1.1. Ushbu o‘quv dastur ibtidoiy jamoa tuzumining tashkil topishi, va taraqqiy etish bosqichlarini, ibtidoiy davrning davrlanishi va sanalari, ibtidoiy to‘da davri, antropogenez jarayoni, irqlarining kelib chiqishi, urug‘ jamoa tuzumining vujudga kelishi, ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar, ibtidoiy odamlarning xo‘jalik faoliyati, nikox va oila munosabatlari, urug‘ jamoasi xususiyatlari va ma'naviy madaniyati, ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, harbiy demokratiya, ibtidoiy jamoa va sivilizatsiya kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Hamda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi.
Shuningdek, “Ibtidoiy jamiyat tarixi” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad– ibtidoiy jamoa tarixi to‘g‘risida talabalarda xolisona ilmiy dunyo qarashni, ko‘nikma va malaka shkllantirishdir.
Fanning vazifasi– insoniyat qadimgi tarixi va uning asosiy bosqichlarini o‘rgatishdan iborat. Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar – “Ibtidoiy jamoa tarixi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Ibtidoiy jamoa tarixi kursining maqsad va vazifalari, dastlabki insoniyat vakillarining Janubiy va Sharqiy Afrikada xayvonot dunyosidan ajralishi va shakllanishi muammolari, Olduvoy g‘oridan topilgan arxeologik va paleantropologik materiallar, xronologiya muammolari, antropogenez jarayoni va ibtidoiy odamlarning xo‘jalik faoliyatlari, ibtidoiy urug‘ jamaoasining ijtimoiy – iqtisodiy, nikoh va oila munosabatlari, moddiy va ma'naviy madaniyati haqida zamonaviy ma'lumotlarni o‘rganish va ulardan ilmiy maqsadalarda foydalanishni bilishi kerak;
Talaba tarixiy ma'lumotlarni ilmiylik, tarixiylik, xolislik asosida o‘rganish. Muzey ashyolari va internet ma'lumotlarni, arxeologik manbalarni mustaqil tadqiq qilish, o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
Arxeologiya muzeyi, arxeologik manbalar tavsiflari, ilmiy tadqiqot institutlari materiallaridan foydalanish malakalariga ega bo‘lish kerak.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbek xalqi va uning davlatchiligini tarixini xolisona o‘rganishning ilmiy asoslarini shakllantirish, tadqiqotlarni zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish, davlatchiligi haqqoniy tarxini tarixiy manbalar asosida o‘rganish vazifasi belgilangan. Ibtidoiy jamoa tarixi materiallari mana shunday manba hisoblanadi. Ularni tadqiq etish, o‘rganish orqali ko‘plab ma'lumotlarni qo‘lga kirtishimiz mumkin.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. Talabalarning ibtidoiy jamoa tarixi fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, jadvallardan foydalaniladi.
Dasturda berilgan mavzular ma'ruza, seminar shaklida olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari mustaqil ish sifatida talabalarga o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Bumerang”, “Aqliy hujum” singari uslublari orqali darslar olib boriladi.