet davri etnografiyasida “qishloq jamoasi” atamasiga o’xshash qo’shnilar jamoasi (bunday begona urug’larning yonma-yon hududiy aloqalari ko’zda tutilgan), ko’chmanchi jamoa (chorvadorlar uchun), qishloq jamoasi, ovul jamoasi, ayil jamoasi (qishloq , ovul , ayil nomidan olingan) atamalari paydo bo’ladi.