2. «Ibtidoiy jamoa tuzumi» mavzuini o`rganishda arxeologiyaga oid ma`lumotlardan foydalanish Bu mavzuni o`rganish jarayonida o`quvchilar O`zbekiston tarixidagi ibtidoiy jamoa tuzumi bilan, shuningdek qadim zamonlardagi sharqiy slavyanlar hayoti bilan tanishadilar.
Ibtidoiy jamoa tuzumi dunyodagi barcha xalqlar taraqqiyotida mavjud bo`lgan asosiy, boshlang`ich davrdir. Bu hamma ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlardan ko`ra eng uzoqqa cho`zilgan tuzum bo`lib, u yuz ming yillar davom etgan. Ibtidoiy jamoa tuzumining boshlanishi odamning paydo bo`lish vaqtiga (taxminan miloddan 700 ming yil ilgarigi davrga oid), uning oxiri (sinflar va davlatning paydo bo`lishi) esa turli xalqlarda turlicha kechgan bo`lib, ularning har qaysisining rivojlanishi sharoitlarga qarab belgilanadi. Bu mavzuni faqat arxeologiyaga oid manbalar asosidagina o`quvchilarga muvaffaqiyatli tushuntirish mumkin. CHunki ibtidoiy jamoa tuzumi hamdo`stlikning turli viloyatlarida turlycha kechgan. Masalan, Zakavkaz’e, O`rta Osiyo, SHimoliy, qora dengiz bo`ylari hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikdayoq quldorlik davlatlari vujudga kelgan. Rossiyaning bir qancha xalqlarida (SHimol, Uzoq SHarq xalqlarida) esa ibtidoiy jamoa munosabatlarining qoldiqlari to asrimizning boshlarigacha saqlanib qolgan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Karimov I.A. «Vatan sajdogoh kabi muqaddasdir. Toshkent O`zbekiston 1996 yil.
Artsikovskiy A. V «Arxeologiya asoslari» Toshkent. “O`qituvchi” 1974 y.
Axmedov B. «O`zbekiston xalqlari tarixi manbalari» Toshkent. “O`qituvchi” 1991 yil
Nabiev A. «Tarixiy o`lkashunoslik» Toshkent. “O`qituvchi” 1996 yil
Sulaymonova F. G`arb va shark. Toshkent. “O`zbekiston” 1997 yil