Ibtidoiy jamiyat tarixi



Yüklə 281,48 Kb.
səhifə75/88
tarix19.11.2022
ölçüsü281,48 Kb.
#69869
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88
Ibtidoiy jamiyat tarixi

MEZOLIT («mezos» - «o`rta» va «litos» «tosh») - o`rta tosh asri; Paleolitdan neolitga o`tish davri (mil. avv. 12-7 mingyilliklar). Mezolitda hayvonot dunyosi, landshaftlar muzlik davridan xalos bo`lib hozirgi tabiiy sharoitga moslashgan. Muzlik davriga moslashgan yirik hayvonlar (mamontlar) yo`q bo`lib, yangilari paydo bo`lgan. Inson hayotida katta o`zgarishlar sodir etilgan. Mezolitda o`q-yoyning kashf etilishi bilan yakka oila bo`lib yashash imkoniyati tug`ilgan. Tosh, suyak, yog`ochdan mikrolit qurollar (pichoq, qirg`ich, bolta) kashf qilingan. Bu qurollar yordamida odamlar yakka holda ov qilish imkoniga ega bo`lishgan. Shu tariqa jamoa bo`lib yashashga barham berilgan. Mezolit davri odamlari ovchilik, baliqchilik, termachilik bilan shug`ullanganlar. Mezolit davrida O`rta Osiyo tabiatida muzlik davri tugaganligi sababli iqlim sernam bo`ldi. Bu davr xo`jaligi tarixidagi yangi xususiyatlaridan biri o`q-yoyning kashf etilishi munosabati bilan yakka ovchilari rolining o`sishidir. O`q-yoy insonni kundalik hayotida bir necha yuz mingyilliklar davomida hukmronlik qilib kelayotgan yirik hayvonlar tik jarlarga haydash, ularni o`rab olib tutish ovchiligiga barham berdi. Ov jaryonida ko`pchilik tamonidan yirik hayvonlarni tutishga qaratilmay, mayda hayvonlarni tutishga moslashtirilgan. Ovdan keladigan daromad ham ko`paydi, u bilan bog`liq holda mehnat qurollari takomillashib bordi. Oqibatda xo`jaliknipg yangi turi paydo bo`ldi. Masalan: hayvon bolalarini qo`lga o`rgata boshladilar. Bu jamoaning zahiradagi ov o`ljasi edi. Birinchi uy hayvoni it edi. Ayrim olimlar it bilan deyarli bir vaqtda shimol bo`g`usi ham qo`lga o`rgatilganligini ta`kidlaydilar. Itlarning qadimgi suyak qoldiqlari mil. avv. 10 mingyillikka oid bo`lib, Old Osiyoda topib o`rganilgan. Mezolit davrida odamlar daraxtlarning egiluvchi novdalaridan turli xil savatchalar to`qishib, ulardan baliq tutishda foydalana boshladilar. Bu davrda iqlimning iliqlashib, sernam bo`lishi odamlarning hayotidagi doimiy o`troqlik turmush tarzi o`rnini daydi hayot egalashiga olib keldi. Bu davrda murakkab mehnat qurollari vujudga keldi. O`zbekistonda o`rganilgan mezolit davri yodgorliklarini yoshi bir xil emas. Olimlar yodgorliklarda topilgan tosh qurollariga qarab, ularni uch guruhga bo`lishgan: 1) Qo`shilish yodgorligi (Toshkent)-mil. avv. 10-9 mingyillik; 2) Obishir yodgorligi (Farg`ona vodiysi)-mil. avv. 9-8 mingyilliklar; 3) Machay madaniyati (Surxondaryo)-milloddan avvalgi 7-6 mingyillik. 1912-yilda I. Fyodorov tomonidan Surxondaryoning Zarautsoy degan joyda dunyoga mashhur qoyatosh suratlari topilgan. U yerdagi rasmlar tosh davriga mansubdir. Unda yovvoyi ho`kiz va ov manzarasi tasvirlangan. Odamlar chizilgan suratlar bo`lajak ovga
yordam berishiga ishoganliklari sababli qoyatosh suratlarda ko`pincha hayvonlar va ov manzarasini tasvirlaganlar. Ibtidoiy tasviriy san`at rivojiga insonning atrof muhitni bilish yoki dunyoni anglashga intilishi asos bo`ldi.

Yüklə 281,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin