GEYDELBERG ODAMI – 1907-yili Germaniyaning Geydelberg shahri yaqinidagi Mauer qishlog“idan topilgan pitekantroplarga yaqin bo“lgan qazilma odam. Qadimligi 400 ming yilga yaqin. Unda iyak bo“lmay, tuzilishi xuddi maymunnikiga, ammo tishlarining tuzilishi odamnikiga o“xshaydi. Jag“ suyagi bilan birgalikda sut emizuvchi hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan.
HARBIY DEMOKRATIYA– ilk davlatchilikka o’tish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan bir boshqaruv shakli.
HOMO HABILIS - “Ishbilarmon odamlar”. Zinjantroplar eng sodda mehnat qurollarini yasay olgani ya`ni toshni-toshga urib mehnat qilgani uchun unga olimlar ushbu nomni berishgan.
HOMO SAPIENS- “Aql-idrokli, ongli odamlar”. Ushbu nom so`nggi paleolit odami kromanyonga berilgan. Ularning ongi , tili rivojlangan bo`lib , bir-birlari bilan burro-burro so`zlashganlar.
INITSIATSIYA - , bag’ishlash, ibtidoiy davrda o’smirlarni voyaga etgan erkak va ayollar safiga o’tkazish marosimi. Islomda o’g’il bolalar sunnati initsiatsiya hisoblanadi. O’zbekcha “qo’li halol bo’ldi” iborasi bolani jamiyatga a’zo bo’lishi deb qaraladi.
IRQ (arabcha) – ildiz, tomir; odamlarning kelib chiqishi, gavda tuzilishi va qiyofasi o’xshash bo’lgan tarixan tarkib topgan hududiy birligidir. Kishilar o’z tana tuzilishi, tashqi qiyofasi,
teri, ko’z va suyagining rangi, soqolining siyragu yoki qalinligi, bo’y-basti, yuz tuzilishi, bosh suyagining shakli, qon guruhi va boshqalariga qarab guruh-guruhlarga ajratiladi. Jahondagi barcha xalqlar to’rtta katta irqqa bo’linadi. Ulardan tashqari irqiy birliklar ham mavjud. Har bir irq yana bir qancha mayda guruhlarga ham bo’linadi. Jahonda 4 ta katta: evropoid, negroid, mo’g’ul(mongoloid) va avstraloid irqlari mavjud.
IYERIXON – O“lik dengizning shimoli-g“arbida, Iordan daryosi vodiysida joylashgan shahar. Mil. avv. VII-II mingyillikda Palastindagi eng qadimiy dehqonchilik manzilgohi. Neolit va bronza davriga oid manzilgoh qoldiqlari, mustahkam qo“sh devori bo“lgan shahar xarobasi (mil. avv. XVIII-XVI asrlar), maqbaralar ochilgan. Mil. avv. II mingyillikning oxirlarida yahudiy qabilalar tomonidan vayron qilingan. Bibliya rivoyatiga ko“ra, Iyerixonning devorlari dushman karnaylari sadosidan (“iyerixon karnaylari”) qulab tushgan.
JUFT OILA(parnaya semya) – juftlarning birga yashash va o’ziga o’xshash avlodlarni etishtirishi uchun barqaror bo’lmagan qo’shilmasi; u gruppaviy nikohga ancha mos keladi va urug’chilik jamiyati sharoitida oilaning mustaqil emasligini aks ettiradi.