Menga Robin Sharmaning “O’lsang kim yig’laydi” kitobidagi bir she’riy jumla juda yoqadi:
Esingdami sen tug'ilgan on?
Oshanda hamma, hamma handon edi, sen esa giryon.
Ey inson, shunday yashaginki ketar chog'inda.
Hamma qolsin giryon, sen ketgin handon!
Aassalomu aleykum! Ismim Shaxzod. Yoshim deyarli 19 da. Kitob o’qishga juda qiziqaman. Yuzlab kitoblar o’qimagan bo’lishim mumkin, lekin o’qigan kitoblarimdagi biron aqlli jumlaga o’z fikrimni bildirishni juda yaxshi ko’raman. Ba’zi ba’zida esa o’sha fikrlarimni telegramdagi blogimga (telegram kanal) ham yuklab turaman. Ha axir kimdir o’z tengdoshlari bilan fikr almashishi kerakku, to’g’rimi? Hohlaymizmi, yoqmi, bu albatta ijtimoiy tarmoqlarda bo’ladi.
O’zi yosh bo’la turib kitob yozishga qo’l uribdi deya ustimdan kulishingiz mumkin. Lekin bu siz o’ylagan narsa emas. Umuman olganda bu kundalik. Kundalik bo’lsa, uni biron daftarga yozsang bo’lmasmidi deyishingiz ham o’rinli. To’g’ri kundalik asosan biron qalinroq, chiroyliroq daftarga yoziladi. Shunday ham qilib ko’rdim. Ammo bu usul negadir kutilgan natijani bermadi. Odatda biron fikr kelib qolsa uni telegramdagi yopiq guruhimga yozib qo’yaman. Bu esa menga kundalikka yozganda anchagina qulay. Shunday bo’lsada elektron kundalikga uncha ham ishonch yoq. Va men buni qog’oz kitobga aylantirgim keldi.
Kelajakda hozirgiga qaraganda anchagina kengroq fikrlasam kerak deb o’ylayman. Chunki, bundan bir necha yil oldingi men bilan hzoirgi menda anchagina farq bor. 2 yillar oldingi o’zimni eslasam haligacha kulaman. Hozir ham nimalardir esimga tushib kulib yubordim. 10 yil, balkim 20 yil o’tib 19 yoshimdagi dunyo qarashimni eslab bir hotirlagim kelib qolsa shu kitobni, to’g’riroq qilib aytganda shu kundalikni varaqlayman. Demak, bu kitobni yozishdn asosiy maqsad hotiralar va fikrlarni kelajakka saqlab qo’yish. Shu bilan bir qatorda bularning barini tengdoshlarim bilan ulashish. Ajab emaski balkim yozuvchilikka qobilyatim bor yoki yoqligini ham aniqlab olarman.
1
Dostları ilə paylaş: |