LINGVISTIKA – qadimgi va hozirgi tillarni o“rganuvchi tilshunoslik fani.
MADLEN MADANIYATI - Yevrоpаdаgi so“nggi pаlеоlit dаvri (mil. аv. tахm. 15-8 mingyilliklаr) mаdаniyati. Frаnsiyadаgi Lа-Mаdlеn (La Mаdeleine) g“оri nоmi bilan аtаlgаn. Tоsh kеskichlаr, suyak vа shохdаn yasаlgаn mеhnаt qurоllаri, g“оr dеvоrlаrigа sоlingаn surаtlаr, suyak o“ymаkоrligi vа b. Хo“jаligi - оvchilik, bаliqchilik.
MAGIYA(lotincha magia – jodugarlik, afsungarlik) – insonning g’ayri tabiiy vositalari yordamida voqealarning tabiiy jarayoniga, moddiy predmetlarga yoki boshqa kishiga ta’sir ko’rsata olish qobiliyati. O’zining funktsional vazifasiga ko’ra magiya bir necha xil nomlarga egadir – ovchilik, ishlab chiqarish, sevgi-muhabbat, shifolovchi, zarar keltiruvchi, urug’ga yordamlashuvchi magiyalar. Magiya o’zining umumiy yo’nalishi bo’yicha adolatli ravishda ta’sir ko’rsatish(uning maqsadi – ta’sirga uchragan ob’ektni magik haakatni bajaruvchi, kutayotgan harakatni amalga oshirishga yoki shunday holatda bo’lishga majbur qilishdir) va
saqlovchi magiya( uning maqsadi – shaxsni yoki jamoani dushmanning har qanday magik ta’sir ko’rsatishidan yoki tashqi kuchlarning nomaqbul ta’siridan himoya qilishdir). Ba’zan bu ikki xil tipni qora va oq magiya deb atashadi. Magik harakatlarni amalga oshirish rasmlariga ko’ra ular yakka tartibdagi va jamoa tarzidagi harakatlar bo’lishi mumkin.
MATRILOKAL(lotincha) – ona atrofida to’planish, bu ibtidoiy nikohga ko’ra, er xotinnikiga ko’chib o’tgan.
METIS(frantsuz) – aralash, indeyslar bilan yevropaliklarning aralash nikohidan paydo bo’lgan avlod.
MONOGAMIYA(yunon) – yakka nikohlilik; bir erning bir ayol bilan mustaqil nikohi zaminida birga yashashga asoslangan oilaviy hayot bo’lib, ibtidoiy jamoa tuzimining emirilishi davrida vujudga kelgan.
MULAT(ispan) – nikohsiz bola; qora tanlilar bilan yevrorpalik oq tanlilarning aralash nikohi natijasida paydo bo’lgan avlod.
MATRIARXAT (lotincha mater - ona va yunoncha arche - ibtido, hokimiyat) – eng qadimgi tuzum rivijidagi bir bosqich bo“lib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilangan, uruqqa va oilaga ayol kishi sardorlik qilgan.