Ibtidoiy jamoa davri Quldorlik jamiyati Feodalizm davri O`quvchilarni arxeologiyaga oid materiallar to`plashga o`rgatish «Ibtidoiy jamoa tuzumi»



Yüklə 43,12 Kb.
səhifə6/11
tarix24.10.2023
ölçüsü43,12 Kb.
#160243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tarixiy o\'lkashunoslik va turizm

3. Kaltaminorliklar chaylasi
Neolit (yangi tosh) davriga o`tish, asosan toshni silliqlash va teshish usullarini rasm qilishdan boshlanadi. Bu davrda odamlarning katta yutuqlaridan biri sopol idishlar yasash bo`ldi. Ko`pchilik xalq bu davrda daryo, ko`l va dengizlar bo`yida, aksariyati qum ustida chayla qurib yashagan. Bular asosan o`troq bo`lib, faqat ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirganlar. SHuning uchun sopol idishlarning tagi tekis emas, yumaloq yoki tuxum uchiga o`xshash bo`lgan. O`zbekistonda Boysun tog`laridagi Machay, Amir Temur g`orlarida, Uzboy atrofida va Qoraqalpog`istondagi YOnbosh qal`a atroflarida neolit davri madaniyatining qoldiqlari topilgan. Bu makonlar ichida eng diqqatga sazovori qoraqalpog`istondagi kaltaminorliklar chaylasidir.
Professor S. P. Tolstov boshliq Xorazm arxeologiya ilmiy safari 1937 yilda qidirish ishlari olib borib, Janubiy Qoraqalpog`istondagi qizilqum ichida qolib ketgan qadimgi obod erlarda g`oyatda ko`p va ahamiyatli yodgorliklarni topib tekshirdi. Bu yodgorliklar orasida eng qadimgisi kaltaminorliklar chaylasi bo`lib, unda so`nggi davrlarning yodgorliklari ham yaxshi saqlangan.
Qizilqum sahrosidagi qum tepaliklar orasida YOnbosh (Jonbos) qal`a nomli qir ustida eramizdan 300 — 400 yillar ilgari solingan qal`a bor. O`sha qirning janub tomon etagida shamolda buzilib nurayotgan taqirlar tagida kul, sopol siniqlari, mayda tosh qurollar va boshqa narsalar ko`rinib qolgan.
1940 yili o`sha joy qazilganda, u erda qum tepasini tekislab, xodachalar va qamishdan juda katta chayla qurilganligi aniqlandi.
Professor S. P. Tolstovning taxminiga ko`ra, deb yozadi marhum akademik YA. G`. G`ulomov, bu chaylada 100—120 odam ona urug`i oilasi tartibida yashagan. CHaylada qumni o`yib ishlangan 20 dan ortiq o`choq bo`lgan. Har bir o`choq atrofida baliq suyaklari, kiyik, yovvoyi cho`chqa, qirg`ovul, suv qushlarining suyaklari, o`rdak, g`oz tuxumlarining po`choqlari, yovvoyi jiyda danaklari, chaqmoqtoshdan yasalgan mayda pichoqsimon asboblar, toshni silliqlab ishlangan bolg`asimon asbob, sopol idish siniqlari va shunga o`xshash narsalar ko`p bo`lgan. Bu joyda hali metall, uy hayvonlari, qo`lda ekiladigan ekin qoldiqlari yo`q.
CHaylada topilgan narsalarning hammasi bu joyda qadim zamonda suv bo`lganligidan dalolat beradi. Bu atrof bir zamonlar ko`l va botqoq bo`lgan, unda yovvoyi jiyda danaklari bo`lgan, chaqmoqtoshdan yasalgan mayda pichoqsimon qurollar topilgan joy atrofida paxta daraxtlari o`sgan chakalakzorlar va qamish o`sadigan to`qaylar bo`lgan. CHaylani shu materiallardan yasaganlar. Baliq suyagining ko`pligi bundagi odamlarning asosiy kasbi ko`lda baliq ovlash va to`qayda ovchilik qilishdan iborat bo`lganligidan guvohlik beradi.
Metallning yo`qligi, uy hayvonlari va dehqonchilik alomatlarining yo`qligi — bular hali ona urug`i bosqichida yashaganligidan darak beradi. Bu chayla ahli bundan 5000 yillarcha muqaddam yangi tosh (neolit) davrining oxirida yashagan. Bu O`zbekistonda ona urug`i tartibining oxiri hisoblanadi.



Yüklə 43,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin