http://hronos.km.ru/proekty/mgu/index.html Bibl-ka el. resursov Istoricheskogo fakulteta MGU im. M.V.Lomonosova
GLOSSARIY
ABORIGEN (yunon) – joyning tub aholisi, qadimdan shu mamlakatda yashovchi xalqlar.
AVANKULAT (lotincha avanculis –tog’a ma’nosida) – tog’a bilan jiyan o’rtasidagi alohida munosabatlar tizimi; bunda tog’a o’z jiyanining tarbiyasiga va uning hayotiy taqdiriga asosiy mas’ul kishi hisoblanadi.
AVTOXTON (yunon) – tub aholi, mahalliy er egasi bo’lgan xalq, mamlakatning ibtidoiy aholisi yoki aborigenlar.
AGNAT (lotincha) – ota nasabi bo’yicha qarindoshlik.
ADOBTSIYA (lotincha) – o’g’il yoki qiz qilib asrab olish.
ANIMIZM (lotincha animu – ruh) – tabiatdagi barcha narsalarni, tabiat kuchlari va hodisalarini jonli deb tushunish, ularda g’ayri tabiiy kuch bor deb tushunishdir. Animistik tasavvurlar mana shunday ma’nodja ibtidoiy e’tiqodlar va dinlarnig barchasida u yoki bu tarzda mavjuddir. Bu tushunchani o’tgan asrda ilm-fanga kirgan E.Teylor animizmni “eng kam quyi din”, umuman dinning dastlabki bosqichi deb qaragan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, o“z hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush ko“rish, gallyutsinatsiya, o“lim va hokazo)ni tushunmagan. Ular jon tana bilan bog“langan u tanadan chiqib keta oladi, deb hisoblaganlar. Insonda asta-sekin abstrakt tafakkur rivojlanishi bilan moddiy narsalarga bog“liq ruh to“g“risidagi tasavvurlar paydo bo“lgan. Ruhlar yaxshi, saxiy hamda yomon, yovuz ruhlarga bo“lingan. Ruhlar odamlar hayotiga, turmushiga ta“sir ko“rsata oladi deb tasavvur qilingan. Shu sababli zarur paytlarda ularga qurbonliklar qilganlar.