ANTROPOGENEZ – odamning kelib chiqishi va rivojlanishi jarayoni.
ANTROPOLOGIYA (yunon) – odam haqida tushuncha, odamni o’rganuvchi fan. Odamning suyak tuzulishi, teri va sochining rangi va belgilariga qarab uning kelib chiqishi, irqi, morfologik tiplari, fiziologik, jinsiy va boshqa xususiyatlarini o’rganadi.
ARXANTROPLAR(yunoncha archaios qadimgi va anthropos - odam) - evolyutsion taraqqiyoti darajasi va madaniyati xarakteriga ko“ra o“zaro yaqin bo“lgan qadimgi qazilma odamlar (Pitekantrop va sinantrop va b.). Bu odamlar bundan 800-1mln yil ilgari yashashgan.
ALTAMIR G`ORI - Ispaniyadagi g“or bo“lib, bu yerdan so“nggi paleolitga oid bir necha qoya suratlari topilgan. 1868 yil Rigillo tomonidan topilgan Rassomchilikda birinchi bor Ispaniya`ning Altamira G`oridan yovvoyi qoramol (Bizon)lar va otlarni Qizil rangdagi oxra bo’laklari bilan ishlangan rasmlarini topilishi bir tomondan katta ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan katta shov-shuvlarga ham sabab bo’ldi. Bu noyob yodgorlikni topgan muallifni qalbaki yodgorlik top-gansan deb ayblashdi. Ammo oradan 20 yil o’tgach, Altamira san`atiga o’xshash asarlarni Frantsiya va boshqa mamlakat-larni ғorlaridan topilishi Altamira ғoridagi rasmlarni xaqiqiy paleolit davrini asarlari ekanligini isbotladi. Hozirgi kunda 40 dan ortiq ғorlardan yuqori paleolitga oid rasmlar topilgan.
ARRIAN FLAVIY(Arrianos) (taxm. 95-175-yillar o“rtasi) – yunon tarixchisi va yozuvchisi. Kichik Osiyodagi Nikomediya shahrida tug“ilgan; yunon faylasufi Epiktet qo“lida o“qigan. Rimda yashab, harbiy ta“lim olgan. 131-137-yillarda Kappadokiya voliysi bo“lib, alanlar hujumini qaytargan. Arrian senator, elchi va kohin ham bo“lgan. Falsafa, tarix, geografiya, harbiy va boshqa masalalarga oid asarlar yozgan (ko“pi bizgacha saqlanmagan). Uning bizgacha yetib kelgan eng qimmatli asari Aleksandr (Iskandar Maqduniy)ga bag“ishlangan 7 kitobdan iborat “Iskandarning harbiy yurishlari” nomli kitobidir. Asarda Aleksandr Makedonskiyning Eron, O“rta Osiyo va boshqa mamlakatlarga qilgan istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon etilgan. Arrianning “Hindiston”, “Nearxning harbiy yurishi”, “Epiktet haqida estaliklar” hamda epiktet ta“limotiga bag“ishlangan “Qo“llanma” kabi asarlari ham saqlangan. Uning “Parfiya tarixi”, “Alanlar tarixi”, Vifiniya tarixi” va “Aleksandrdan keyingi ishlar”nomli asarlaridan ham parchalar yetib kelgan. U O“rta Osiyo to“g“risida ham qimmatli ma“lumotlar yozib qoldirgan. Arrian Flaviyning “Iskandarning harbiy yurishlari” asari nemis (Myuller; Leypsig, 1886-yil) hamda rus (Korenkov; Toshkent, 1912-yil va M. E. Sergeenko, M. – L. 1962-yil) tillarida nashr etilgan.