Odamning dastlabki vatani. Odamzodning vatani masalasi uzoq vaqtlardan beri olimlarni qiziqtirib keladi, hali bu masala to`laligicha hal etilgani yo`q. Afrikaning janubi, ayniqsa sharqidan arxeologik ashyolar, ayniqsa eng qadimgi avstrolopitek, Olduvay darasidan esa eng qadimgi qazilma odamlarning suyaklari, Keniyadan esa dunyoda eng qadimgi tosh qurollarining topilishi, Afrika odamzod vatanining ilk beshigi ekanligini ta'kidlaydi. Yava pitekantropi, Xitoy sinantropi, Hindistonning Sivalak tepaligidan topilgan driopitek va ramapiteklarning topilishi Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning ham insoniyatning ilk vatani deyishga imkon beradi. Shunday qilib Janubi-Sharqiy Osiyo ham Shimoli-Sharqiy Afrika bilan birga odamzodning ilk vatani hisoblanadi.
Hozirgi ilmiy muloxazalarga ko’ra, tadrijiy rivojlanish mahsuli bo’lgan odam bir necha million yillar muqaddam odamsimon maymunlardan vujudga kеlgan. Odamning dastlabki kеlib chiqish markazining manzili masalasiga kеlsak, bu borada ko’plab nuqtai nazarlar mavjud. Ulkan Osiyo qit'asi, shu jumladan Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo tabiatshunoslar e'tiborini tortdi. Ushbu mintaqalarda topilgan sodda odamsimon mavjudodlar - gominidlarning qazilma qoldiqlari misli ko’rilmagan topilma bo’lib, odamning Osiyodan kеlib chiqqanligiga bir dalil hisoblanadi. Masalan, 1893 yildayoq golland olimi E.Dyubua Yava orolida darvinchi E.Gеkkеl: bashorat qilgan odam bilan odamsimon maymun o’rtasida “yеtishmayotgan bo’g’in”, Homo еrеktus (tik yuruvchi odam) ilmiy nomini olgan "maymun- yoki pitеkantrop topilganligi haqida ilmiy jamoatchilikni xabardor qilgan edi. Keyinroq Xitoyda va Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa mintaqalarida ham 1,7 million qadar "tabarruk" yoshdagi pitekantroplarning qazilma qoldiqlari ko’plab topildi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Markaziy Osiyo odamzodning ilk vatani sifatida targ’ib etila boshlandi. Bunga uchlamchi davrda quruqlikning Markaziy Osiyo qismi yuzasining ko’tarilib, tropik o’rmonlarning yo’qolishi sabab qilib ko’rsatildi. Yashash sharoitlari kеskin o’zgargan, «maymunlar» yеrga tushishga majbur bo’lishgan va hokazo, va hokazo-xullas buyog’i, umuman, Darvin nazariyasi bo’yicha kеchgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida Vagnеr -Kartfaj - Kartalyakning odamzodning ilk vatani Shimoliy Osiyo-Еvropa bo’lganligi haqidagi fransuz olimlari orasida g’oyat mashhur bo’lgan g’alati faraz muhokama qilindi. Antropolog A. Kartfaj to’g’ridan-to’g’ri Sibir va, umuman, shimol odamzodning bеshigi bo’lgan dеb aytgan. Biroq, XX asrda masala
«ravshanlasha» boshladi: 20-30- boshlab pitеkantroplarga nisbatan ancha sodda va odamsimon maymunlarga yaqin gominidlarning ko’plab qazilma vakillari Janubiy va Sharqiy Afrikada topildi.
Odamlashishning ilk bosqichiga oid ana shunday boy jihatlar tufayli o’tgan asr oxirlariga kеlib Afrika odamzodning ilk vatani masalasida oldingi marraga chiqib oldi. Palеogеnеtiklar XX asr oxirlarida kеng ko’lamdagi matеriallar asosida barcha odamzod yagona turga mansub va bu turning vatani -Afrika ekanini ishonchli tarzda isbotlab, ta'bir joiz bo’lsa, masalaga so’nggi nuqtani qo’ya bildilar.